Bog'liq «ТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАРНИ АВТОМАТЛАШТИРИШ ВА МОДЕЛЛАШТИРИШ» (3)
5-rasm. Gazlarni vodorod sulfiddan mishyak – soda eritmasi bilan tozalash jarayonini avtomatlashtirish sxemasi. Yonish pechi 3 ga sarflar nisbatini rostlagich 17 yordamida havoni uzatishni rostlovchi klapan
18 ga tasir ko‟rsatish yo‟li bilan uzatiladigan yonilg‟i gazi, havo sarflari nisbatini rostlash.
Gazni vodorod sulfiddan tozalashning boshqa keng tarqalgan katalitik jarayoni gazni mishyak kislota
tuzlari ishqoriy eritmasi bilan yuvish hisoblanadi.Ishqor sifatida odatda soda ( natriy karbonat )
eritmasi qo‟llaniladi.Jarayonning texnologik sxemasi va avtomatlashtirish sxemasi 5-rasmda
keltirilgan.Vodorod sulfidi bo‟lgan gaz absorber 1 ga keladi.Absorbsiya natijasida chiquvchi
gazlardagi N
2
S ning 0,8 – 1 mg/ m
3
gacha pasayadi.Absorberdan chiqayotgan tasirlangan eritma,
issiqlik almashgich 2 dan o‟tib,oksidlanish apparati 3 ga tushadi, u erda havodagi kislorod bilan o‟zaro
tasirlashadi va oltingugurt hosil bo‟lishi bilan qayta tiklanadi ( regeneratsiyalanadi). Keyin qayta
tiklangan ( regeneratsiyalangan ) eritma jarayonga berilayotgan soda eritmasi bilan aralashib, absorber
1 ga ( yuvishga) tushadi.
Rostlashning asosiy konturlaridan biri absorbentni absorber 1 ga uzatishni dastlabki gazdagi
vodorod sulfid miqdoriga proporsional rostlash hisoblanadi, bu rostlash blok 4 da gazni tozalashga
sarflash datchigi 5 dan va dastlabki gazdagi N
2
S gaz analizatori 6 dan keladigan signallarni qish
signali absorbentni uzatishni rostlovchi klapan 8 ga tasir qiluvchi absorbent 7 sarf rostlagichining
topshiriq kamerasiga tushadi.
Rostlagichning boshqa muhim konturi absorber 1 ga keladigan dastlabki gaz va oksidlash
apparati 3 ga uzatiladigan havo sarflari nisbatini rostlash konturi hisoblanadi.Bu rostlash sarflar nisbati
rostlagichi 9 yordamida havoni uzatishni rostlovchi klapan 10 tasir qilish yo‟li bilan amalga
oshiriladi.Bundan tashqari, quyidagi parametrlarni nazorat qilish ko‟zda tutilgan : absorber 1 ning
chiqishida tozalangan gazda N
2
S ning miqdorini gaz analizatori 11 yordamida ; absorbentdagi rN
ko‟rsatkichini datchik 12 yordamida.
Quyidagi parametrlarni barqarorlashtirish ko‟zda tutilgan : qayta tiklangan (
regeneratsiyalangan ) eritma bilan absorberga uzatiladigan soda eritmasi sarfini soda eritmasini
uzatishni rostlovchi klapan 14 ga tasir qiluvchi sarf rostlagichi 13 yordamida ; issiqlik almashgichdan
keyin to‟yingan eritma temperaturasini temperatura rostlagichi 15 yordamida bug‟ uzatishni rostlovchi
klapan 16 ga tasir qilish yo‟li bilan.