TA’LIMDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
Umarova F.A. – Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rоli haqida tushuntirishdan sо‘ng, qanday qilib axborot jamiyatiga kirish
va axborot texnologiyalaridan foydalanish bо‘yicha munozaralar keltirilgan.
Kalit sо‘zlar:
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari,multimedia, shaxsiy
kompyuter, kompyuter grafik dasturlari, telekommunikatsiya texnologiyalari, virtual
stendlar.
ИНФОРМАЦИОННО –КОММУНИКАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ
Умарова Ф.А. – базовый докторант Ташкентского государственного
педагогического университета
Аннотация.
В этой статье, после объяснения роли современных информационных
и коммуникационных технологий в системе образования, обсуждается, как войти в
информационное общество и использовать информационные технологии.
Ключевые слова:
современные информационные и коммуникационные
технологии, мультимедиа, персональный компьютер, программы компьютерной
графики, телекоммуникационные технологии, виртуальные стенды.
INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN EDUCATION
Umarova F.A. – basic doctoral student of Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
This article, after explaining the role of modern information and
communication technologies in the education system, discusses how to enter the
information society and use information technology.
Key words
: modern information and communication technologies, multimedia,
personal computer, computer graphics programs, telecommunication technologies, virtual
stands.
Mamlakatimizning bugungi kuni va kelajak istiqboli yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli
yoshlarimiz qо‘lidadir. О‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish,
kelajakda mutaxassislar yangi avlodining yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik,
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qonuniyatlarini shakllantirishga
128
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
yо‘naltirilgan.
1
Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir
etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Hozirgi davrda ta’limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi, mana shu
sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Bir misol,
shaxsiy kompyuter ta’limning imkoniyatlarini butunlay о‘zgartirib yubordi. Internet,
leptoplar ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bо‘yicha yanada
kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. О‘zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta’lim tizimini
isloh qilish birinchi navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning
tatbiq etish bilan bog‘liq.
Ma’lumki axborot almashinuvida insonning kо‘rish sezgi organi yordamida qabul
qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi.
Jumladan, tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi.
Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bо‘lib, uni qabul qilib
olish va miyada qayta ishlashda kо‘proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan
kelib chiqqan holda axborotning ma’lum bir qismi yо‘qotilib xotirada saqlanadi.
Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning kо‘rish va eshitish sezgi organlariga
qaratilgan bо‘ladi. Ya’ni oddiy qilib aytganda, axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng
foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat.
Bugungi kunda juda kо‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bо‘lib, ularni qaysi
sohada qo‘llanilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari о‘z faoliyatlari
uchun qulay bо‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham
ma’lum bir sohaga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda, avvalombor,
uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qо‘llashdan
oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni о‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham
grafik dasturlar murakkablashib boradi.
Grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni vaqtda ham sodda, ham murakkab
topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, u bevosita aniq fanlar bilan ham
chambarchas bog‘liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va
talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali о‘rin tutadi.
Axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatning ajralmas qismi bо‘lib, ayniqsa ta’limda
о‘z о‘rnini topdi. Ushbu texnologiyalardan foydalanmasdan mehnat bozorida, talab yuqori
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mumkin emas.
Telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasida eng istiqbolli axborot
texnologiyalari hisoblanadi, ularning uchta asosiy qismlari mavjud bо‘lib, ular - kompyuter,
modem va tarmoqlardir. Axborotni taqdim etish elektron darsliklar, slayd-filmlar, elektron
dastur-uslubiy majmualar, elektron ma’lumotnomalar va taqdimotlar shaklida amalga
oshirilishi mumkin.Shunday qilib, Multimedia tizimlarining texnik imkoniyatlari
kompyuterning ekranidagi har qanday audiovizual ma’lumotni integratsiyalashgan tarzda
taqdim etish imkonini beradi, bu tizim foydalanuvchi bilan interaktiv muloqot orqali amalga
oshiriladi.
Multimedia texnologiyasini о‘quv jarayonida qо‘llashning pedagogik maqsadi intensiv
shakllar va о‘qitish usullarini joriy etish, audiovizual axborotni qayta ishlashning zamonaviy
vositalaridan foydalanish, uning idrok darajasini oshirish, mustaqil axborotni qayta
1
A.A.Abduqodirov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. – T., 2002.
129
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
ishlashning turli shakllarini amalga oshirish kо‘nikmalarini rivojlantirish orqali о‘qitishning
motivatsion qismini kengaytirish imkoniyati bilan belgilanadi. Multimedia texnologiyalari
bilimga qiziqishning shakllanishiga hissa qо‘shishi mumkin, bu о‘z navbatida о‘quv
jarayonida о‘quvchilarning e’tiborini faollashtirishga va ularning e’tiborini tortishiga ta’sir
kо‘rsatishi mumkin.
Multimedia memorandum jarayonini osonlashtiradi, sizga materialning taqdimotini
yanada qiziqarli qilish imkonini beradi, virtual haqiqat tasavvurini yaratadi.
Demak, ta’lim jarayonida virtual stendlardan samarali foydalanish ta’lim sifatini
oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zaxiralarini tejashga imkon beradi hamda xavfsiz,
ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual stendlar joriy etilishi ta’lim, ishlab chiqarish, boshqa
davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi.
Shunday qilib, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi
quyidagilarga olib keladi:
– ta’lim jarayonini, о‘quvchi-talabalarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini,
yangi materialni о‘zlashtirish sur’atini, qiziqish va mayllarini hisobga olib kо‘proq individual
ravishda yordam berish;
–о‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatlarini kuchaytirish, ularning о‘z-о‘zini
takomillashtirish, ta’lim va kasbga qiziqishlari hamda intilishlarini qо‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish;
– ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, borliq hodisalarini kompleks
о‘rganish;
– ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, omilkorligi, tashkil topish shakllari va usullarini
takomillashtirish hisobiga uni doimiy va dinamik yangilash;
– barcha ta’lim muassasalarida о‘qitishning muammoli va kompyuter vositalaridan
hamda virtual stendlardan ham foydalanish;
– ta’lim jarayonining texnologik bazasini hozirgi zamon texnik vositalarini joriy etish
yо‘li bilan takomillashtirish.
Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni tо‘plangan bilimlarni yetkazish, ularni
tо‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog‘lashga imkon
beradi. Bugungi kunda fan—bu ta’lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir.
Bu har doim ham bо‘lmagan, ilg‘or axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini
о‘zgartirdi.
Multimedia va Internet texnologiyalarining paydo bо‘lishi axborot texnologiyalarining
ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yо‘l
ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb
tanlashi va kasbiy jihatdan о‘z-о‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini о‘stirishda tutayotgan
о‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bо‘lmaydi. Ta’lim jarayonida axborot
texnologiyalari vositasida о‘qituvchi va о‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi,
xususan:
axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qо‘llashni bilib oladilar;
bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
mustaqil ishlashning rоli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy
qobiliyatlarini о‘stirishga yordam beradi.
130
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan
rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli
ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikaviy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar
о‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari о‘z didaktik sifatlariga kо‘ra hali ham
qoniqarsiz darajada ekanligini kо‘rsatadi. Buning sababi shundaki, kompyuterning
imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti.
Jamiyatning bilimlari va texnologik taraqqiyoti ortib borishi bilan bizning mamlakatimiz ilm-
fan va texnologiya taraqqiyotida hamqadam bо‘lishga yordam beradigan bilimlarni talab
qiladi. Yigirma birinchi asrda ta’lim - bu barcha о‘zgarishlar va rivojlanishlar markazidir.
Bugungi kunda bilim va ma’lumot samaradorlik, raqobat, boylik va qulaylikni olishning asosiy
kalitidir. Shunday qilib, mamlakatlar sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini oshirishga e’tibor
qaratmoqdalar. Ta’limdagi texnologiyalar bо‘yicha xalqaro jamiyat (ISTE) bugungi
о‘qituvchilar talabalarga texnologiyaga asoslangan о‘quv imkoniyatlarini taqdim etishga
tayyorlanishlari kerakligini ta’kidlamoqda. Aslida, о‘quvchilarni о‘qitish sifatini oshirish
uchun texnologiyani qо‘llashga tayyorgarlik va texnologiyadan xabardor bо‘lish
о‘qituvchining asosiy kо‘nikmalaridan biri bо‘lishi kerak. Dunyoning aksariyat mintaqalarida
1990-yildan beri AT (axborot texnologiyalari) ni oliy ta’limda qо‘llash eng samarali oldinga
siljish bо‘ldi. Ta’lim bir asrdan kо‘proq vaqt davomida ta’lim tizimining turli jarayonlarini
kengaytirish va rivojlantirish texnologiyasidan foydalanganligini hisobga olsak, yangi
texnologiyalarning kelishi bilimlarni taqdim etishning turli usullari bilan bilim olishga
qiziqishni oshirganligi ajablanarli emas.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlar universitetlarida texnologik bazaviy ta’lim mavjud.
Onlayn о‘qitish va masofadan turib о‘qitish yangi asrning yangi ta’lim shakllari qatoriga
kiradi. Shuningdek, axborot texnologiyalari kasbiy rivojlanayotgan о‘qituvchilar uchun
samarali va moslashuvchan usullarni ta’minlaydigan dalillar mavjud.
1
Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, bugungi dunyoda ta’lim zamonaviy talablarga javob
beradigan va undan tо‘g‘ri foydalanish uchun zamonaviy, mо‘tadil va sodda
texnologiyalarrni amalga oshirish ta’lim samaradorligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bular:
1. Ta’lim dasturlari orqali insonning axborot manbalarini kengaytirish va ta’limda ish
kuchi samaradorligini oshirish kо‘nikmalarini rivojlantirish.
2. Ijodkorlik bilan birga ta’limni yaxshilash uchun о‘quv yurtining samaradorligini
oshirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish.
3. ATni qо‘llab-quvvatlash, masalan, tadqiqotlar va ta’limni kengaytirish bilan bog‘liq
xarajatlarni qо‘llab-quvvatlash.
4. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’limda munosib muhit va ishtirok
etishni shakllantirish.
5. Yuqorida sanab о‘tilgan vositalardan foydalanish sohasida turli qismlar о‘rtasida
hamkorlik va muvofiqlashtirishni о‘rnatish.
6. Ta’limda uni iste’mol qilishni ta’minlash va rag‘batlantirish orqali axborot
texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish. Axborot texnologiyalarining turlarini
baholashda ta’lim ehtiyojlari, ilmiy samaradorlik xususiyatlari, iqtisodiyot va bu borada
mavjud bо‘lgan qobiliyatlar kabi masalalarni hisobga olishi kerak.
1
Farideh Hamidia1, Maryam Meshkat b, Maryam Rezaee c , Mehdi Jafari d Information Technology in Education 1877-0509 c
⃝
2010
Published by Elsevier Ltd. ProcediaComputerScience 3 (2011) 369–373
131
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Do'stlaringiz bilan baham: |