Ovlanadigan baliqlarning asosiy oilalari



Download 21,54 Kb.
Sana03.02.2017
Hajmi21,54 Kb.
#1743

Aim.uz

Ovlanadigan baliqlarning asosiy oilalari

O‘zbekiston suv havzalarida turli xil oilalarga mansub baliqlar yashaydi, ularning 250 ga yaqin turi ovlanadigan baliqlardir. Ular ichida boshqa mamlakatlarning suv havzalarida kamdan-kam uchraydigan g‘oyat qimmatli turlar ham mavjuddir. Baliqlarning oilalari bir-birlaridan turli xil tashqi belgilariga, tana tuzilishi va yashash yo‘siniga qarab farq qiladi. Tashqi belgilaridan eng muhimlari tana va bosh shakli, suzgich qanotlarining soni va ularning joylanishi, tangachalarining turi, katta-kichikligi va rangidan iborat.

Yashash sharoitiga ko‘ra barcha baliqlar dengizda yashovchi va chuchuk suvda yashovchi baliqlarga bo‘linadi. Dengiz baliqlari esa o‘z navbatida chala o‘tkinchi va o‘tkinchi baliqlarga bo‘linadi. Chala o‘tkinchi baliqlar tuxum qo‘yish davrida dengizdan chiqib, daryoning quyilish joylariga keladi va tuxum qo‘yish davri tugagach, yana dengizga qaytadi. O‘tkinchi baliqlar tuxum qo‘yish vaqtida dengizdan daryoga o‘tadi va oqimga qarshi yuzlab kilometr masofa suzib ketadi; tuxum qo‘yish davri tugagach, ular yana dengizga qaytadi.

Tana tuzilishiga ko‘ra: sersuyak baliqlar (sazan, seldlar, lesh), kamsuyak baliqlar (som, treska) va tog‘aysimon suyakli baliqlar (osetr, sevryuga, beluga, ship, sterlyad) bo‘ladi. Suyagi va eb bo‘lmaydigan boshqa chiqitlari kam bo‘lgan baliqlar eng qimmatli hisoblanadi. Baliqlar osetrlar oilasi, lososlar oilasi, seld, karp, okun, treska va boshqa xil baliq oilalariga ajratiladi.



Osetrlar oilasi. Bu oilaga: osetr, sevryuga, beluga, kaluga, ship va sterlyad baliqlari kiradi. Osetrlar oilasiga mansub baliqlar (sterlyaddan tashqari) dengizda yashaydi va o‘tkinchi baliqlar yashash tarzidek hayot kechiradi. Ularning tanasi dukka o‘xshash uzun va tumshug‘i chiqiq bo‘ladi; og‘zi boshining pastki tomoniga joylashgan; tanasida tangachalari bo‘lmaydi, tanasi uzunasiga besh qator suyak (juchka)chalar bilan qoplangan; skeleti tog‘aydan iborat. Bu baliqning go‘shti semiz, oq yoki bir oz sarg‘ishroq (ship balig‘ida pushtiroq) rangda, juda to‘yimli va mazali bo‘ladi. Bu oilaga mansub baliqlardan baliq (muzlatib qoplangan orqa go‘shti) mahsulotlari va bankali konservalar ishlab chiqariladi; ular shuningdek g‘oyat qimmatli qora ikra ham beradi.

Lososlar oilasi. Bularga: losos, syomga, keta, gorbusha, oq baliq, forel, nerka, nelma, chavicha, kijuch, sig, muksun, omul va boshqa baliqlar kiradi. Bu baliqlarning tanasi kumush rang tangachalar bilan zich qoplangan bo‘lib, umurtqasi suyakdordir. Muskul to‘qimalarida qiltiqlar bo‘lmaydi. Elkasida ikkita suzgich qanoti bo‘lib, ularda biri yog‘liq, bu qanoti juda kichkina va dumiga yaqin joylashgan bo‘ladi. yog‘liq suzgich qanot faqat losos oilasiga mansub baliqlardagina uchraydi.

Lososlar oilasiga mansub baliqlarning go‘shti yog‘liq, mazali va to‘yimlidir. Bu baliqlarning go‘shtidan g‘oyat qimmatli baliq mahsulotlari, baliq konservalari tayyorlanadi. Bu oilaga mansub ba’zi baliqlar - keta, gorbusha, chavicha, kijuch - yirik donli a’lo sifatli qizil ikra beradi. Lososlar orasida o‘tkinchi baliqlar (losos, syomga, keta, oq baliq) va chuchuk suvda yashovchi baliqlar (forel, omul va b. ) bor.



Seldlar oilasi. Seldlar baliq tovarlari assortimentida birmuncha muhim o‘rin egallaydi. Seldlar - hajmi va mazasi turlicha bo‘lgan dengiz baliqlaridir. Ularning bir qismi yarim o‘tkinchi, ba’zilari esa o‘tkinchi baliqlar. Seld baliqlarining skeleti suyakli, shu sababli ularniig muskul to‘qimasida suyak ko‘p bo‘ladi.

Seldlarning tanasi tez tushib ketadigan tangachalar bilan qoplangan. Elkasida bitta suzgich qanoti bo‘lib, u baliq tanasining o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Bu baliqning go‘shti yog‘liq va mazasi yaxshi. Bu oilaga mansub baliqlar tuzlanadi, dudlanadi, ziravor qo‘shib sirkalanadi (marinovka qilinadi); ular konserva tayyorlashda xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.

Seldlar ovlanadigan rayonlariga qarab: Kaspiy seldlari (chernospinka, Kaspiy seldi), Atlantika seldi (shimoliy dengiz seldlari); Tinch okean, Oq dengiz, Azov-qora dengizi seldlari (Dunay seldi, Kerch, Don, Dnepr seldlari)ga bo‘linadi. Janub dengizlarida ovlanadigan seldlar tanasining yon biqini bo‘ylab tikansimon o‘tkir tangachalar joylashganligi bilan shimol va Uzoq sharq dengizlarida ovlanadigan seldlardan farq qiladi.

Karplar oilasi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan baliqlar, ichida - eng ko‘p oilaga ega baliq hisoblanadi. O‘zbekiston suv havzalarida juda ko‘p turli karp baliqlari yashaydi, ammo ularning hammasi ham sanoat ahamiyatiga ega emas. Eng ko‘p sanoat ahamiyatiga ega bo‘lganlari: karp, sazan, vobla, lesh, plotva, ribets, kutum, jerex, taran, usach, chexon, shemeya, krasnoperka, beloglazka va boshqalardir.

Karplar asosan ko‘llarda va kamdan-kam dengizlarda ovlanadi. Vobla, ribets, kutum, usach- o‘tkinchi baliqlar; sazan, lesh, jerex, taran, beloglazka, chexon- yarim o‘tkinchi; karas, yaz, krasnoperka va boshqalar - chuchuk suvda yashovchi baliqlardir. Karplar tanasi zich o‘rnashgan turli-tuman rangdagi (kumush rang, jigar rang, qizil, kulrang) tangachalar bilan qoplangan. Go‘shtida suyak ko‘p bo‘lsa-da, lekin juda yumshoq, mazali va o‘rtacha yog‘lidir. Elkasida bitta suzgich qanoti bo‘ladi. yoy tomonida yaqqol ko‘rinib turadigan chizig‘i uni boshqa baliqlardan ajratib turadi. Karplar oilasiga mansub baliqlar oshpazlikda, konserva tayyorlashda foydalaniladi, shuningdek, ular tuzlanadi va dudlanadi.



Okunlar oilasi. Bu oiladagi baliqlarga okun, sudak, ersh, bersh baliqlari kiradi. Okun va ersh-chuchuk suvda yashovchi baliqlar, sudak va bersh esa daryolardagina emas, balki dengizlarning qirg‘oq bo‘yi payonlarida (dengizda yashovchi sudak) ham yashaydi. Okunlar oilasidagi baliqlar uchun ikkita elka suzgich qanotlari (birinchisi nursimon tikanli, suyakli, ikkinchisi suyaksiz) va biqinlarining o‘ziga xos rangdaligi (elkasidan qorniga tomon ko‘ndalang o‘tuvchi qoramtir chiziqlar) xarakterlidir. Okunlar oriq baliq hisoblanadi. Barcha okun baliqlari ichida sudak eng ahamiyatlisidir. Sudak yaxshi sardak beruvchi eng mazali baliqlardan biridir; sudak go‘shti zich, yumshoq tuzilishli, yoqimli oq rangda, yaxshi hidli bo‘lib, mayda qiltiqlari bo‘lmaydi. Okunning ham ta’mi va hidi yaxshi bo‘ladi.

Treska baliqlar oilasi. Treska baliqlar oilasi treska, piksha, sayda, navaga va nalim baliqlarini o‘z ichiga oladi; nalim balig‘idan boshqa treska baliqlarining hammasi dengizda yashaydi. Ular uchta elka suzgich qanotli (nalim balig‘ida ikkita elka suzgich qanot bo‘lib, ularning biri butun elka bo‘ylab, to dumigacha uzun cho‘zilgan bo‘ladi) va ikkita anal suzgich qanotli bo‘ladi; qorin suzgich qanotlari ko‘krak suzgich qanotlarining oldirog‘iga joylashgan bo‘ladi. Tanasi mayda tangachalar bilan qoplangan bo‘ladi.

Okean va ochiq dengizlarda: nototen baliqlar oilasidan - nototen, skvama, okean bichogi; kambala baliqlari (kambalasimonlar oilasidan - kambala, paltus, dengiz tili (yazo‘k morskoy), solnechnik; stavrida baliqlari oilasidan - stavrida; vomer (oy baliq); gorbil baliqlar oilasidan - kapitan baliq, umrina; tunets baliqlar oilasidan - tunets; lososlar oilasidan-argentina (serebryaka); stomateevlar oilasidan batter-fish, yog‘li (maslyanaya) baliqlar ovlanadi. Bulardan tashqari yana ko‘pgina baliqlar, masalan: ugolnaya balig‘i, makrorus, zuban, merou, terpuga, lufar, beldyuga ovlanadi.




Aim.uz


Download 21,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish