Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400)



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400) 
№ Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlar korrespon-
densiyasi 
YOzuvni tasdiqlovchi
Hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Aksiyalarning nominal qiymati bilan 
emission qiymati orasidagi farq 
summani qabul qilish 
5110, 5010, 
5020, 5210 
8410 
Kirim kassa orderi, bankning 
ko‘chirmasi 

Sotib olingan o‘z aksiyalarini 
ikkilamchi sotishdan pul tushdi 
5110, 5010, 
5020, 5210 
8610, 
8620 
Kirim kassa orderi, bankning 
ko‘chirmasi 

Sotib olingan aksiyalarini qayta 
sotishda sotib olgan narxdan kam 
8410 
8610, 
8620 
Ta’sischilar qarori, bankning 
ko‘chirmasi 


178 
sotilganligi uchun farqi emission 
daromad hisobidan qoplandi 

Sotib olingan aksiyalarni bekor 
qilishda aksiyalarni nominal qiymati 
bilan sotib olish bahosi orasidagi 
salbiy 
farqi 
emission 
daromad 
hisobidan qoplandi 
8410 
8610, 
8620 
Ta’sischilar qarori

Ustav kapitalining shakllanishida 
kapitalni to‘lash paytida vujudga 
kelgan ijobiy kurs farqi 
4610, 4890 8420 
Ta’sischilar qarori, bankning 
ko‘chirmasi 

Ustav kapitalining shakllanishida 
kapitalni to‘lash paytida vujudga 
kelgan salbiy kurs farqi
8420 
4610, 
4890 
Ta’sis xujatlari, buxgalteriya 
raschyoti 
Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining analitik hisobi, ochiq 
turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan hisob –kitoblar hisobidan tashqari, har 
bir ta’sischilar bo‘yicha yuritiladi. 
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo‘yicha aksiyalarni nominal qiymatini 
ko‘paytirish yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirishlari mumkin. 
Sodir bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Aksionerlarning umumiy majlisi ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida ham qaror qabul qilishi 
mumkin. Ustav kapitalini kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan yoki 
aksiyalarni umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo‘li bilan bo‘lishi 
mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish jamiyatning barcha 
kreditorlarini ogohlantirgandan so‘ng amalga oshiriladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining sof foydasidan ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorda 
zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har yili ustavda belgilangan miqdorgacha 
ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tijorat 
tashkilotlari ham zaxira kapitalini tashkil etishlari mumkin. 
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari va boshqa 
to‘lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarida zaxira kapitalidan, foyda etarli bo‘lmagan 
yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ham foydalaniladi. 
Zaxira kapitalini to‘ldirish uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi. 
Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» ning 
quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 8520-«Zaxira kapitali» va 8530-
«Tekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga olinadi 
8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini ortishi hisobga 
olinadi. Bu schyot passiv bo‘lib mulklarni qayta baholash natijasida zaxira kapitalini tashkil etilishi va 
to‘ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib, 
tegishli qiymati ko‘paytirilgan mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi. 
Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning qiymati kamaytirilsa, xuddi shu mulk turi 
bo‘yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati tugaguncha 8510 «Mulkni qayta baholash 
bo‘yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. 
Undan ortig‘iga 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga 
oladigan schyotlar kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig‘i balansda «Zaxira kapitali» moddasi bo‘yicha 
ko‘rsatiladi. 
8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetiga quyidagi hollarda 
yoziladi:
qaytadan baholash natijasida mulklar qiymatini kamayishi;
Qaytadan baholash 
natijasida uzoq muddatli investitsiya qiymatini kamayishini qoplash; korxonaning tugatilishida 
ta’sischilar orasida taqsimlanadigan summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«CHiqib ketayotgan 
ta’sischilarga ulushi bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi. 


179 
8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining ta’sis xujjatlarida 
belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki to‘ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda 
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi schyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti 
kreditlanadi. 
Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida aks ettiriladi. 
Masalan, aksioner jamiyatining dividend to‘lash uchun foydasi yo‘q bo‘lsa, yoki etmasa zaxira kapitali 
hisobidan dividendlar hisoblash bo‘yicha quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», 
Kt 6610-«To‘lanadigan dividendlar» schyoti. 
8530-«Tekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklarni 
hisobga olish uchun tayinlangan.
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8530 
«Tekinga olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-mulklar qiymati foyda (daromad)dan 
ajratma solig‘iga tortiladi. Bepul olingan mol-mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan 
belgilanadi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish