19
Yuqorida ko‘rsatilganlarni hisobga olgan holda ovqatlantirish korxonalari
xodimlari o‘zlarining ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatiga katta ahamiyat berishlari
lozim va ular doimo mehmonlar nazorati ostida ekanligini unutmasliklari kerak.
Tashqi go‘zal qiyofaga ega, shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya va hech qanday
kamchiliksiz xizmat qiladigan va xushmuomalali xodimlar o‘zlariga va korxonaga
ishonch hosil qilishdan tashqari korxona vakili sifatida mehmonlar nazarida uning
shuhratini oshiradi.
Chet ellik turistlarga xizmat qiladigan har bir korxona ko‘rsatayotgan xizmat
sifatini ko‘tarish maqsadida korxona mavqeiyiga mos keladigan va uni yanada
oshiradigan shaxsiy xizmat ko‘rsatish standartlarini ishlab
chiqishlari va amalda
ularga qat’iy rioya qilishlari lozim.
Korxonada chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga quyidagilar katta
ta’sir ko‘rsatadi: har bir ishning juda ham ehtiyotkorlik bilan va aniq bajarilishi;
xodimlar tomonidan mehmonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi, xizmat vaqtini aniq
rejalashtirilishi,
o‘z–o‘zini
nazorat
qilishi,
professional
va
sotsial
kommunikativligi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni sifatli bajarish
xodimlarning kasbiy
mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy mahorat deganda xizmat qilish tezligi, xizmat
qilish bo‘yicha har qanday ishni bajarishda tozalikka va etiket qoidalariga qat’iy
rioya, xizmat iste’molchilariga g‘amxo‘r qilish va maslahatlar berish mahorati
tushuniladi. Xizmat qilish tezligi - bu xizmat iste’molchilarining
kutish vaqtini
minimum qisqartirishdir. Bu ofitsiantlar, barmenlar va metrdotellarning ishlashi
uchun qulay sharoitlarni yaratish va ovqatlanish zali bo‘yicha harakat qilishi
avtomatizm darajasigacha yetkazish orqali erishiladi.
Xizmat iste’molchilariga g‘amxo‘rlik deganda xizmat qiluvchi xodimlarning
ularga
hurmat bilan qarashi, ularning istak va hohishlarini bajarishga doimo
tayyorligi, xushmuomalaligi, sabr–toqatliligi va odobliligi tushuniladi. Demak,
xizmat iste’molchilariga g‘amxo‘rlik qilish metrdotel,
ofitsiant va barmenlardan
etiket qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Bundan tashqari g‘amxo‘rlik tez
va sifatli xizmat qilishni ham o‘z ichiga oladi.
20
Xizmat qilishda tozalikka rioya qilish chiroyli xizmat ko‘rsatish, sanitariya
va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni bildiradi.
Sotsial kommunikativlilik - xizmat qiluvchi xodimlarning xizmat
iste’molchilari bilan tez muomalaga tusha olish qobiliyatini bildiradi.
Kommunikativlilikda xorijiy iste’molchilar tillarini bilish, gapga chechanlik, ochiq
chehralilik va samimiylik hamda bergan va’dasining o‘z vaqtida ustidan chiqa
olishi katta ahamiyatga ega.
Xizmat qiluvchi xodimlarning ziyrakliligi xizmat iste’molchilarining
istaklarini oldindan bila olish qobiliyatini va har bir
mehmonga nisbatan alohida
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni bildiradi.
Ko‘rsatilganlardan tashqari xodimlar xizmat boshlanishidan oldin ustki va
oyoq kiyimlarini tartibga keltirishlari, sochlarini yaxshilab tarashlari, qo‘llarini
sovunlab yuvib, dezinfeksiya qilishlari va zarur bo‘lsa, og‘iz bo‘shliqlarini tozalab
yuvishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: