183
quyidagi: 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan
daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9040-
«Sotilgan tovarlarni qaytarish» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar»
schyotlarda aks ettiriladi.
YUqorida keltirilgan 9010, 9020 va 9030-schyotlar tranzit schyotlar hisoblanib, ko‘payishi
kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010,
9020 va 9030- schyotlar summasini tuzatib turadi. Bu schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof
tushum aks ettiriladi: sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarda
ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulot va o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar;
sanoat tusiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlar; sotib olingan buyumlar (butlash uchun sotib olingan);
qurilish montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o‘xshagan ishlar;
savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari; transport tashkilotlarining yuk va kishilar tashish bo‘yicha
xizmatlari; engil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni xaydab olib borib berish
xizmatlari; transport - ekspeditsion va yuklash - tushirish operatsiyalari; aloqa korxonalari xizmatlari.
9010, 9020 va 9030-schyotlarining kreditida 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» va 4110-«Alohida bo‘linmalardan olinadigan schyotlar»
schyotlarining debeti bilan
korrespondentlangan holda xo‘jalik yurituvchi subektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar aks
ettiriladi.
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan oldingi davrda olingan daromadlar summasiga pul mablag‘larini
hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6230-«Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» yoki 6310-
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi.
Sanoat korxonalarida mol yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan mahsulot
(bajarilgan ish va xizmatlar) bo‘yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari summasiga 4010-«Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar
kreditlanadi.
Kelgusida yuklab jo‘natiladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat va bajariladigan ishlar uchun
oldindan olingan bo‘naklar summasi ushlab qolinganda 6230 va 6310-schyotlari debetlanib, 4010-
schyoti kreditlanadi.
YUborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag‘lari
tushganda pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 4010-«Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9910 «YAkuniy
moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 9010, 9020 va 9030- schyotlarning kredit qoldiqlari hisobot
davri oxirida 9910- schyotga o‘tkaziladi: Dt 9010, 9020, 9030 – schyotlar, Kt 9910 «YAkuniy
moliyaviy natija» schyoti.
9040 va 9050- schyotlari sotilgan tovarlarni qaytarilishi, shartnoma shartlariga binoan sotishdan
chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida narxidan chegirma va shu
kabilarni hisobga olish uchun belgilangan. Bu schyot kontrpassiv bo‘lib,
ularning debet oborotlari
sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) dan tushgan tushum summasidan hisobot davri oxirida
quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9010, 9020 va 9030-schyotlar, Kt 9040 va 9050-schyotlar.
9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi»-schyotining debetida operatsiyalar quyidagi hollarda aks
ettirriladi: buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati qaytarilganda: Dt 9040 «Sotilgan
tovarlarning qaytishi», Kt 5010, 5110, 5210- schyotlar.
Qaytarilgan tovarlar bo‘yicha debitor qarzi bekor qilinganda, Dt 9040 «Sotilgan tovarlarning
qaytishi», Kt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Bunda qaytarilgan tovarlar bo‘yicha oldin hisoblangan QQS va aksiz solig‘i summasi
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)», Kt
5110-«Hisob - kitob schyoti» yoki 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Qaytarilgan mahsulot va tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarilganda: Dt 2810 «Ombordagi
tayyor mahsulotlar» yoki 2910 «Ombordagi tovarlar», Kt 9119-9130-schyotlar.
SHartnoma shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek
sotilgan mahsulotdan brak
aniqlanishi natijasida chegirma berilsa, quyidagicha rasmiylashtiriladi, Dt 9050-«Xaridorlar va
184
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar», Kt 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» schyoti.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar (ishr va xizmat)lar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi
schyotlarda aks ettiriladi: 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi», 9120-«Sotilgan
tovarlarning tannarxi» va 9130-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotlari. Bu
schyotlar tranzit hisoblanib aktiv schyotlarga mansub. Ularning debeti ko‘payishini, krediti esa
kamayishini ko‘rsatadi. Bu schyotlarda hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Korxonalarda mol xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat)
lar uchun hisoblashish
hujjatlarini taqdim etilishiga qarab jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat)larning haqiqiy tannarxiga
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanib, 9110
yoki 9130-schyoti debetlanadi.
Ayrim korxonalarda sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning haqiqiy tannarxi faqat kalendar
yilining oxirida bir marta aniqlanganligi uchun 9110 va 9130- schyotlarning debetida yil davomida
sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning reja tannarxi aks ettiriladi. Yil oxirida mahsulot (ish va
xizmatlar)ning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi.
Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar» -
ombordagi yoki ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga, Dt 9110-«Sotilgan
mahsulotlar tannarxi», 9130 «Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi»
- sotilgan
mahsulot, ishlar, xizmatlarga tegishli farq summasiga, Kt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2310-
«YOrdamchi ishlab chiqarish».
Agar bu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi buxgalteriya o‘tkazmalar
oddiy siyohda, aksincha, tejalgan summani ko‘rsatsa - qizil siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy
tannarxga etkazib qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi»
va 9130 «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarining debet oborotlari yakuniy moliyaviy
natija schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt
9910-«YAkuniy moliyaviy natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari.
SHunday qilib, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetida hisobot davrida sotilgan
mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ishlar va xizmatlarni
sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo‘yicha 9910-«YAkuniy moliyaviy
natija» schyotining debet va kredit oborotlarini taqqoslash natijasida hisobot davridagi mahsulot, ishlar
va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: