Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 20-moddasi
o‘n to‘rtinchi
,
o‘n beshinchi
va
o‘n oltinchi
qismlarida
nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ishtirokchilari ulushning o‘tishi yoki taqsimlanishiga rozilik
berishni rad etsalar, agar jamiyatning ustaviga muvofiq bunday rozilik olinishi zarur bo‘lsa, ulush
jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat vafot etgan jamiyat ishtirokchisining merosxo‘rlariga, qayta tashkil
etilgan jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqiy vorislariga yoki jamiyat ishtirokchisi
bo‘lgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilariga tegishincha vafot qilish, qayta tashkil etilish
yoki tugatilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari
ma’lumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini to‘lashi yoxud ularning roziligi bilan
ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
(22-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Ushbu Qonunning
24-moddasiga
muvofiq jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisi
ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan to‘langan
taqdirda, ulush haqiqiy qiymatining jamiyat boshqa ishtirokchilari tomonidan to‘lanmagan qismi
jamiyatga o‘tadi, ulushning qolgan qismi jamiyatning ishtirokchilari o‘rtasida ular qo‘shgan to‘lovga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatning ishtirokchisi u jamiyat tomonidan olinishi
to‘g‘risida talabnoma taqdim etgan yoki hissani qo‘shish muddati o‘tgan yoxud tovon berilgan yoki
ishtirokchini jamiyatdan chiqarish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan yoki jamiyatning
istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga
(yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga) o‘tishiga yoxud uning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan
tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishiga rozilik berishni rad etgan yoki
jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga
binoan jamiyat tomonidan to‘langan paytdan e’tiboran jamiyatga o‘tadi.
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, agar
jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ulushning (ulush bir
qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi
shart.
Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan
uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori o‘rtasidagi farq hisobidan to‘lanadi. Agar bunday farq
yetarli bo‘lmasa, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga
kamaytirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: