TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
taʼlimi davlat taʼlim standartida adabiyot fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari quyidagicha
belgilab berildi. Jumladan, milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘qitish
orqali o‘quvchilarning maʼnaviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda
ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va
rivojlantirish, o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam
va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish orqali o‘quvchilarning maʼnaviyatini,
dunyoqarashini
kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.
1
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
taʼlimi muassasalarida adabiyot fanini o‘qitishning asosiy vazifasi etib esa o‘quvchilarning
og‘zaki nutqi adabiy til meʼyorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini taʼminlash, nutqiy
kompetensiyani o‘stirish, yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til meʼyorlariga rioya
etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish
hamda adabiyot fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
Аdabiyot fanida o‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar bu adabiy-nutqiy
kompetensiyalar, yaʼni
tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma
bayon qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish adabiyot fani o‘qituvchisining asosiy vazifasi
bo‘lishi shart va zarur. O‘quvchi umumtaʼlim maktabini tamomlagandan so‘ng, ijtimoiy
vaziyatning har qanday holatida o‘z fikrini omma, jamoa oldida, o‘z suhbatdoshiga bemalol
fikrini aytib, suhbatdoshiga taʼsir o‘tkaza olish imkoniyati bo‘lsagina, o‘ziga va suhbatdoshiga
nisbatan ishonch paydo qilishi mumkin. O‘quvchida og‘zaki nutqni shakllantirishda adabiyot
fanining naqadar o‘rni katta va beqiyos. Аdabiyot darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqi
shakllanib boraveradi. Chunki adabiyot nafis nutq sanʼat turlaridan biri hisoblanadi.
O‘quvchiga so‘z orqali taʼsir namoyondasi uni adabiy nutqiy kompetensiyasi, layoqatini
yuzaga chiqarish orqali vujudga keladi. So‘z bilan og‘zaki taʼsir o‘tkazish o‘qituvchining
madaniy saviyasida o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insonning aql-
zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri maʼlum darajada so‘zda ifoda
etiladi. So‘z bilan og‘zaki taʼsir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llovchi
o‘qituvchi o‘z hissiyotlarini, ijodiy taʼsirlanishni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Hozirgi davrda o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ munosabatlarda so‘z bilan
og‘zaki taʼsir etish nihoyatda xilma-xil bo‘lib, bevosita pedagogik taʼsir ko‘rsatishning
nisbatan mustaqil ko‘rinishini o‘zida mujassamlashtiradi.
8-sinflarda adabiyot darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, ularda adabiy-
nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun yangi pedagogik texnologiya usullaridan
foydalangan holda darsni tashkil etish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa o‘qituvchi bir necha
yangicha taʼlim usullarini bilishi kerak. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida, ayniqsa,
o‘quvchilarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy
asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish, sheʼrni yod oldirish
o‘qituvchidan katta mahorat va masʼuliyat talab qiladi. Аsar mazmuni qanchalik yorqin
ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqi o‘quvchilarga mazmunli yetkazilsa, u
o‘quvchini
hayajonlantiradi, asar qahramonlari bilan bo‘ladigan voqealarning uzoq esda
saqlanishiga, o‘quvchi nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy taʼsir
1
Qunduzxon Husanboyeva, Roza Niyozmetova. Аdabiyot o‘qitish metodikasi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim
vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan. Tosh.-2018 y)
78
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
ko‘rsatadi. Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar o‘quvchining nutq normalarini
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati
rivojlanishiga, og‘zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga taʼsir etadi.
1
“Fikriy hujum” metodi o‘quvchining mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini taʼminlash,
ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish,
muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal
etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rgatish uchun
xizmat qiladi. Bu uslubning asosiy tamoyili erkin muloqot-munozara jarayonida berilgan
mavzu asosida yangi novatorlik fikrlar g‘oyalar to‘planadi. Аytilgan g‘oya, fikrlar muhokama
ham, tanqid ham qilinmaydi. Munozara erkin va o‘zaro samimiy munosabat holatida
o‘tkaziladi. To‘plangan g‘oya, fikrlar asosida mavzu bo‘yicha umumiy fikr shakllantiriladi.
Аytilgan g‘oya, fikrlarning sifati va ular asosida tuzilgan umumiy g‘oya,
fikrlarning qay
darajada muhimligi, muammo yoki mavzu bilan tanish bo‘lgan mutaxassis tomonidan
baholanadi.
8-sinf adabiyot darsligida Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy
fojeasini olaylik. Аsar drama janrida bo‘lib, yozuvchi asarda o‘z yurtining ozodligi va
mustaqilligi uchun mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Xorazm shohining jangovar
jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirladi. O‘quvchi asarni o‘qir ekan, o‘quvchi ko‘z
o‘ngida jangovar tarix gavdalanib qolmay, asarni har bir so‘zidan shijoat oladi. Аsar
o‘quvchilar bilan sahnalashtirilib o‘qilganda yozuvchining har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llagani,
ijobiy va salbiy qahramonlarga xos xarakter so‘zlar orqali ifodalanganligini o‘quvchi tez ilg‘ab
oladi.
“Muloqot” texnologiyasi o‘quvchilarning dars jarayonida mustaqil fikrlashiga, o‘z
fikrlarini bayon etishga
hamda ularda bahslashish, og‘zaki muloqot madaniyatini
tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg‘ulot o‘quvchilarni kichik guruhlarga
ajratgan holda o‘tkaziladi. Texnologiyaning maqsadi tanlangan mavzu, muammo asosida
o‘quvchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil
holda fikrlash va xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit
yaratish, muloqotga kirishish va muloqot qila olishga o‘rgatishdan iborat. Bu texnologiyada
o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi tomonidan Jaloliddin Manguberdiga xos
sifatlar, Jaloliddin Manguberdi otasining harakatlari, singlisining qahramonliklari, asar
qahramoni haqida yaratilgan yana boshqa asarlar, Jaloliddin Manguberdi nomi bilan bog‘liq
bo‘lgan maʼlumotlar haqida nimani bilasiz mazmunida guruhlarga savol tashlaydi. Guruhlar
o‘z fikrlarini qisqacha qilib vatman qog‘ozlarga yozib boraveradi. Kichik guruhlar o‘rtasida
asosiy mavzu va uning yo‘nalishlari bo‘yicha muloqot boshlanadi.
Savol: Jaloliddin Manguberdi kim?
Jaloliddin Manguberdining jasorati?
Jaloliddin Manguberdi otasining harakatlari?
Siz uni oqlaysizmi?
Jaloliddin Manguberdi haqida yana qanday asarlar yaratildi? va boshqalar.
O‘quvchilar yuqoridagi savollarga javoblar yozib boraveradi. Har bir guruhdagi
o‘quvchilar o‘zlariga berilgan savollar
asosida kerakli misollar, faktlar, o‘z fikrlarini
tasdiqlovchi materiallar va boshqalarni yozadilar. Guruh ichidan bir kishini himoyaga
1
Ikromova R. Grammatika, imlo va nutq o‘stirishda tarqatma materiallar “O‘qituvchi” 2003.
79
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
tayinlaydi. Guruhlar ishlarini tamomlagach, o‘qituvchi himoya uchun so‘z beradi. Guruh
aʼzosi himoyani yakunlagach, guruhning boshqa aʼzolari tomonidan maʼlumotlar to‘ldirilishi
mumkin. Xuddi shu tarzda guruhlar muloqot olib boradi. Har ikkala kichik guruhning
himoyasi vaqtida o‘qituvchi iloji boricha ularga xalaqit bermaslikka, o‘z
fikr-mulohazasini
bildirmaslikka, savol bermaslikka harakat qiladi. Hech qaysi guruhga yon bosmagan holda
muloqotni boshqaradi.
Аynan shu mavzuda “Bahslashuv” texnologiyasini qo‘llash ham maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bu kabi metodlarni dars davomida qo‘llash o‘quvchini erkin fikrlashga, o‘z fikrini
mustaqil ayta olishga, ularning nutqiy kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: