178
sotilganligi uchun farqi emission
daromad hisobidan qoplandi
4
Sotib olingan aksiyalarni bekor
qilishda aksiyalarni nominal qiymati
bilan sotib
olish bahosi orasidagi
salbiy
farqi
emission
daromad
hisobidan qoplandi
8410
8610,
8620
Ta’sischilar qarori
5
Ustav kapitalining shakllanishida
kapitalni to‘lash paytida vujudga
kelgan
ijobiy kurs farqi
4610, 4890 8420
Ta’sischilar qarori, bankning
ko‘chirmasi
6
Ustav kapitalining shakllanishida
kapitalni to‘lash paytida vujudga
kelgan salbiy kurs farqi
8420
4610,
4890
Ta’sis
xujatlari, buxgalteriya
raschyoti
Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining analitik hisobi, ochiq
turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan hisob –kitoblar hisobidan tashqari, har
bir ta’sischilar bo‘yicha yuritiladi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo‘yicha aksiyalarni nominal qiymatini
ko‘paytirish yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirishlari mumkin.
Sodir bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksionerlarning umumiy majlisi ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida ham qaror qabul qilishi
mumkin. Ustav kapitalini kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo‘li
bilan yoki
aksiyalarni umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo‘li bilan bo‘lishi
mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish jamiyatning barcha
kreditorlarini ogohlantirgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining sof foydasidan ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorda
zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har yili ustavda belgilangan miqdorgacha
ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tijorat
tashkilotlari ham zaxira kapitalini tashkil etishlari mumkin.
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari va boshqa
to‘lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarida zaxira kapitalidan, foyda etarli bo‘lmagan
yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ham foydalaniladi.
Zaxira kapitalini to‘ldirish uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi.
Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» ning
quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 8520-«Zaxira kapitali» va 8530-
«Tekinga olingan mulk»
schyotlarda hisobga olinadi
8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini ortishi hisobga
olinadi. Bu schyot passiv bo‘lib mulklarni qayta baholash natijasida zaxira kapitalini tashkil etilishi va
to‘ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib,
tegishli qiymati ko‘paytirilgan mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi.
Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning qiymati kamaytirilsa, xuddi shu mulk turi
bo‘yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati tugaguncha 8510 «Mulkni
qayta baholash
bo‘yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
Undan ortig‘iga 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga
oladigan schyotlar kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig‘i balansda «Zaxira kapitali» moddasi bo‘yicha
ko‘rsatiladi.
8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetiga quyidagi hollarda
yoziladi:
qaytadan baholash natijasida mulklar qiymatini kamayishi;
Qaytadan baholash
natijasida uzoq muddatli investitsiya
qiymatini kamayishini qoplash; korxonaning tugatilishida
ta’sischilar orasida taqsimlanadigan summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«CHiqib ketayotgan
ta’sischilarga ulushi bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
179
8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarining ta’sis xujjatlarida
belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki to‘ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi schyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti
kreditlanadi.
Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida aks ettiriladi.
Masalan, aksioner jamiyatining dividend to‘lash uchun foydasi yo‘q bo‘lsa, yoki etmasa zaxira kapitali
hisobidan dividendlar hisoblash bo‘yicha quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali»,
Kt 6610-«To‘lanadigan dividendlar» schyoti.
8530-«Tekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklarni
hisobga olish uchun tayinlangan.
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8530
«Tekinga olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-mulklar qiymati foyda (daromad)dan
ajratma solig‘iga tortiladi. Bepul olingan mol-mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: