108
deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan
uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida
asosiy vositalarning
amortizatsiyalanadigan qiymatini(eskiish qiymati) uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar
(ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan
eskirishning qiymat ko‘rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. SHuni nazarda
tutish kerakki, asosiy vositalar obekti bo‘yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy vositalar
tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi
va ushbu obektning
amortizatsiyalanadigan qiymati to‘la qoplanguncha yoki u balansdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Agar asosiy vositalarning obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi mazkur obekt qabul qilingan oydan
keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo‘lsa, unga mos ravishda mazkur obekt bo‘yicha eskirish
hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to‘liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi
oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi
to‘xtatilmaydi, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o‘tkazish hollaridan hamda
obektning foydalanishi to‘liq to‘xtatilgan sharoitda ularning qo‘shimcha
qurilishi, qo‘shimcha
jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan
tashqari.
Asosiy vositalar obektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi,
korxonaning
hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot
davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obektlari bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi
buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to‘plash yo‘li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga
oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.
16
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning
buxgalteriya hisobida
asosiy vositalar obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan
mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish
usuliga qarab: Dt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt 0200
«Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar uchastkalarida
foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «YOrdamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki
2710 - «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti, K-t 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi»
schyoti.
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsadda,
madaniy-marifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 9400
«Davr xarajatlari» schyoti, Kt 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
Korxonaning mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga
oshiriladi:
0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning
eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
16
21-sonli BHMS "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va
uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma".
109
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi".
Analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi
va xorijdagi asosiy
vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini
ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10 oktyabrda 114-son bilan
tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya hisobining milliy standartida (20.01.2004 y.
1299-sonli ro‘y., "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda)
belgilangan me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi asosiy vositalarga eskiish hisoblanmaydi:
a) mahsuldor hayvonlarga;
b)
kutubxona fondlariga;
v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga; (O‘zR AV
12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i taxriridagi kichik band)
d) muzey qiymatliklariga;
e) san’at va arxitektura yodgorliklariga;
j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga;
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning
eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi"
schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi
xususiy asosiy vositalarga
eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan
holda olib boriladi.
Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish
summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va
9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish,
ustav kapitaliga ulush
sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda
ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi
schyotlarning (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga
hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi(14.2.jadval)
14.2.jadval
Do'stlaringiz bilan baham: