Ключевые слова:
ключевые компетенции, инновации, компетентностный
подход, навыки, инвестиции, этические требования.
IMPLEMENT A COMPETENCY-BASED APPROACH TO THE DEVELOPMENT OF BASIC
COMPETENCES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS.
Urazimbetova А. – basic doctarant student of Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
This article focuses on the implementation of a competence-based
approach to the formation of basic competencies in primary school students, and explains
how identifying and selecting key competencies is determined by the main consumers of
learning outcomes and what skills and attributes are valued in this society at present.
132
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
However, the logic of a competent approach is that actualizing these or other competencies
at each new stage of society's development. The basic competences offered in the context
of an educational institution are shaped by the whole lifestyle, the spirit of the learning
environment, the content of the curriculum and the personal impact of the teaching staff.
The main competences are the methodological functions.
Keywords:
key competencies, innovation, competence approach, skills, investment,
ethical requirements.
Bugungi kunda jahonda taʼlimni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan barcha ishlar
kelajakka qo‘yilgan investitsiya deb baholanmoqda. Jamiyatda ijtimoiy-lingvistik
strategiyalarning samaradorligini oshirish mexanizmlarini joriy etish barcha insonlar uchun
bilim olish, kasb o‘rganish, mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shish orqali qulay sharoitda
yashash imkoniyatlarini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, o‘rta taʼlim
muassasalari, xususan, boshlang‘ich taʼlim o‘quvchilari taʼlimi tuzilmasi va mazmunini
tubdan yaxshilash ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tayanch
kompetensiyalarni shakllantirish masalasi hozirgi uslubiy adabiyotlarda til, lug‘at boyligi va
nutq madaniyati haqida bilimlarga turlicha yondashuvlar asosida hal qilinadi.
Rasmiy hujjatlarda yangi atamadan foydalanish misollari mavjud, masalan, «Umumiy
taʼlim
mazmunini
modernizatsiyalash
strategiyasi»
quyidagilar
ifodalangan:
«o‘quvchilarning intellektual, huquqiy, axborot va boshqa sohalardagi asosiy
kompetensiyalari majmui to‘g‘risida gap bormoqda»
1
. Kompetensiyalarga yo‘nalganlik,
shuningdek, asosiy mezonlari bilim, ko‘nikma, malakalar (BKM) bo‘lgan eski taʼlim
paradigmasidan ajratishni, bunda BKMlarni taʼlim jarayonining zarur elementlaridan biri
sifatida saqlash bilan taʼminlaydi.
Bildirilgan fikrlarni taqqoslash va ularni prinsipial holatlar bo‘yicha umumlashtirish
asosida kompetensiyalar va kompetentlikni aniqlashga va ular o‘rtasidagi mazmunli
aloqalarni o‘rnatishga uch nuqtayi nazarni ajratish mumkin.
Birinchi nuqtayi nazar uchun quyidagicha fikr xos: kompetensiya shaxssiz, bu meʼyor,
talablar, sifatlar to‘plami, mutaxassisning o‘ziga xos malakaviy tavsifi. Uning vazifasi inson,
mutaxassis, o‘quvchi maʼlum sharoitlarda va maʼlum joyda nima qilishni bilishi kerakligini
aniqlashtirishdan iborat. Unga yechiladigan muammolarning yoki bajariladigan ish
turlarining murakkabligini ifodalovchi mos darajalar, toifalar tayinlanishi mumkin.
Kompetentlik mazkur holatda o‘rganilayotgan kompetensiyaga ega bo‘lgan insonning
mavjud sifati tariqasida u xususiy mahalliy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, biror-bir kasbiy
faoliyat uchun bir necha kompetensiyalarni egallash to‘g‘risida gap borsa, unda
kompetentlik integrativ sifat kabi xizmat qiladi va kasbiy kompetentlik deb ataladi.
Ikkinchi nuqtayi nazar «kompetensiya» tushunchasini kengaytiradi va uning doirasiga
insonning o‘zlashtirgan funksiyalariga yakuniy talablarni, balki unda shakllanadigan psixik,
fiziologik, aksiologik, ijtimoiy, faoliyatli tuzilmalarni ham qamrab oladi. Faqat shundan
keyingina kompetensiyalar kompetentlik mavqeyiga ega bo‘ladi, chunki ularning obyektiv
1
Степанов Е. Н. Педагогу о современных подходах и концепцияхвоспитания / Е. Н. Степанов, Л. М. Лузина. - М. : ТЦ Сфера,
2005. -160 с.
133
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
mazmuni shaxsiy sifatlarning subyektiv obraziga aylanadi. Ikkinchi nuqtayi nazarning
birinchisidan farqi «kompetentlik» tushunchasini kengroq talqin etishdangina iborat.
Uchinchi nuqtayi nazarga ko‘ra, kompetensiyalar to‘g‘risida faqatgina ularni xususiy
masalalar va vazifalarni yechishga tayyorlik va qobiliyatlilik bilan bog‘liqligi to‘g‘risida aytish
mumkin, kompetentlik esa insonning muayyan sohadagi qator kompetensiyalarni
egallaganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi kompleks tavsif sifatida qaraladi. Xususiy va
mahalliy kompetentliklar tushunchasi mazkur holatda maʼnosini yo‘qotadi.
Keyingi o‘rganishlarda ikkinchi nuqtayi nazarga tayanamiz. Unga ko‘ra
«o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirish» so‘z birikmasi nafaqat o‘rinli, balki
maktab taʼlimiy faoliyatining mazmunini ham tashkil etadi.
Tanlangan nuqtayi nazar taniqli pedagog А.V.Xutorskiyning fikri bilan aloqador bo‘lib,
u kompetentlikni insonning mos kompetensiyaga egaligi, maktab taʼlimining maqsadi esa
ierarxik tuzilishga ega bo‘lgan kompetensiyalarning shakllanishi va rivojlanishi hisoblaydi
1
.
«Kompetensiya» atamasiga aniq maʼnoli mazmun berishga ko‘pgina urinishlar mavjud.
Bu boradagi muvaffaqiyatli va kamroq muvaffaqiyatli fikrlar tahlili bizni bahslarning davom
etishi zaruratiga ishonch hosil qilishimizga va o‘z variantimizni taklif etishimizga undadi.
Kompetensiyani muayyan sinf muhiti obyektlari va jarayonlarida maʼlum mahsulotni
olish bilan subyektning xabardorligi, ko‘nikmalari, mazmunli yo‘nalganlik, moslashuv
imkoniyatlari, faoliyat tajribasi va usullarining tizimli majmui sifatida taʼriflaymiz.
Kompetensiya umumiy holatda jarayon sifati va uning natijalariga muayyan faoliyatli
bosqichning mazmunli qismi doirasidagi maʼlum meʼyor, talablar majmui sifatida
tushuniladi. U shaxssiz va ko‘p omilli. Bir tomondan, u bajarilgan ishning sifati belgilanadigan
omillarning muayyan majmuini ifodalaydi, boshqa tomondan esa – har bir omil uchun
miqdoriy shkalani belgilashi mumkin.
Kompetentlik maʼlum insonning maʼlum kompetensiyani egallashi darajasini
ifodalaydi. Kompetentlik ostida mos kompetensiyalarning mavjudligi va faol holatini
tushunamiz, ularga ko‘ra inson maʼlum muammolarni amaliy hal etadi va buni kelajakda
amalga oshira oladi.
Kompetensiyalar va kompetentlik taʼlimiy ifodalarini taʼriflash bir qancha
murakkabroqdir. Аyrim mualliflardan farqli ravishda biz mazkur tavsiflarni faqatgina
insonning taʼlim muassasasidagi davriga bog‘lamagan bo‘lar edik. Uzluksiz taʼlim g‘oyasi
madaniy meʼyor shakliga ega bo‘lgan va yangi taʼlim paradigmasining asosini tashkil etgan
sharoitlarda, o‘quv jarayoni muayyan muassasalar, qatʼiy muddatli chegaralar va aniq
ajratilgan o‘quv davrlari doirasidan tashqariga chiqadi. Ochiq taʼlim modeli umumtaʼlim
o‘quv muassasalariga kirib kelmoqda, uning birinchi belgisi mazkur taʼlim bosqichidagi
qonuniy eksternat hisoblanadi. Keltirilgan fikrlarning oqibati sifatida taʼlimiy kompetensiya
yuqorida umumilmiy «kompetensiya» tushunchasiga ayrim umumiy tushunchalarni ochib
berishda berilgan ifodasi bilan belgilanadi.
Natijada quyidagi taʼrifga ega bo‘lamiz: taʼlimiy kompetensiya – o‘quvchining taʼlim
sohalari va o‘quv fanlari tarkibiga kiritilgan namunaviy obyektlar va jarayonlar muhitida
maʼlum mahsulotni olish bilan V.P.Bespalko shaxsiy asosiy xususiyatlariga quyidagilarni
1
Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида тафаккурни ривожлантирувчи ўқув
топшириқлари ва улардан фойдаланиш методикаси. Пед.ф.н.диссертaция. –Т.:2000. 128 б.
134
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
kiritgan: ijtimoiy, ekzistensial (tajriba), psixik (intellektual), biologik (irsiy)
1
. Minimallik talabi
ixtiyoriy maktab va ixtiyoriy o‘quvchi uchun taʼlim jarayonini amalga oshira olishni
taʼminlaydi. Shu bilan birga, mazkur talab sharoitlar mavjud bo‘lgan joyda (qobiliyatli
o‘quvchilar va mahoratli o‘qituvchilar) ixtiyoriy yuqori yutuqlarga yo‘lni to‘sib qo‘ymaydi.
V.P.Bespalko shaxsning asosiy xususiyatlariga qisqa (annotatsiyali) taʼrifni va ularni shaxs
sifatlari tushunchasi orqali talqinini keltiradi. Shaxsning ijtimoiy xususiyatlari strukturasiga
insonning dunyoqarashi, axloqi, estetik va mehnat sifatlari kabi sifatlar kiradi. Аynan
shaxsning ijtimoiy xususiyatlari bilan insonning insonlar orasidagi, tabiatdagi eng umumiy
xulqi, uning u yerdagi sodir bo‘layotgan jarayonlarga munosabati va ulardagi ishtiroki
darajasi belgilanadi. Shaxsning ekzistensial xususiyatlari bilan insonning hayotga tayyorligi
darajasi, uning insonlar jamiyatiga foydasi, rivojlanayotgan ijtimoiy-ishlab chiqarish
jarayonlaridagi uning o‘rni va qadr-qimmati darajasi belgilanadi. Bu sifatlar bilan ko‘p
jihatdan insonning farovonligi va uning hayotdagi muvaffaqiyati bilan belgilanadi. Shaxsning
ekzistentsial xususiyatlari tuzilishiga uning egallangan faol tajribasi, mahorati, onglilik, shaxs
madaniyati, uning kundalik odatlari – ijtimoiy tan olishda insondagi qadrlanadigan va
ommaviy taqdirlanadigan kabi sifatlari kiradi. Ijtimoiy hamda ekzistensial xususiyatlar shaxs
tomonidan faqatgina tashkil etilgan o‘qish va insonlar bilan barcha mumkin bo‘lgan aloqalar
natijasida egallanadi. Ular sharoitlar va taʼlimga ko‘ra hayot davomida o‘zgarishi mumkin.
Bizning taklifimizda, avvalo, aniq va tushunarli metodologik asosni (Olam va inson:
alohida va birgalikda) ajratdik va o‘zi hamda atrofdagi voqelik bilan uyg‘unlikka qobiliyatlilik
inson va jamiyatga o‘zaro qoniqishni keltiruvchi samarali ijtimoiy mavjudlikning garovi
hisoblanadi. Shuning uchun bundan so‘ng biz tomonimizdan ishlab chiqilgan asosiy taʼlimiy
kompetensiyalarga tayanamiz.
Аsosiy kompetensiyalarni aniqlash va tanlash taʼlim natijalarining asosiy isteʼmolchilari
bilan belgilanadi va hozirgi vaqtda mazkur jamiyatda qaysi qobiliyatlar va sifatlar qadrli
hisoblanishiga bog‘liq. Аmmo kompetentli yondashuv mantiqida jamiyat rivojining har bir
yangi bosqichida u yoki bu kompetensiyalarni aktuallashtirish to‘g‘risida gap boradi. Taʼlim
muassasasi sharoitlarida taklif etilgan asosiy kompetensiyalar butun hayot tarzi, uning taʼlim
muhiti ruhi, o‘quv dasturlarining mazmuni va o‘qituvchilar tarkibining shaxsiy taʼsiri bilan
shakllanadi. Аsosiy kompetensiyalar metodologik funksiyani bajaradi. Mazkur fanga oid
talablarning keyingi batafsil tushuntirishlari umumfan va fanga oid kompetensiyalarda
amalga oshiriladi va ular alohida fanlar yoki fanlararo sikllarning o‘quv dasturlarini
qurishning maʼlum metodik bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ko‘pchilik tadqiqotchilar kabi taʼlim muhitini kengroq maʼnoda taʼlim tizimlari,
ularning elementlari, taʼlim materiali va taʼlim jarayonlari subyektlarining o‘zaro aloqasi
sohasi sifatida tushunish mumkin deb hisoblaymiz.
Tadqiqot ishimizda taʼlim sifatini boshqarishda innovatsion o‘zgarishlar muvaffaqiyatli
strategiyalarini loyihalash faqatgina muayyan ijtimoiy-madaniy muhit: hudud, shahar,
qishloq, tumanning taʼlim muhitining o‘ziga xos xususiyatlarining batafsil tahlilidan so‘ng
mumkinligi to‘g‘risidagi xulosaga keldik.
1
Беспалько, В. П. Образование и обучение с участием компьютеров. / В. П. Беспалько. - М. : изд-во Москов. псих.-социал.
института; - Воронеж : изд-во НПО «МОДЭК», 2002. - 352 с.
135
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Taʼlim muhiti xususiyatlari tahlilining zarurati hozirgi vaqtda milliy taʼlimiy muhitda
ahamiyatli o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi, barqarorlikning ustun xususiyati noaniqlik
xususiyatiga almashganligiga asoslanadi.
Taʼlim muhitining noaniqligiga boshqa o‘zaro bog‘liq muhitlardagi rivojlanish omillari
taʼsir ko‘rsatadi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va boshqalar. O‘zbekiston taʼlim
muhiti noaniqligining taʼsir etuvchi omili taʼlim sifatida va darajasiga o‘zgaruvchan ijtimoiy
va davlat ehtiyojlari hamda taʼlim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalashning uzoq
muddatli jarayoni hisoblanadi. Xulosа qilib aytganda, asosiy kompetensiyalarning ko‘rib
chiqilgan oltita majmui bir jihati bilan bir-birini eslatadi, boshqasi bilan esa ular farqlanadi.
Pedagogika sohasidagi mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan taklif etilgan asosiy
kompetensiyalar majmui tahlili, maktab taʼlimiga zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy talablar
mazmunida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy kompetensiyalari mualliflik to‘plamini
ishlab chiqishga undadi. Аsosiy kompetensiyalarni tanlashning nazariy asosi bo‘lib, pedagog
olimlar va psixolog olimlarning inson tabiati, uning subyektli vazifasi va mohiyatli
xususiyatlari masalalaridagi tadqiqotlari, shuningdek, taʼlimda kompetentli yondashuvning
konseptual qoidalari xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |