116
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo‘jalik foydalanilgani va jismoniy mazmunga ega
bo‘lmaganini talab etadi. Jismoniy ma’noga ega bo‘lmagan aktivlar, agar ularning egalik huquqini
qo‘shgan va ular uzoq muddat davomida foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga
javob beradilar.
SHartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar. Agar:
- aktiv bilan bog‘liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa;
- aktiv qiymati aniq hisoblangan bo‘lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan olinali.
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo‘lgan taqdirda nomoddiy aktiv bilan bog‘liq
hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin:
- kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko‘payishi
aktivning qobiliyati,
shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish borasidagi niyati isbotlansa;
- etarli rusurslar mavjud bo‘lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy foydani chiqarib olishi
uchun ularning qulayligi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obekt hisoblanadi. Nomoddiy
aktivlarning inventar obekti bitta patent, guvohnoma, huquqiy yon berish shartnomasi va boshqalardan
kelib chiqadigan huquqlar majmuidan iborat. Bir inventar obekt boshqasidan farq qilishining asosiy
belgisi uning mahsulot ishlab chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni bajarish yoki
xizmat ko‘rsatish yoxud korxonaning ma’muriy yoki boshqa vazifalari bajarilishida foydalanishga
xizmat qilishidan iborat,
Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo‘lgan nomoddiy aktivlarning obekti umumiy
egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy aktivlarning tarkibida aks etadi.
YUqorida qayd etilgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obektlarni nomoddiy
aktivlarga kiritish mumkin:
−
ixtiroga patent,
sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat’iy huquqi;
−
EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa qonuniy egalik
qiluvchilarning qat’iy huquqi;
−
integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa qonuniy egalik
qiluvchilarning qat’iy huquqi;
−
tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi, shuningdek, tovar
ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi;
−
patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug‘iga bo‘lgan qat’iy huquqi;
−
gudvill;
−
tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni er osti va tabiiy muhitning boshqa resurslari,
geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar singarilardan foydalanish huquqi;
−
mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni er uchastkasi, binolar
va boshqalardan foydalanish
huquqi;
−
boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish,
iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo‘lgan huquq).
SHu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat egalik qilish
huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan
mulkiy huquqdir.
Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan olingan tashkiliy
xarajatlar ham hisobga olinadi.
SHuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi xodimlarining aqliy
va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo‘lgan malakasi va qobiliyati qo‘shilmaydi, chunki bu
xususiyatlar o‘z egalaridan ajralmaydigan xususiyat bo‘lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin.
Nomoddiy aktivlarning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari
litsenziyalar,
patentlar, mualliflik
huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import kvotalari, nouxau, franchayz, savdo markalari,
tashkiliy xarajatlar, gudvill va boshqalardir. Quyida nomoddiy aktivlarning subektlar faoliyatida
ko‘proq uchraydigan ba’zi ko‘rinishlarning tavsiflari keltiriladi.
117
Patent — u yuridik tomondan ro‘yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq. Patent huquqi egalik
qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga
hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi.
Sanoat dizaynini ro‘yxatta olish. Sanoat dizaynini ro‘yxatga olish patentning ishlab chiqarilgan
mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan qo‘llanilishiga o‘xshashdir. Patent faoliyatni
himoya qilsa, sanoat dizaynini ro‘yxatga olish mahsulotning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi.
Masalan, komputer terminalining yangi dizayni dizaynni ro‘yxatga olish tomonidan himoya qilinadi,
yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy san’at
kabi ijodiy
ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik huquqi egalariga ma’lum ekskluziv
huquq, shu jumladan o‘z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko‘paytirish, o‘z asarlarini sotish
va nusxalarini tarqatish, ijro etish va yozish huquqi beriladi.
Savdo markalari va savdo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle", "Adidas") va (yoki)
savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga berilgan nomlar,
belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatdan
o‘tkazilishi mumkin. Bunday holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi
identifikatsiyalar yuridik tomondan himoyalangan bo‘ladi.
Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko‘rinishdan juda yaxshi
foydalanishga bo‘lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan
foydalanish yoki kommunal
xizmatlar ko‘rsatish huquqini olish uchun hukumat organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq
xizmatlardan foydalanish huquqini olish uchun xo‘jalik subektlari tomonidan beriladi. Franchayz
haqidagi har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz (foydalanish
huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni oluvchi subektlar)ning
huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Tashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar. Tashkiliy faoliyat,
masalan, yuridik va ro‘yxatga olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mansub bo‘ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar
sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Tashkiliy xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar
kelgusida foyda keltiradigan dalillar asos bo‘lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy
xarajatlarning barcha yig‘indisi faoliyatning foyda bilan xarajatga nomutanosiblikka olib keladigan
moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo‘ladi: ular uzoq muddatli bo‘nak
to‘lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin bo‘lgan egalik qiluvchining hech qanday
huquqlari bilan taqsimlanmaydi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:
egalik qilish tavsifi bo‘yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar, patentlar, dasturiy
ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan, tashkiliy xarajatlar va gudvill.
Identifikatsiyalash bo‘yicha:
a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi nomoddiy aktivlar firmaning aktivlaridan alohida
tenglashtirilishi mumkin, masalan, litsenziyalar, savdo markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va
boshqalar;
b)
alohila
identifikatsiyalanmaydiganlar.
Boshqa
nomoddiy
aktivlar
alohida
identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning qiymati firmaning boshqa aktivlari bilan o‘zaro
aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning ishonchiga yoki xodimlar
malakasining darajasiga
asoslanadigan gudvil.
Do'stlaringiz bilan baham: