TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
EFFECTS OF PESTICIDE KARATE ON THE ACTIVITY OF SOME ENZYME ENERGIES OF
RAT EMBRYONS AND EXPLORATION OF CORRECTION METHOD
Isabekova M.A. – senior teacher of Tashkent State Pedagogical University
Bobokhonova D.B. –senior teacher of Tashkent State Pedagogical University
Mirkhamidova P. – professor of Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
Various harmful substances entering the body affect all organs and
tissues, causing various pathological conditions. The effect of pesticide karate on the activity
of certain enzymes in the liver of rat embryos has been studied. The studies were performed
on the 3rd, 13th, and 19th days of pregnant rats. A positive effect of plant antioxidant factor
(OAO)-protected rat embryos on serum enzyme activity was found.
Key words:
karate, pesticide, embryonic development, antioxidant, enzyme,
glutathione reductase, serum, liver.
Maʼlumki, organizmga kirgan turli zararli moddalar barcha organ va toʻqimalarga taʼsir
koʻrsatadi. Jigar–detoksikatsiya funksiyasini bajarganligi sabab, koʻpgina
ksenobiotiklar
qatori piretroid pestitsidlar guruhiga kiruvchi karate ham jigarda toʻplanadi va 40 kungacha
uning qoldiq miqdorini aniqlash mumkin (2). Pestitsidlar yogʻda yaxshi eriydigan moddalar
boʻlib (1), ular toʻqimalar membranalari orqali bemalol oʻtib, ularning strukturasini osongina
shikastlaydi
va
erkin
radikallar
zanjirli reaksiyasini hosil
qiluvchi
lipidlarning peroksidli oksidlanishiga olib keladi (3,8).
Jigar hujayralari antioksidant tizimining muhim komponenti glutationreduktaza jigar
hujayralarida qaytarilgan glutationning normal miqdorini taʼminlashga javobgar, uning
vazifasi koʻpchilik fermentlarni faol konformatsiyada ushlab turishdan iborat. Uning
koʻpchilik qismi qaytarilgan holatda boʻlib, reaktiv va zaharli mahsulotlarni inaktivatsiyasida
muhim ahamiyatga ega(4).
Adabiyotlarda keltirilgan maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, turli kimyoviy tabiatiga ega
boʻlgan pestitsidlar inson va hayvonlar organizmiga jiddiy xavf tugʻdirmoqda. (2)
Tadqiqot ishimizda karateni homilador kalamushlar
va ular embrionlari
jigarining funksional holatiga
taʼsirini
oʻrgandik,
jigarning organospetsifik fermenti alaninaminotransferaza (ALT)
va aspartataminotransferaza (AST) larning aktivligini qon zardobida aniqladik.
Maʼlumki, bu fermentlar jigar oqsillarining almashinuvida muhim vazifani bajaradi.
Tadqiqotlarni homilador kalamushlarda olib borildi.
1-guruh homilador kalamushlarning 3-, 13- va 19-kunlarida 1 ml karatening LD 50 1/10
dozasini peroral usul bilan yuborildi.
2-guruh homilador kalamushlarga yuqorida koʻrsatilgan dozada karate yuborilgandan
30 minutdan soʻng oʻsimlik antioksidantining 5 %li eritmasidan 1 ml 4 kun
mobaynida peroral usulda
yuborildi.
Nazorat guruhidagi kalamushlarga 1
mldan suv
yuborildi.
Tadqiqotlarni
homilador
kalamushlarning
21-kunida
olib
borildi. Glutationreduktaza fermentining detoksikatsiya jarayonidagi ishtirokini zaharlangan
kalamushlar embrionining jigari gomogenatida glutation reduktaza aktivligini aniqladik.
Ularning embrionlarini jigarida va qon zardobida aniqladik. Homilador kalamushlarning
60ga yaqin embrionlarida tadqiqot ishlari olib borildi.
Glutation reduktazaning faolligi bizning tadqiqot natijalarimizga koʻra 78.9 nmol NAD-
H/ min/mg oqsilga, mikrosomalarda 59,6 nmol NAD-H/min/mg oqsilga teng koʻrsatgichlarni
fermentning 100 % faollanish deb qabul qilingan.
278
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Homiladorlikning 3-kuni nazorat va karate guruhlarning orqasidagi farq 10,27
%ni tashkil qiladi, homila rivojlanishining 13-kunlik embrionlarda kuzatuvimiz tahlili shuni
koʻrsatdiki, yaʼni oʻrtasidagi farq 26,97 % ga oshganligini, 3-kunlik
homila bilan
solishtirilganda, karate zaharlangan homila embrioni rivojlanish jarayoniga taʼsir
koʻrsatib glutationreduktaza fermenti aktivligini oshishiga olib keladi, 19 kunli
homila embironlari nazorat va karate guruhlari orasidagi farq 14,6 %ni tashkil etishi
kuzatildi.
Jigar zaharlanganda, glutation-reduktazaning faolligi oshib boradi, bu natijalar
esa antitoksik himoya funksiyasini taʼminlovchi glutationreduktaza fermentining
karate
pestitsidiga nisbatan yuqori taʼsirchanlikka ega ekanligini koʻrsatdi.
Maʼlumki, glutation reduktaza jigar
hujayralarida qaytarilgan glutationning normal
miqdorini taʼminlashga javobgar boʻlib, u kompensator xarakterga ega. Karate
bilan zaharlangan kalamushlar
jigari
hujayralari
mitoxondriyalari
va mikrosomalarida glutationreduktazaning faolligining ortishi, karate taʼsirida
jigarda
qaytarilgan glutationlar miqdorining ortishi bilan bog‘liqdir.
ALT va AST fermentlar faolligini kalamushlar va ularning embrionlarini qon zardobida
aniqlandi. Homiladorlikning 3-,13-,19-kunlarida pestitsid bilan zaharlangan hayvonlarning
qon zardobidagi ALT va AST fermentlari 300, 209, 263 % va 301, 217, 265 %ga nazorat
guruhiga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Oʻsimlik antioksidanti bilan himoyalangan
kalamushlarda 137, 112, 130 % va 160, 119, 150 % nazoratga nisbatan ortiq ekanligi kuzatildi.
(Jadval -1)
Do'stlaringiz bilan baham: