Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda
tutilgan hollarda esa, jamiyat o‘z ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash
orqali o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan
jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari
miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning ustav fondi
(ustav kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda
to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining
qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa, jamiyat o‘z ustav fondi (ustav
kapitali) o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi
va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
(19-moddaning birinchi — oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi
O‘RQ-531-sonli
Qonuniga
asosan birinchi — to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(19-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning
yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda
xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar
e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz
kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun
ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari
ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog‘liq ta’sis hujjatlaridagi
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kreditorlar ushbu moddada belgilangan tartibda xabardor
qilinganligi dalillari taqdim etilgan taqdirdagina qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(19-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini)
kamaytirish yoki o‘zining tugatilishi to‘g‘risida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar
jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini va o‘zlari ko‘rgan zararning
o‘rnini qoplashini talab qilishga haqlidir. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
bunday hollarda jamiyatni tugatish to‘g‘risida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: