175
to‘g‘risidagi qaror, agar korxonaning ustav kapitalini yangi miqdori ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa,
umumiy majlis qabul qilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Jamiyat ta’sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega bo‘lgan oldindan
belgilangan miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat bo‘lishi kerak. Aksioner jamiyatlari faqat
nomi ko‘rsatilgan aksiyalar chiqaradi va ular albatta tegishli reestrlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Aksiyalarni to‘lash mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar va boshqa moddiy qimmatliklarni, so‘mdagi
va xorijiy valyuta dagi pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin.
Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» schyotida
yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib quyidagi: 8310 «Oddiy aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»»
8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga bo‘linadi.
YUqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va tashkilotlarining ustav
fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav kapitalini hisobga olish uchun tayinlagan. Bu
schyotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to‘langan aksiyalarni
nominal qiymati aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ustavda ro‘yxatdan o‘tkazilgan summadan
ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ta’sischilarga qaytarilgan ulushi
ustav kapitalni kamaytirmaydi, balki
aksioner jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olingandek rasmiylashtirilib 8610 «Sotib olingan
xususiy aksiyalar - oddiy» va 8620 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotlarning
Debetida aks ettiriladi.
Bu schyotlarning Debet aylanmasi ustav kapitalini kamayishini, kredit oboroti esa qonunchilikka
binoan turli sabablarga ko‘ra ustav kapitalini ko‘payishini ko‘rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda
aks ettiriladigan muomalalarning hisobi 12 – jurnal – orderda yuritiladi.
Aksioner jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga
jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi. Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob –
kitoblarning hisobi 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyotida olib
boriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610 schyoti Debetlanib, 8310 «Oddiy
aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» va 8330 «Pay va ulushlar» schyotlari kreditlanadi.
4610- schyoti aktiv bo‘lib, Debet saldosi oy boshiga qolgan ta’sischilarning qarzlarini ko‘rsatadi.
Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor
qarzlarni kamayishini, ya’ni ta’sischilar tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy
qimmatliklar va mulklar qiymatini ko‘rsatadi.
Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda ro‘yxatga olinadi. Qo‘yilmalar bo‘yicha
aksionerlar
bilan olib boriladigan hisob – kitobning analitik hisobi aksionerlarning har biri bo‘yicha kartochkalarda
yoki qaydnomalarda ustav kapitaliga qo‘yilmalar bo‘yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish muddati, qarzni
qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko‘rsatilgan holda yuritiladi. Sotib olingan aksiyalar
summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, so‘mda va xorijiy valyuta pul mablag‘lari
va boshqa moddiy qimmatliklari bilan to‘lashlari mumkin.
Analitik hisob yuritish uchun asos bo‘lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni
qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.
Aksioner jamiyatlarining xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik asosida olib borilsa, ularning
ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo‘jalik faoliyatining hisobi Nizomga asosan yuritiladi.
40
CHunonchi, jamiyat tomonidan olingan balans foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga
yoki davr xarajatlariga yoki foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada soliqqa
tortiladigan baza aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig‘i summasi hisoblanadi.
Foydaning qolgan
summasi sof foyda hisoblanib, u aksionerlar majlisining qaroriga binoan
taqsimlanadi. Mehnat jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda, odatda, ikki maqsadga foydalaniladi:
dividend to‘lashga va ishlab chiqarishni kengaytirish ham ijtimoiy ehtiyojlar uchun. Dividend har
chorakda yoki bir yilda bir marta to‘lanishi mumkin. Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan
40
O‘zR Vazirlar Mahkamasining 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 1999 yil 5 fevral. (2003 yil 15
oktyabrdagi kiritilgan o‘zgarishlar), (2017yil yangi tahrirdagisi)
176
elon qilinib qat’iy belgilangan miqdorda bo‘ladi. Yillik dividendlar miqdori aksionerlarning umumiy
majlisi tomonidan yillik ish natijasi bo‘yicha belgilanadi. Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan
dividendlar qo‘shilmaydi. Dividendlar hisoblash va to‘lash
amaldagi Nizomga asosan
rasmiylashtiriladi.
41
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga chiqargan paytda
ko‘rsatiladi. Bunday aksiyalar bo‘yicha dividendlar olingan foyda miqdoridan qat’iy nazar birinchi
navbatda hisoblanadi va to‘lanadi. Basharti imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni
to‘lash uchun olingan foyda etarli bo‘lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa
manbalardan foydalaniladi. Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo‘yicha dividend hisoblanmaydi.
Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, dividendlar aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar
bilan
to‘lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga olmagan holda dividend elon qiladi. Dividend faqat
qo‘shilgan ulushga yoki sotib olingan aksiyalar uchun to‘langan summaga mutanosib ravishda beriladi.
Dividend tarzida olingan daromaddan soliq dividendlarni to‘lash manbaida, ya’ni aksioner jamiyatida
ushlab qolinadi.
Aksionerlar bilan daromadlar bo‘yicha olib boriladigan hisob 6610 «To‘lanadigan dividendlar»
schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib, uning kredit qoldig‘i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini
ko‘rsatadi, Debet oboroti ushlangan soliq va to‘langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner
jamiyatida ishlayotgan xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar
bilan xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi.
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan ham ushlangan soliqlar
to‘g‘risidagi buxgalteriyaning ma’lumoti bo‘yicha hisoblanadi. Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz
to‘lanishi kassa chiqim orderi va to‘lov topshirig‘i bilan rasmiylashtiriladi.
YUridik va jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividend va foizlar O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to‘lash manbaida soliqqa tortiladi.
42
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob – kitoblar hisobi
6620-«CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv
bo‘lib kreditida chiqib ketayotgan ta’sischilarga to‘lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga
to‘langan summa ko‘rsatiladi.
CHiqib ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar
– oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari debetlanib 6620-«CHiqib
ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
Sotib olingan aksiyalar bo‘yicha puli to‘langanda 6620-schyot debetlanib 5010, 5110-schyotlari
kreditlanadi. 6610 «To‘lanadigan dividendlar» va 6620 «CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari
bo‘yicha qarz» schyotlari bo‘yicha analitik hisob har bir aksioner bo‘yicha 7-qaydnomada yuritiladi.
Sintetik hisob esa 8-jurnal – orderda aks ettiriladi.
24.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: