Key words:
media resource, media content, self-education.
Har bir mamlakatning ravnaqi yuksak intellektual salohiyatli, yetuk va raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlovchi ta’lim tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda
istiqlolning dastlabki yillaridanoq ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati
213
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
darajasiga ko‘tarilib, yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitlarda ta’lim olishlari,
xalqaro tajribalar asosida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash,
yoshlarimizni o‘z kasbining yetuk mutaxassisi, mustaqil fikrlovchi, o‘z kasbiy faoliyatiga
tanqidiy va ijodkorona yondashuvchi, raqobatbardosh kadr sifatida kamol toptirish borasida
ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 24-may kuni
O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan
bo‘lgan uchrashuvda ta’kidlaganidek: “Ilmni, tarbiyani to‘g‘ri qilsak, hamma sohalarni
malakali mutaxassislar o‘zlari rivojlantiradi”
1
.Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda va o‘quv
jarayoni sifatini oshirishda talabalarning ijodiy faoliyat yuritishi va ularning intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan mustaqil ta’lim jarayoni alohida o‘rin tutadi.
Sababi “o‘z mehnati bilan olingan bilim juda katta qiymatga ega. Shunday qilib, o‘qitishning
muvaffaqiyati talabalarning bilim olishga bo‘lgan munosabati, bilim olishga intilishi, bilim,
ko‘nikmalarni ongli ravishda va mustaqil ravishda o‘zlashtirishi bilan belgilanadi
2
“.
Mustaqil ta’lim – bu shaxsning o‘zi tomonidan boshqariladigan, uning ta’limini
takomillashtirishga xizmat qiladigan maqsadli va tizimli kognitiv faoliyat hisoblanadi.
V.A.Slastenin ta’rifiga ko‘ra “Mustaqil ta’lim – talabaning shunday bilim olish faoliyatiki,
bunda uning izchil fikr yuritishi, aqliy va amaliy operatsiyalari hamda harakatlarining izchilligi
o‘ziga bog‘liq bo‘ladi
3
”.
Pedagogika fanlari doktori N.A.Muslimov fikricha, “Mustaqil ta’lim (avtodidaktika) –
bilimlarni o‘zlashtirish, tasavvurlarini rivojlantirish, tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni
hosil qilish bo‘yicha o‘quv jarayonining subyektiv maqsadiga muvofiq muntazam, mustaqil
hamda avtonom faoliyatni tashkil etish demakdir
4
”.
Mustaqil ta’lim klassik antik davrdayoq mavjud bo‘lib, Sokrat, Aflotun va Aristotel kabi
yunon faylasuflari hayotida muhim o‘rin tutgan. Sokrat tomonidan faol qo‘llanilgan “evristik
suhbat” usuli o‘zini-o‘zi bilishni targ‘ib qilish vositasi, shaxsning tanqidiy fikrlash va kognitiv
faoliyatini rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.O‘rta asrlarga kelib, mustaqil ta’lim olish,
ya’ni o‘z-o‘ziga ta’lim berishning diniy turi ustunlik qilgan va u ilohiy haqiqatlarni odamlarga
tushuntirishni maqsad qilib olgan bo‘lib, diniy matnlarni mexanik yod olishdan iborat
bo‘lgan. Ushbu davrda mustaqil ta’lim olish mashg‘ulotlarining paydo bo‘lishiga yordam
beruvchi kitob manbalari mavjud edi.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, XIV-XVI asrlarni o‘z ichiga olgan uyg‘onish davri umumiy
ta’lim olish g‘oyasini amalga oshirishning boshlanishi edi, jamiyatda ta’limning yuqori
mavqei shakllandi. Bu esa o‘z navbatida o‘z-o‘zini tarbiyalash, mustaqil ta’lim olish
faoliyatining rivojiga ta’sir qilmay qo‘ymasdi. Pedagogik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
XVI-XVIII asrlarda epistemiologiya – bilish nazariyasining jadal rivojlanishi o‘z navbatida
mustaqil ta’lim olish va o‘z-o‘zini tarbiyalash faoliyatini takomillashtirish va keng ommaga
yoyilishiga asos bo‘ldi. Mustaqil ta’lim haqidagi g‘oyalar Yevropa pedagogikasida ham uzoq
vaqtdan beri mavjud. Yan Amos Komenskiy: “Bizning didaktikamizning birinchi va asosiy
maqsadi o‘qituvchilarga kamroq o‘qitishga imkon beradigan va shu bilan birgalikda
1
Sh.М.Мirziyoyev
2019-yil
24-maykuniO‘zbekiston
Мilliyuniversitetidaoliyta’limvailmiy-
tadqiqotmuassasalarirahbarlaribilanbo‘lganuchrashuvidan. https://www.president.uz
2
Е.Д. Миронова Современные информационные технологии как средство повышения эффективности обучения //
Инновационное образование и экономика. 2015. Т. 1. № 19 (19).
3
Сластенин В.А. О моделировании образовательных технологий. // Наука и школа. -2000.-№4.
4
N.A.Muslimov. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirish. Monografiya. Toshkent. 2004. O‘zFA “FAN”.
214
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
talabalarga esa ko‘proq o‘qishlari va bu o‘z navbatida kamroq shovqin, tushkunlik va
umidsizlikka, ko‘proq erkinlik, zavqlanish va haqiqiy taraqqiyotga olib keladigan o‘qitish
usullarini o‘rganishdir” deganda, aynan mustaqil ta’lim haqida so‘z yuritgan.
XIX asrning o‘ttizinchi yillarida umumta’lim maktablari, texnik maktablar va oliy o‘quv
yurtlarining rivojlanib borishi munosabati bilan o‘z-o‘zini o‘qitish ta’lim muassasalarida
olingan bilimlarni mustaqil ravishda chuqurlashtirish va kengaytirishning asosiy yo‘liga
aylandi.
Bugungi kunga kelib, mustaqil ta’lim olish Boloniya deklaratsiyasining asosiy
g‘oyalaridan biri bo‘lgan “Hayot davomida ta’lim olish” paradigmasi nuqtayi nazaridan ko‘rib
chiqilmoqda. Bunda ta’limni rejalashtirish, tashkil etish, tartibga solish va amalga oshirishda
faqat insonning o‘zi qatnashadi va ta’lim jarayoni o‘z-o‘ziga ta’lim, ya’ni mustaqil ta’lim
jarayoniga aylananishi ta’kidlangan.Mustaqil ravishda bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirish, ta’lim oluvchilarning kognitiv faoliyatini rag‘batlantirish XX asr
pedagogikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Mazkur davrda mustaqil ta’lim
olish fenomeni kasbiy rivojlanishning turli shakllarini birlashtiruvchi murakkab jarayon
sifatida namoyon bo‘ladi.
M.I.Koldina ta’kidlaganidek, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish murakkab va
ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unga quyidagi elementlar kiradi:
- bo‘lajak mutaxassisning kasbiy pozitsiyasini shakllantirish;
- motivatsiyasini shakllantirish;
- o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirish jarayoniga bevosita kiritish;
- talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish tajribasi bilan uyg‘unlashtirish
1
.
Hozirda oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning ko‘plab
usullari mavjud bo‘lib, eng so‘nggi innovatsion metodlardan biri sifatida ta’limning
texnologik rivojlanishi tufayli elektron media muhit sharoitida talabalar mustaqil ta’limini
tashkil etish usuli keng ommalashib bormoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan talabalarning mustaqil ta’lim jarayonining
mazkur zamonaviy usuli bo‘lg‘usi mutaxassislarni nafaqat sohaga doir qo‘shimcha
ma’lumotlar bilan tanishtirish, balki ularning intellektual qobilyatlarini rivojlantirish,
materiallarni chuqur tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tanqidiy va ijodkorona yondashuv asosida
to‘plangan ma’lumotlarni har tomonlama qayta ishlashga yo‘naltirishni nazarda tutadi.
Shunday ekan, elektron media muhitda, ya’ni mediaresurslar vositasida talabalarning
mustaqil ta’limini tashkil etish shiddat bilan rivojlanib va o‘zgarib borayotgan interaktiv –
axborot makonida talabalarni mustaqil ishlash va ta’lim olishga o‘rgatish birinchi darajaga
chiqadi va bu esa o‘z navbatida axborot oqimidan kerakli ma’lumotlarni samarali izlash,
qayta ishlash, yangi interaktiv o‘quv materiallari hamda media ta’lim resurslarini yaratish va
taqdim etish qobiliyatiga ega yuqori malakali mutaxassisni shakllantirishga yordam beradi.
Shu o‘rinda aytish joizki, AKT sohasi ta’limi amaliyotida mutaxassislik fanlarini o‘qitishda
interaktiv o‘quv materiallaridan foydalanish talabalarning mustaqilligi, ijodkorligi, fanga
qiziquvchanligi, yangiliklarga intiluvchanligini shakllantirishga yordam beradi
2
. Bugungi
1
М.И. Колдина Исследовательская технология обучения в дистанционном образовании/ Материалы научно-практической
конференции, Нижневартовск, 2015.
2
F.A.Umarova, Z.A.Umarova, Sh.N.Muslimov “Ta’lim tizimida Smart – auditoriyadan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlari
samaradorligini oshirish”/ “Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Ilmiy Axborotlari” ilmiy -nazariy jurnali, №3(19) 2019.
215
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
axborot ta’lim muhitida mediaresurslar darsdan tashqari mustaqil ta’lim sharoitida ham,
shuningdek, auditoriyada dars mashg‘ulotlarida ham, ta’lim ishtirokchilari uchun eng
maqbul vosita hisoblanadi. Mazkur fikrlarning isbotini xorijiy ta’lim amaliyotida
qo‘llanilayotgan “Blended learning” va “Flipped classroom” kabi ta’lim shakllarini tashkil
etishda ta’limiy mediaresurslar va turli tuman interaktiv o‘quv materiallaridan foydalanilishi
bevosita tasdiqlaydi.
Mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda bo‘lg‘usi
pedagoglarda yaratuvchanlik, ijodiy yondashuv, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari
shakllanadi. Shu nuqtayi nazardan, O.A.Baranov va S.N.Penzin ta’kidlaganidek,
kinematografiya, televideniye ko‘rsatuvlari, videoyozuvlar, bir so‘z bilan aytganda,
mediaresurlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri pedagogik jarayonda an’anaviy o‘qitish usullari va darsdan
tashqari mashg‘ulotlar bilan maqbul kombinatsiyalashgan holda keng qo‘llash o‘qitish
jarayonining samaradorligini oshirishi, talabalarning bilim olish faolligi va mustaqilligini
rivojlantirishi, ularning estetik madaniyatini oshirish va kasbiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishi
mumkin
1
.
Mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish konsepsiyasining
asosiy mazmuni shundan iboratki, ta’lim olish faoliyati bevosita aloqa jarayonida ro‘y beradi,
aloqa nafaqat so‘zlardan, balki tasvirlardan, multimediyadan ham iborat, aloqa nafaqat
mutaxassislar, balki talabalar tomonidan yaratilgan turli xil dinamik va o‘zaro bog‘liq
mediaresurslar orqali hosil qilinadi.
Mediaresurslar vositasida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish konsepsiyasi o‘qitish
amaliyoti uchun keng imkoniyatlarni ochadi: har bir ta’lim oluvchi uchun moslashuvchan
ta’lim olish tempi, axborot qabul qilish kanallariga mos o‘quv maqsadlari uchun media
kontentdan foydalanish, ta’lim jarayoniga tanqidiy va kompetensiyaviy yondashuv, bir so‘z
bilan aytganda, ta’limni individuallashtirish va ta’limni tashkil etish jarayonida ta’lim
oluvchilarning faol ishtirokini ta’minlashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |