114
a) asosiy vositalar obektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni
xarid qilish" schyoti - 250000 m.so‘m, Kt 6010 -"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m.
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to‘lash: Dt 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti-250000 m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti"
schyoti- 250000 m.so‘m.
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar
summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti- 50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa
majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m.
g) xarid qilingan asosiy vositalar obektlarini kirim qilish (foydalanishga topshirish): Dt 0120 -
«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so‘m, Dt 0120
- «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti-
100000 m.so‘m, Dt
0130 - «Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so‘m, Kt 0820 - «Asosiy
vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so‘m.
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan so‘ng asosiy
vositalarning qiymati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur standartda belgilangan
holatlardan tashqari hollarda, o‘zgartirilmasligi nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq,
buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishga
qo‘shimcha qurilish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish,
texnik qayta
qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash holatlarida ruxsat etiladi.
Qo‘shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalar obektining
texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali
o‘zgartirishlar natijasida kelib chiqadigan ishlar kiritiladi. YA’ni asosiy vositalar obekti bilan bog‘liq
amalga oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy vositalar
samaradorligini dastlab hisoblangan me’yorlarini sezilarli ravishda oshirish yoki asosiy vositalarning
ushbu obektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan xizmat qilish me’yori jiddiy tarzda
uzaytirish yo‘li bilan ularning holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa.
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq asosiy vositalarning mavjud obektlari qayta o‘zgartiriladi va
ushbu ishlar ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va
nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo‘yicha amalga
oshiriladi. Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’naviy jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda
emirilgan uskunalarni o‘ta unumdor yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy
vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha
kompleks tadbirlar tushuniladi.
YUqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obektini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash,
rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga
xarajatlari tugallanishi
natijasida asosiy vositalar obektining dastalabki qabul qilingan amal qilishi me’yorining
ko‘rsatkichlarini oshishi sababli, ushbu xarajatlar mazkur obektlarning boshlang‘ich qiymatini
oshiradi.
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan keyingi sabab
ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta baholash deganda, asosiy vositalar
obektlarining qayta tiklash qiymatini bozor narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-
vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Xo‘jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning boshlang‘ich
qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin.
Bunday vaziyatda asosiy vositalarni qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi va hisobotida
joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son
BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda
asosiy vositalarning muayyan sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlari bo‘yicha
qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim
tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa tushuniladi.
115
Asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan holda, ularning qayta
baholash sanasiga qadar to‘plangan eskirish summasi asosiy vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash)
qiymatining tegishli o‘zgarish indekslariga nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi
qayta baholangan qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi bo‘yicha bevosita qayta
hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi mumkin.
17
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo‘lsa, asosiy vositalar
obektining qo‘shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar,
shuningdek arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar obekti
bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obekt bo‘yicha oldingi hisobot davrlarida o‘tkazilgan
qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini
kamaytirishga, yani 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi.
Asosiy vositalar ob’ekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu ob’ekt bo‘yicha
qo‘shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar"
schyotiga olib boriladi.
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan holatida o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash
natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili
uchun tuzilgan moliyaviy hisobot malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi
moliyaviy hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri holatidagi
malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan to‘g‘ri kelmasligi hisobot yilining
birinchi sanasidagi holati bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida
tushuntiriladi va u joriy davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: