122
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi bo‘yicha faol bozor narxi
asosida aniqlash mo‘mkin. Agar qayta baholanayotgan nomoddiy aktivlar guruhidan bo‘lgan
nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga faol bozor bo‘lmaganligi
uchun qayta baholana olmasa,
bunday aktiv to‘plangan amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga
olinishi kerak.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol bozor
ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati to‘plangan
amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor ma’lumotlari asosida so‘nggi qayta baholash
kunidagi tiklovchi qiymati bo‘lishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida tasdiqlash uchun
korxona ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan
yozma shaklda
olingan o‘xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to‘g‘risidagi malumotlar;
b) qayta baholash o‘tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi Markaziy Bank
kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini qo‘llash bilan erkin muomaladagi
valyutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjat bo‘lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati
haqidagi ma’lumotlar;
v) qayta baholash davrida
ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va boshqalarda elon
qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar;
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi.
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta baholash
o‘tkazilgan kundagi to‘plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati indeksiga
moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi qayta baholangan qiymatidan o‘tkaziladi. Qayta
baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish
orqali
aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasi "Mol-mulkni
qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali tarkibiga kiritiladi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi oldingi hisobot
davrida o‘tkazilgan mazkur obektning baholashdan avvalgi summasi doirasida "Mol-mulkni qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obektni
qo‘shimcha baholash summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig‘i
boshqa operaiion
xarajatlarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash o‘tkazilgan
joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo‘lgan uning balans qiymatining qayta
baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko‘payishi: Dt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti, Kt
8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti.
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans qiymatini
kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy
aktivlar» schyoti.
Mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha avvalgi qayta baholashdagi ko‘payishdan ortadigan
arzonlashtirish
summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" schyotida aks
ettiriladi.
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining ko‘payishi: Dt 8510
- «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 0500 «Nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan Gudvill summasiga ega
bo‘lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash natijalari bo‘yicha bu summani kamaytirishi va
123
buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash
bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: