B a L i q L a r b I o L o g I y a s I


-rasm. Olabug’aning tashqi tuzilish sxemasi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/99
Sana14.04.2022
Hajmi2,19 Mb.
#550930
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
BALIQLAR BIOLOGIYASI

 
2.9-rasm. Olabug’aning tashqi tuzilish sxemasi. 
Nazorat savollari: 
1.
 
Baliqlarning terisi haqida ma’lumot byering.
 
2. Baliqlarning tangachalari va suzgichlarining tuzilishini tushuntiring? 
3. Baliqlarning yoshini qanday aniqlasa bo‘ladi? 
4. Baliqlarning suzgich qanotlari necha turga bo‘lib o‘rganiladi? 
5. Toq suzgichlarini sanab byering va ular qanday vazifalarni bajaradi? 
6. Baliqlarda juft suzgichlarni aytib byering va ular organizmda qanday funksiyalarni bajaradi? 
 
 


9- LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
 
Mavzu:
Har ikki jins gonadalarining jinsiy voyaga yetish bosqichlari. 
 
Kerakli materiallar va jihozlar: 
polietilen halta; vannacha, skalpel, pinset, qaychi, 
preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar (ro’molchalar), 
mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi,erkak va urg’ochi baliq.
Mashg’ulotning maqsadi: 
Har ikki jins gonadalarining jinsiy voyaga yetish 
bosqichlarini o’rganish.
Baliqlarning jinsiy yetilishi va uvuldiriq qo‘yishi bir qator asosiy va rag‘batlantiruvchi omillarga 
bog‘liq. Bizda yetishtiriladigan baliqlar uchun asosiy omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: harorat, 
erigan kislorodning konsentratsiyasi, yorug‘lik kuni. 
Rag‘batlantiruvchi omillar qatoriga ob-havo sharoitlari, masalan, barqaror bo‘lgan atmosfera 
bosimi, boshqa jinsli baliqlar mavjudligi, zog‘orabaliqlar uchun suv o‘simliklarining mavjud- ligi 
kiradi. Do‘ngpeshana va amur baliqlari uchun suv o‘sim- liklarining mavjudligi shart emas, lekin 
uzunligi 100 km va undan ortiq va ancha chuqur bo‘lgan tez oqimli havza zarur. 
Sun’iy ko‘paytirishda rag‘batlantiruvchi omillarning mavjud- ligi unchalik zarur emas, chunki 
baliqshunoslar bunday omillar o‘rnini inyeksiya qilish bilan to‘ldirishadi. Bunda kunning yorug‘- lik 
qismining ahamiyati ham kamayadi. 
Erta bahorda suvning harorati 12—14 °C ga yetganda ona baliqlar to‘daning bonitirovkasi 
o‘tkaziladi. Hovuzdagi baliqlarning hammasi ovlanib, ikkala jinsga mansub nasl beruvchi 
baliqlarning ma’lum qismi saralab olinadi. Bunda baliqlar turi va nasliga qo‘yiladigan talablarga 
javob beradigan yetuk baliqlar saralab olinadi. Yetilmagan baliqlar keyingi yillarda yetilish uchun 
qoldiriladi. 
Bonitirovkadan so‘ng baliqlar, to ular uvuldiriq qo‘yishiga qadar, jinsiga qarab alohida 
saqlanadi. 
Yetuk nasl beruvchi baliqlarni ovlash va boshqa yerga o‘tkazish vaqtida har bir baliq zotiga 
nisbatan ehtiyotkorlik va yakka tartibda ushlash talab etiladi. Bunda maxsus qo‘lqopdan 
foydalaniladi. Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan oldin boqish uchun 
hovuzlarga qo‘yiladi. Maydoni tekis 0,5—2 ga o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m bo‘lgan joyga 
200—300 dona zichlik uvuldiriq qo‘yishigacha boqiladi. 
Urchitilishda har bir nasl beruvchi baliq inyeksiyalanadi. Inyeksiyalanuvchi preparat miqdori 
baliqshunos tomonidan har bir baliqning vaznidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Inyeksiya 
qilishdan oldin baliqlar ehtiyotkorlik bilan tarozida tortiladi. 
Baliqni o‘stirish uchun tashkil qilingan hovuzlar: hovuzlarning o‘lchamlari, chuqurligi 1,5 m dan 
2,5 m gacha bo‘ladi. Iliq suvni sevuvchi baliqlarning hovuz suvi oqadigan yoki sekin oqadigan holda 
tashkil qilinadi. Mahsuldorligini ko‘paytirish uchun, omixta yemlar sifatli hamda organik va mineral 
moddalarga boy bo‘lishi kerak. Shuningdek, yumshoq suv o‘tlari ham bo‘lishi lozim. 
Hayvonot olamida ham, biologik xususiyatlari zooveterinariya qoidalariga asoslangan holda ham 
baliqlar hayotida ularning o‘sishi va rivojlanishi davrida har xil yoshdagi o‘zgarishiga qarab sun’iy 
hovuzlarni qurish maqsadga muvofiqdir. 1 uvuldiriq qo‘yadigan hovuzlar chuqurligi 0,4—0,5 
metrgacha, yuza qismi 100—200 m
1
, kuchsiz ishqoriy tuproqli joylar tanlanishi kerak. Balchiq bo‘l- 
magan, botqoqlashmagan, ko‘payishi uchun eng qulay sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur. Shuningdek, 
yumshoq maysali o‘tlar bo‘lmog‘i darkor. 
Boshqa joylardan chirigan, har xil o‘sgan maysalarni tashlash uvuldiriqlarning kasallanishiga 
olib keladi. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish