Kamalak parda - ko‘z qorachig‘ini o‘rab turadigan tomirli qobiqning bo‘yalgan
qismi. YOriq– anal teshigini va anal suzgich qanoti asosini o‘rab oladigan bir qator kengaygan
tangachalar.
Og‘zi– muhim sistematik belgi. Bir necha turi farqlanadi;
1. Tepada joylashgan og‘iz- pastki jag‘ oldinga kuchli cho‘zilgan, og‘iz teshigi yuqoriga
yo‘naltirilgan.
2. Tumshuq oxirida joylashgan og‘iz- jag‘lar bir xil cho‘zilgan, og‘iz teshigi tana uzunligi
bo‘yicha yo‘naltirilgan.
3. YArim pastki og‘iz – yuqorigi jag‘ pastki jag‘dan bir muncha oldinga cho‘zilgan.
4. Pastda joylashgan og‘iz tumshug‘i pastki jag‘ ustida cho‘zilgan.
5. Harakatchan og‘iz – ochiq holatda naycha, yopilganda esa bo‘rma hosil qiladi.
SHuningdek, og‘izlar shakliga ko‘ra: ko‘ndalang, qiyshiq va yarim oysimon turlarga
ham bo‘linadi. Og‘iz ko‘rinishlari chiziladi
Tumshuq– ko‘z oldidagi bo‘shliq.
Tumshuq maydonchasi– yuqori jag‘ suyaklarining oldingi qirrasi orasidagi
tumshuqning bir qismi. YOlka (dorzal ) suzgich qanoti yolka suzgich qanoti toq yoki juft
bo‘ladi. Agar elka suzgich qanoti bitta bo‘lsa, rim raqamlari bilan shoxlanmagan shu’lalar ,
arab raqamlari bilan
esa shoxlangan shu’lalar belgilanadi. (masalan, III 8-9; elka suzgich qanotida 3 ta
shoxlanmagan va 8 yoki 9 ta shoxlangan shu’lalar bor) Agar elka suzgich qanotlari ikkita
bo‘lsa, rim raqamlari bilan birinchi suzgich shu’lalari, ikkinchi suzgich shu’lalari arab
raqamlari bilan belgilanadi. Mabodo elka suzgich qanotlari bir – biri bilan qo‘shilmay,
alohida- alohida bo‘lsa birinchi va ikkinchi suzgich qanotlari belgilari orasiga vergul
qo‘yiladi. Masalan, XII–XYI, I-III 13-15. Demak, bu baliqda alohida – alohida joylashgan
2 ta elka suzgich qanot bo‘lib, birinchi suzgich qanotda 13 tadan 16 tagacha tikanli
shu’lalar, ikkinchisida 1 tadan 3 tagacha shoxlanmagan va 13 tadan 15 tagacha shoxlangan
shu’lalari bor. Agar formulalarda qavs qo‘yilgan bo‘lsa, qavs ichida berilgan sonlar
kamdan- kam hollarda uchraydi.
Muylovlar –sezgi organi. Juft muylovlar og‘iz bo‘shlig‘ining ikki tomonida
joylashgan bo‘ladi, toqlari esa iyagi ostida joylashadi.
Dum suzgich qanoti- elka va qorin qanotlaridan tuzilgan. Dum suzgichi tekis elka va
gomotserkal qorin qanotlari bo‘ladi. Mabodo bironta qanot ikkinchisidan sezilarli ravishda
uzun bo‘lsa bunday suzgichlar geterotserkal suzgich deb ataladi.
Jag‘lar - ustki va ostki bo‘ladi. YUqori jag‘ suyakli baliqlarda yuqorigi jag‘ va
jag‘ oralig‘i suyaklaridan tashkil topib, tishli va tishsiz bo‘lishi mumkin. Pastki jag‘ pastki jag‘
suyaklaridan tashkil topib. Ularda tishlar bo‘lishi mumkin. Tangachalar – baliqlarning tashqi
qobig‘i bo‘lib, muhim sistematik belgi hisoblanadi. Baliqlar tangachasining diametri va tana
o‘lchamlarining nisbatiga qarab tangachalar mayda, o‘rtacha va yirik bo‘lishi mumkin.
Tangachalarning qo‘yidagi turlari farqlanadi; Baliq tangachalari shakllari: a – Plakoid; b –
Ganoid; v – Sikloid;
g – Ktenoid;
1. Sikloid- yupqa aylana plastinkalar
2. Ktenoid – nisbatan zich plastinka chetlari tishchali
3. Ganoid –rombsimon plastinkalar, emalsifat moddalar bilan qoplangan( O‘zbekistonda
faqat osyotrsimonlar dum suzgichining yuqori qanotida)
4. Plakoid – tishchali plastinkalar ( asosan akulalarda) YUzi– qopqoq oldi orqa chegarasi va
ko‘z oralig‘idagi bo‘shliq
Do'stlaringiz bilan baham: