125
vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar bo‘yicha foizlar faqat depozit
muddati tugagandan keyin
to‘lanadi.
Veksel
– qaysi muddatga yozilgan bo‘lsa, shu muddat tugagach, unda ko‘rsatilgan summani
to‘lashni so‘zsiz talab qilish nafaqat
hisob-kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi
hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt
o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida
bo‘ladi.
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda tuziladi. O‘z
mazmuniga
qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb ta’riflansa, ikkinchidan, u
mavhum majburiyatdir.
So‘zsiz pul majburiyatligi
shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir shartlar bilan
chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq
bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan
iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining
maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda
berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan
kreditor qarzlarini
rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish
bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to‘ldirilib
imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni
oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan
kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor tomonidan
to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga
to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel
qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib
veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor
esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib
hisoblanadi. Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda
ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel
beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda
ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi.
Qarzdorning to‘lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib,
hech qanday keyingi veksellar uni o‘zgartirmaydi. SHu munosabat bilan veksel beruvchi o‘tkazma
vekselni o‘zi-o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda ham
faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi tomondan esa – bir
vaqtning
o‘zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o‘z
huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi
tomonidan akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: