176
elon qilinib qat’iy belgilangan miqdorda bo‘ladi. Yillik dividendlar miqdori aksionerlarning umumiy
majlisi tomonidan yillik ish natijasi bo‘yicha belgilanadi. Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan
dividendlar qo‘shilmaydi. Dividendlar hisoblash va to‘lash amaldagi Nizomga asosan
rasmiylashtiriladi.
41
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga chiqargan paytda
ko‘rsatiladi. Bunday aksiyalar bo‘yicha dividendlar olingan foyda miqdoridan qat’iy nazar birinchi
navbatda hisoblanadi va to‘lanadi. Basharti imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni
to‘lash uchun olingan foyda etarli bo‘lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa
manbalardan foydalaniladi. Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo‘yicha dividend hisoblanmaydi.
Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, dividendlar aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar bilan
to‘lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga olmagan holda dividend elon qiladi. Dividend faqat
qo‘shilgan ulushga yoki sotib olingan aksiyalar uchun to‘langan summaga mutanosib ravishda beriladi.
Dividend tarzida olingan daromaddan soliq dividendlarni to‘lash manbaida, ya’ni aksioner jamiyatida
ushlab qolinadi.
Aksionerlar bilan daromadlar bo‘yicha olib boriladigan hisob 6610 «To‘lanadigan dividendlar»
schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib, uning kredit qoldig‘i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini
ko‘rsatadi, Debet oboroti ushlangan soliq va to‘langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner
jamiyatida ishlayotgan xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar
bilan xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi.
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan ham ushlangan soliqlar
to‘g‘risidagi buxgalteriyaning ma’lumoti bo‘yicha hisoblanadi. Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz
to‘lanishi kassa chiqim orderi va to‘lov topshirig‘i bilan rasmiylashtiriladi.
YUridik va jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividend va foizlar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to‘lash manbaida soliqqa tortiladi.
42
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob – kitoblar hisobi
6620-«CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv
bo‘lib kreditida chiqib ketayotgan ta’sischilarga to‘lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga
to‘langan summa ko‘rsatiladi.
CHiqib ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar
– oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari debetlanib 6620-«CHiqib
ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
Sotib olingan aksiyalar bo‘yicha puli to‘langanda 6620-schyot debetlanib 5010, 5110-schyotlari
kreditlanadi. 6610 «To‘lanadigan dividendlar» va 6620 «CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari
bo‘yicha qarz» schyotlari bo‘yicha analitik hisob har bir aksioner bo‘yicha 7-qaydnomada yuritiladi.
Sintetik hisob esa 8-jurnal – orderda aks ettiriladi.
24.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: