Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


D-t Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
D-t
Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi
K-t 
Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha 
har ikki solishtiruvchi summalardan biri 
(korxonvalariniig yalpi zarari, sotilgan resurslar 
tannarxi va hokazo) 
Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha har 
ikkala solishtiruvchi summalardan 
(ikkinchisi (korxonvalarining foydasi, sotilgan 
resurslarning sotilish qiymati va hokazo) 
Taqqoslovchi schyotlar tarkibiga 9910 «YAkuniy moliyaviy natijalar» schyotidan tashqari 9210 
«Asosiy vositalarning tugatilishi» va 9220 «Boshqa aktivlarning tugatilishi» schyotlarini ham kiritish 
mumkin. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning tugatish jarayoni nixoyasiga etgandan so‘ng bu 
schyotlarning debet va kredit oborot summalari o‘zaro solishtirilib moliyaviy natija aniqlanadi. SHuning 
uchun ham bu schyotlarni taqqoslovchi schyotlar deyish mumkin. Lekin yangi schyotlar rejasida bu 
schyotlarni tranzit schyotlar tarkibiga qo‘shilib, taqqoslovchi schyotlar maqomi berilgan. 
5.2. Buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi. 
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik 
mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. Buxgalteriya hisobi schyotlarning 
ma’lim bir tizimga solinishi 
schyotlar rejasi
deyiladi. 
Xalq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, har xil mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning paydo bo‘lishi, korxonalarning rivojlanishi, xalqaro andozalarga mos bo‘lgan hisob 
tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi. 
SHu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - 
sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMS) 
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va 
uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qil indi. 
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qati nazar barcha 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan boshlab qo‘llanila boshlandi.. 
YAngi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat 
bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan. 
Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan 
iborat: 
I.Uzoq muddatli aktivlar; 
II. Joriy aktivlar
III. Majburiyatlar; 
IV. Xususiy kapital; 
V. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 
VI. Balansdan tashqari schyotlar. 
Birinchi to‘rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy hisobotning I - shakli 
“Buxgalteriya balansi” tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» 
schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2 - shakl ) tuziladi. 
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda tizimga keltirilib ko‘rsatilgan: 


41 
1- bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 
2- bo‘lim. Tovar - moddiy zahiralar; 
3- bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy qismi; 
4- bo‘lim. Olinadigan schyotlar - joriy qismi; 
5- bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar; 
6- bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 
7- bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 
8- bo‘lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar; 
9- bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. 
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9 - bo‘lim schyotlari 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi. 
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1- bo‘lim) ikkinchi qismi to‘rt (2, 3,4 va 5)lardan, uchinchi qismi 
ikki (6 va 7), to‘rtinchi qism bir (8- bo‘lim) va beshinchi qism bir (9 - bo‘lim) bo‘limlardan iborat. 
YAngi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. 
1. Aktiv schyotlar (A) - xo‘jalik aktivlarini aks ettiradigan va iqtisodiy resurslarning hisobot davridagi 
ko‘payishini debet tomonida va shu davrdagi kamayishini kredit tomonida aks ettiradigan schyotlar. 
2. Passiv schyotlar (P) - xo‘jalikning majburiyatlari va kapitalini aks ettirish uchun tayinlangan, 
hisobot davri boshidagi qoldiqni, hisobot davri mobaynidagi majburiyatlarni va kapitalning o‘sishini kredit 
tomonida va shu davrdagi majburiyatlar hamda kapitalning kamayishini debet tomonida aks ettiradigan 
schyotlardir. 
3. Kontr - aktiv schyot (KA) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymayishini aks 
ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bogliq bo‘lgan aktiv schyotning qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Bunday 
schyot passiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi. 
4. Kontr - passiv schyot (KP) - bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sof 
qiymatni aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyotning qoldig‘idan chegirib 
tashlanadi. Bunday schyot aktiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks 
ettiriladi. 
YUqorida keltirilgan schyotlarning barchasi doimiy schyotlar hisoblanib, 
ular hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘lgan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan 
aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir. 
5. Tranzit (o‘tkazuvchi) schyotlar (T) - hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopilib 
ketadigan va hisobot davri oxiriga qoldig‘i bo‘lmaydigan daromad hamda xarajatlarning vaqtinchalik 
schyotlaridir. Bu schyotlarning ma’lumotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. 
Xarajatlarni hisobga oladigan tranzit schyotlar aktiv schyotlarga mansub bo‘lib ko‘payishi 
debetida,kamayishi esa kreditida aks ettiriladi. 
Daromadlarni hisobga oladigan schyotlar passiv schyotlarga mansub bo‘lib, 
daromadning ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. 
Schyotlarning yuqoridagi guruhlanishidan ko‘rinib turibdiki yangi schyotlar rejasida aktiv - passiv 
schyotlar yo‘q. Schyotlarning barchasi yoki aktiv -ko‘payishi debetida, kamayishi kreditida aks 
ettiriladi, yoki passiv – ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi (majburiyatlarning 
vujudga kelishi va ularni to‘lash vaqtlari bir hisob registrida chiziqli yozuv usulida birlashtirilmaydi). 
Eski schyotlar rejasidagi aktiv - passiv schyotlar: boshqa debitor va kreditorlar, hisobdor shaxslar 
bilan hisob - kitoblar, mahsulot sotish va shunga o‘xshagan qator schyotlar hozirgi amaldagi schyotlar 
rejasida bekor qilingan. 
Turli debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar har bir debitor va kreditorlik 
qarzlari bo‘yicha alohida aktiv yoki passiv schyotlarda hisobga olinadi: 
a) YAngi schyotlar rejasining 4 - «Olinadigan schyotlar - joriy qismi» bo‘limi (4000 - 4900 
schyotlar) da mahsulot sotish va boshqa operatsiyalar natijasida vujudga keladigan debitorlar hisobga 
olinadi. 
b) YAngi schyotlar rejasining 6 - «Joriy majburiyatlar» bo‘limi (6000 -6900 schyotlar) da mol 
sotib olish va boshqa operatsiyalar natijasida vujudga keladigan kreditorlar hisobga olinadi. 


42 
Misol uchun safar xarajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob - kitoblarni olaylik. 
Xizmat safari uchun xo‘jalik xodimlaridan biriga naqd pul berilsa, 4220 «Xizmat safarlari uchun 
berilgan bo‘naklar» aktiv schyoti debetlanib, 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyoti 
kreditlanadi. Hisobdor shaxslar olgan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa, hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 4220 - schyoti kreditlanmaydi, chunki u 
aktiv schyot, balki 6970 - «Hisobdor shaxslardan qarz» passiv schyoti kreditlanadi. Ortiqcha qilingan 
safar xarajatlar summasi kassadan to‘langanda 6970 schyoti debetlanib 5010 schyoti kreditlanadi. 
Mahsulot sotish schyoti (eski 46 - «Mahsulot sotish» aktiv - passiv schyoti) ham shunday. Eski 
schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan tushum 46-schyoti kreditida, sotilgan 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi shu schyotning debetida hisobga olingan. Hozirgi amaldagi 
schyotlar rejasi bo‘yicha mahsulot sotishdan tushgan tushum 9010 «Mahsulot sotishdan olingan 
daromadlar» passiv schyotlarga mansub bo‘lgan schyotning kreditida hisobga olinib, sotilgan 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 9110 «Sotilgan mahsulot tannarxi» aktiv schyotlarga mansub 
bo‘lgan schyotning debetida hisobga olinadi. 
Schyotlar korrespondensiyasi faqat tizimli hisob mohiyatini ochib beradi. Ko‘plab schyotlar balansli 
schyotlar bo‘lib, ular tizimlidir. Balansli schyotlar korrespondensiyalanadi. Lekin balansdan tashqari 
deb nomlanadigan tizimsiz, korrespondensiyalanmaydigan schyotlar ham mavjud. Balansdan tashqari 
schyotlar bo‘yicha yozuvlar ikkinchi korrespondensiyalanadigan schyotlarsiz amalga oshiriladi. 
Balansdan tashqari schyotlarning asosiy xususiyati shundaki, ular tizimsiz, oz miqdorda va keng 
tarqalmagan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ular aktivlar bo‘lib hisoblanadi, lekin balansdan tashqari 
schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarni aktiv va passivga bo‘lish ma’lum bir ma’noga ega emas. 
Balansdan tashqari schyotlarning ko‘payishi kirimiga, kamayishi chiqimiga yozib boriladi. 
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning nomi - bu tub 
ma’noda schyotning o‘zidir. Schyotlar bilan ish olib borganda, asosan ularning tayinlanishi va 
foydalanish tamoyillarini bilish zarur. 
Hisob sub’ektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim 
sub’ektlar tomonidan qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar 
rejasini taqozo etadi: birinchisi - namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi - 
buxgalteriya hisobining ishchi (rabochiy) schyotlar rejasidir. 
Har bir korxonalar umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ishchi 
schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ishchi schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori 
xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik operatsiyalari hisobini ta’minlashi kerak. 
Hisobning barcha sub’ektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga majbur. Schyotlar rejasida 
ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan 
holda amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari buxgalteriya balansi bilan chambarchas bog‘liqdir. Faraz qilaylik, oy 
boshiga korxonalar balansi quyidagicha bo‘lgan: 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish