20
Universal kompyuterlar juda turli muxandislik, texnik,
iqtisodiy
, matematik
axborot va shu kabi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan.
Universal kompyuterlarning xususiyatlari quydagilardan iborat:
•
yuqori unumdorlilik;
•
ishlov beriladigan axborotlarning turlarining ko‘pligi: ikkilik, o‘nlik, belgilik
– ular katta oraliqda o‘zgaradi va ular
yuqori aniqlikda ifodalanadi;
•
bajariladigan operatsiyalarining ro‘yxati keng, arifmetik, mantiqiy va
maxsus;
•
operativ xotira sig‘imi katta;
•
axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi
qurilmalarni ulashni taminlaydi.
Muammoga yo‘naltirilgan kompyuterlar
ancha tor doiradagi masalalarni
yechish uchun, odatda
texnologik obektlarni
va jaroyonlarni boshqarishga
,
nisbattan katta bo‘lmagan axborotlarni yig‘ish, qayd qilish va ishlov berishga,
nisbattan murakkab bo‘lmagan algoritmlarga ishlov berishga mo‘ljallangan.
Ularda universal kompyuterlarga nisbattan apparat
va dasturiy resurslari
chegaralangandir.
Maxsuslashtirilgan kompyuterlar
ma’lum darajadagi tor doiradagi
masalalarni yechish uchun yoki qatiy gurux
funksiyalarni joriy etishga
mo‘ljallangan. Kompyuterni bunday tor yo‘naltirilishi ularning tarkibini aniq
maxsuslashtirishga imkon beradi, ishlashining
yuqori unumdorligini va
ishonchliligini saqlagan xolda ularning murakkabligini va narxini jiddiy
kamaytirish mumkun. Maxsuslashtirilgan kompyuterlarga quydagilarni kiritish
mumkun, masalan, maxsus vazifalar uchun dasturlanuvchi
mikroprotsessorlar;
aloxida murakkab bo‘lmagan texnik qurilmalarni va jaroyonlarni boshqarishning
mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter va kontrollerlar;
xisoblash tizimlarining
qismlarini moslovchi va ulovchi qurilmalar.
O‘lchami va xisoblash quvvati
bo‘yicha kompyuterlarni (1.4-chizma)
quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkun:
•
juda katta (supperkompyuterlar);
21
•
katta;
•
kichik;
•
juda kichik (mikrokompyuterlar).
Kompyuterlarning
vazifalarini
bajarish imkoniyatlari quyidagi muxum
texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlar bilan bog‘liqdir:
•
tezligi (vaqt birligi oralig‘ida mashina bajaradigan o‘rtacha
operatsiyalar
soni bilan o‘lchanadi);
•
kompyuter ishlov olib boradigan sonlarni razryadligi
va ifodalanish shakli
;
•
xotira turlari va barcha xotiralarning tezligi;
•
axborotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilma turlari va
tenik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari;
•
kompyuterlarning o‘zaro va qismlarini ulash xamda aloqa qurilmalarining
turi va o‘tqazish xususiyatlari;
•
kopyuterlarni bir vaqt oralig‘ida bir necha foydalanuvchi
bilan ishlashi va
bir necha dasturni parallel bajara olishi (ko‘p masalali);
•
kompyuterda ishlatiladigan operatsion tizimning turi va tenik-iqtisodiy
ko‘rsatgichlari;
•
dasturiy ta’minotning mavjutligi va vazifalarining imkoniyatlari;
•
boshqa turdagi kompyuterlar uchun yozilgan
dasturlarni bajara olish
imkoniyati (boshqa kompyuterlar bilan dasturiy moslashuvchanligi);
•
mashina buyruqlarining tarkibi va tizimi;
•
aloqa kanallariga va kompyuter tarmoqlariga ulanish imkoniyati;
•
kompyuterning foydalanishdagi ishonchliligi;
•
foydali ish vaqti bilan profilaktika vaqtining nisbati bo‘yicha aniqlanadigan
kompyuterning vaqt bo‘yicha foydali ish koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: