Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘G‘risida


qo‘shimcha hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/134
Sana14.04.2022
Hajmi7,14 Mb.
#549922
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134
Bog'liq
6 07

qo‘shimcha hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga 
ko‘paytirish
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan 
qo‘shimcha hissalar qo‘shish hisobiga jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish 
to‘g‘risidagi qarorida qo‘shimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir 
ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha 
hissalarni to‘liq qo‘shish muddati belgilanishi kerak. 
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchisining qo‘shimcha hissa 
qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (jamiyat ishtirokchilarining arizalari) va (yoki), agar bu jamiyatning 
ta’sis hujjatlarida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) uni (ularni) 
jamiyatga qabul qilish va hissa qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (arizalari) asosida jamiyatning ustav 
fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin. 
Jamiyat ishtirokchisining arizasida va uchinchi shaxsning arizasida hissani qo‘shish tartibi, 
miqdori, usullari va muddati, shuningdek jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs jamiyatning ustav 
fondida (ustav kapitalida) ega bo‘lishni xohlagan ulush miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Arizada 
hissalarni qo‘shish va jamiyatga a’zo bo‘lib kirishning boshqa shartlari ham ko‘rsatilishi mumkin. 
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda 
uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining) 
qo‘shimcha hissalarini qo‘shish hisobiga va (yoki) jamiyatga uchinchi shaxsning (uchinchi 
shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha 
ko‘paytirilishi va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdori 
aniqlanishi munosabati bilan o‘zgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari 
ulushining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi 
kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qo‘shimcha hissasi qiymatidan 
ko‘proq summaga ko‘paytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaxs 
tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin 
emas. 


Qo‘shimcha hissalarni qo‘shishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan 
kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning 
hissalarini qo‘shish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) 
miqdorini ko‘paytirish, qo‘shimcha hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal 
qiymatini ko‘paytirish va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va 
miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarishi bilan 
bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining 
umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qo‘shishning 
jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddati o‘tganidan keyin, 
belgilangan qo‘shimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan 
bo‘lmasa, umumiy yig‘ilishi: 
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat 
ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha o‘zgartirib, amalda 
qo‘shilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qo‘shgan qo‘shimcha hissalarni hisobga olgan holda 
kamaytirish to‘g‘risida; 
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat 
ishtirokchilarining jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi oldingi yig‘ilishi 
qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish 
to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida oldingi yig‘ilish 
qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari 
oshib ketishiga olib kelgan o‘sha qo‘shgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
Ushbu moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan jamiyat ta’sis hujjatlaridagi 
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari 
tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan hissalar to‘liq miqdorda 
qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga 
ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan kundan 
e’tiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilmog‘i lozim. Ta’sis hujjatlaridagi mazkur o‘zgartishlar 
jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 
Ushbu moddaning 
beshinchi 
va 
yettinchi 
qismlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya 
etilmagan taqdirda yoxud ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan qo‘shimcha hissalar 
barcha ishtirokchilar tomonidan to‘liq qo‘shilmagan yoxud ushbu moddaning 
oltinchi qismida 
nazarda tutilgan qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini 
kamaytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav 
kapitalining) ko‘paytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat 
ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qo‘shimcha pul hissalarini qaytarishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Pul hissalari ushbu modda oltinchi qismining
 uchinchi xatboshisida
, shuningdek 
sakkizinchi 
qismida 
ko‘rsatilgan muddatda o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonunchilikda 
belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar to‘lashi shart. 
(18-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Pulsiz hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat ushbu modda oltinchi qismining 
uchinchi xatboshisida
, shuningdek 
sakkizinchi qismida 
ko‘rsatilgan hollarda uch oylik muddatda 
ularning hissalarini qo‘shilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar 
ko‘rsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana 
olmaganligi oqibatida boy berilgan foydani ham qoplashi shart. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish