177
3
CHiqib
ketayotgan
ta’sischilarga
ularning
ulushlari bo‘yicha qarzlar
hisoblandi
8610, 8620 6620
Majlisning bayonnomasidan
ko‘chirma,
rahbarning
bo‘yrug‘i
4
CHiqib
ketayotgan
ta’sischilarga
ularning
ulushlari bo‘yicha qarzlarni
to‘lanishi
6620
5010, 5110
Kassa hisoboti, bankning
ko‘chirmasi
5
Aksionerlardan
daromad
solig‘i ushlandi
6610,
6620
6410
Buxgalteriya hisob-kitobi
24.2. Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish
Aksioner jamiyatlarida qo‘shilgan kapitalning buxgalteriya hisobi 8400- «Qo‘shilgan kapitalni
hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8410-«Emissiya daromadi» va 8420-«Ustav kapitalini
shakllantirishdagi kurs farqi» schyotlarida hisobga olinadi.
Ushbu schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatidan ortiq olingan,
shuningdek, ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlarning mavjud summalarini va ularning
harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan.
8410-«Emissiya daromadi» schyotida aksiyalarni ta’sischilarga birlamchi sotishda nominal
qiymatidan ortiqcha tushgan summa hisobga olinadi. Bu vaqtda 5010, 5110, 5210–schyotlar
debetlanib, 8410-«Emissiya daromadi» schyoti kreditlanadi. Bu schyotning debetida o‘z aksiyalarini
sotib olishi va bekor qilishda tashkil bo‘lgan salbiy farq summalarini qoplanishi aks ettiriladi. Bu
vaqtda 8410 «Emissiya daromadi» schyoti debetlanib, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – oddiy»
va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari kreditlanadi.
8410-«Emissiya daromadi» schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
alohida yuritiladi.
8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti ustav kapitalini shakllantirish
jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun tayinlangan.
Ustav kapitalini shakllanishida valyuta va valyuta qimmatliklari ustav kapitaliga badal qo‘yilgan
vaqtdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi.
Valyuta va valyuta qiymatliklari va boshqa mulklarning bahosi ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
paytidagi bahosidan farqlanishi mumkin. Bu vaqtda vujudga keladigan kursdagi farqi 8420-«Ustav
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi.
Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk, valyuta va valyuta qiymatliklarini hisobga
oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti
kreditlanadi, salbiy farqi esa aksincha provodkalar bilan rasmiylashtiriladi. Baholardagi farqlarni shu
tartibda hisobdan chiqarish ta’sis hujjatlarida kelishilgan ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushini
o‘zgartirmaslik imkoniyatini beradi.
24.2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: