TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Bolalar adabiyoti, avvalo, o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go‘zalligi,
tilning ifodaligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni
vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko‘rsatadi. Bolalar adabiyoti o‘quvchiga jonajon
o‘lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotga ishlari va ko‘rsatayotgan
qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning o‘yinlari, erkaliklari,
orzu-istaklarini hikoya qilib beradi. Bu borada ertaklar katta ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sinfdan tashqari o‘qish orqali mustaqil fikrlashga
o‘rgatish ta‘lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mustaqil
fikrlaydigan inson xalqi,
vatani, ota-onasi oldidagi burchini to‘la-to‘kis bajara oladi. Bugungi kunda har bir
o‘qituvchining maqsadi o‘quvchilarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalashdan
iborat. O‘quvchilarning og‘zaki nutqi ravon, tafakkuri boy va dunyoqarashi keng bo‘lishida
sinfdan tashqari o‘qish darslari muhim rol o‘ynaydi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, mustaqil
fikrlash imkonini beradi, badiiy adabiyotga qiziqishlarini orttiradi. Sinfdan tashqari o‘qish
boshlang‘ich ta’limning barcha bosqichlarida olib borilib, o‘quvchilarning yoshiga, sinfiga
qarab oddiydan murakkab tomon tashkil etiladi. Darsni qiziqarli o‘tishini ta’minlash
maqsadida sinfda kutubxona tashkil etish, o‘quvchilar istagan vaqtda bu kitoblardan
foydalanishga imkon yaratish lozim. Sinfdan tashqari o‘qish darslarini kutubxonada o‘tish
ham maqsadga muvofiqdir.
Bunda mavzuga oid kitoblar tanlab olinadi. Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash
tamoyillari:
– kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi;
– kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi;
– o‘quvchining yoshi va saviyasiga muvofiqligini
hisobga olish;
– o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o‘qishda hisobga olish;
– mavsumiy tamoyilga amal qilish.
Umuman olganda, kitobni to‘g‘ri tanlash sinfdan tashqari o‘qish muvaffaqiyatini
ta’minlashning muhim shartidir.
2
O‘qituvchi o‘quvchilarga tanlangan kitoblarni ko‘rsatadi. O‘quvchilar kitoblar bilan
tanishib chiqqach, o‘zlariga yoqqan bitta kitobni tanlaydilar. Tanlangan kitobdagi biror asar
yoki ertakni o‘qituvchi o‘qib beradi.
O‘qish jarayonida bolalarning diqqat-e’tibor bilan tinglashlari, asardagi voqea
qahramonlarini eslab qolishlari uqtiriladi. O‘qilgan asar yuzasidan topshiriqlar beriladi.
Bunda matnni bo‘laklarga bo‘lish va sarlavha qo‘yish, matndagi bosh g‘oya ifodalangan
gapni aniqlash, bosh qahramonni aniqlash kabilar o‘quvchilar bilan mustaqil o‘qilgan kitoblar
yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
– Qo‘lingizdagi kitobning nomi nima?
– Uning muallifi kim?
– O‘qigan asaringiz sizga yoqdimi?
Dars uchun mo‘ljallangan asar mavzu va mazmun jihatdan rang-barang bo‘lishi
mashg‘ulotni qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Odatdagi o‘qish darslarida
bo‘lganidek, sinfdan tashqari o‘qish darslarida ham o‘rganilgan asarning mazmuni undagi
shaxslarning tarbiyaviy tomonlarini tushungan holda gapirib berish malakalari shakllantirib
boriladi. Mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi notiqligi orqali ham yuqori samaraga erishadi.
195
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
O‘quvchi bilan muloqot chog‘ida ma’naviyat durdonalaridan parchalar, mavzuga mos maqol,
hikmatli so‘zlardan keng foydalanish murg‘ak qalblarni muomala madaniyatiga o‘rgatadi.
Xalqimizning tarixiy urf-odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari
barcha orzu-istaklari
ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda. Kishilar o‘z orzu-havaslarini
yosh avlodda, o‘g‘il-qizlarida ko‘rishni istaydilar. Shu sababdan o‘quvchilarga ertaklarni
o‘qishga tavsiya qilinadi. Ertak o‘qigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur, bo‘lishga
intiladi. O‘quvchi yer yuzidagi barcha insonlarning bir bo‘lagiman, men o‘z xalqimga
qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo‘lib ulg‘ayishim kerak, desagina o‘z xalqining
munosib farzandi bo‘la oladi. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan
baynalmilal badiiy quroldir. “Uch og‘ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va to‘g‘ri”
kabi bir qator ertaklar o‘quvchilarning sevimli ertaklaridir. O‘quvchilar bu ertaklardan kishi
o‘z mehnatiga ishonib yashashi kerakligini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak,
degan hayotiy xulosalarni o‘qituvchi yodamida tushunib yetadilar.“Ur to‘qmoq” ertagining
bola xarakterining shakllanishida alohida o‘rni bor: ertak yaxshiga yaxshi, yomonga yomon
bo‘lishi kerak degan muhim qoidani o‘rtaga tashlaydi. Haqiqatan ham, xalqning “Qaynar
xumcha”, “Ochil dasturxon”larini zo‘ravonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur
to‘rmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.
Sinf va sinfdan tashqari o‘qish boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha predmet
dasturlarinng bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida grammatika va to‘g‘ri yozuv,
tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o‘rganishda olingan bilim va hosil qilingan
ko‘nikmalar o‘qish darslarida foydalaniladi. O‘qish darslarida o‘tilgan
mavzular asosida
badiiy kitoblar qidirish, asar qahromonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy
rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o‘quvchini ijod qilishga undaydi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining amaliy ahamiyati ham katta. Kitobni o‘qish
jarayonida o‘quvchilar asar mazmunini hayot bilan bog‘lab, undan tegishli xulosa chiqarishi
natijasida ularda bilim, dunyoqarash va mustaqil fikrlash shakllana boradi. Kitob o‘qishga
qiziqishlari ortadi.
Har bir sinfda sinfdan tashqari o‘qilgan barcha asarlar o‘quvchiga mos ravishda biror
voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug‘at boyligini
oshirishga yordam beradi. Shuningdek, sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o‘quvchining
diqqati oshib, xotirada saqlash qobiliyati o‘sadi. Hatto sahnalashtirish o‘quvchini har
tomonlama yo‘naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi
kasblarga ilk tasavvurlarni o‘rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida, albatta,
o‘qituvchi rahbarlik qiladi. O‘quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek, qahramonlar harakatini
to‘g‘ri bajarishlari, o‘qishlari o‘quvchilarda zavq-shavq uyg‘otib kitobga, badiiy asarga havas,
uni o‘qib o‘rganishga intilish uyg‘otadi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qituvchi
o‘quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy,
P.Mo‘min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o‘quvchilarda katta
qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun har bir maktab ta’lim muassasasi o‘quvchilar o‘rtasida turli
mavzularda ijod ahli bo‘lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart.
Bunday uchrashuvlar o‘quvchilani vatanni madh qilishga, uni sevib ardoqlashga chaqiradi.
Kitobning, asarning qanday paydo bo‘lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o‘rgatadi.
Shunday qilib, badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqealikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin
obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va axloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda
196
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
hayot go‘zalligini idrok etishga o‘rgatadi. So ‘z san’ati badiiy asarda o‘z ifodasini topadi.
Xalqimiz badiiy so‘zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati
va jozibasiga qadim
zamonlardanoq e’tibor berib kelgan. Badiiy so‘z xalqning barcha madaniy boyliklarini
adabiylashtirgan. Buning uchun esa o‘quvchi, albatta, xalq og‘zaki ijodini yaqindan o‘qishi
lozim. Ertaklar – yaxshilikka yetaklar deganlariday, o‘quvchi ertaklar bilan tanishar ekan,
mard, jasur, vatanparvar, mehribon bo‘lishga, topishmoqlar o‘qir ekan, topag‘on, bilimdon,
zukko bo‘lishga intiladi.
Xulosa qilib aytganda, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni bilgan
holda aqlan yetuk, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash biz – murabbiylar, ustozlar
zimmasidadir. Shunday ekan, “Sen buni bilishing zarur” degan majburlovchi gapning o‘rniga
o‘quvchi ongiga “Men buni bilib qo‘yganim yaxshi” degan fikrni singdirish har bir yosh
avlodni tarbiyalayotgan o‘qituvchi uchun muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: