53
bilan 400 mm masofada bo’lishi kerak; balandlik bo’yicha - - pastki nuqta yo’ldan
kamida 250 mm, yuqori nuqta - yaqin yorug’lik faralari yuqori nuqtasidan baland
emas. Yaqinni yoritish 5 faralari (oq, ikkita), uzoqni yoritish faralari kabi
vazifaga ega bo’ladi. Joylashish: kenglik bo’yicha – avtomobil gabaritidan ko’pi
bilan 400 mm, balandlik bo’yicha - minimum 500 mm (faraning pastki nuqtasi),
maksimum - 1200 mm (yuqori nuqta).
Transport vositaning orqa qismida chirog’larning joylashish sxemasi 6.5-
rasmda ko’rsatilgan.
2- rasm. Transport vositasining orqa qismida chirog’larning joylashish
sxemasi:
1 – davlat nomer belgisini yoritish fonari; 2 - orqaga yurishning yorug’lik
fonari; 3 -stop-signal; 4 - gabarit chirog’; 5 - burilishning ko’rsatkich; 6 –
tumanga qarshi fonar
Orqa davlat nomer belgisini yoritish 1 fonari, oq hamma transport vositalar
uchun majburiy bo’ladi, gabarit chirog’larni yoqish bilan bir vaqtda qo’shiladi,
shuning uchun maxsus yoqilish indikatori kerak bo’lmaydi. O’rnatishning joyi
bo’yicha maxsus ko’rsatmalar yo’q, lekin majburiy
talab nomer belgisining
joylashish o’rni yoritishi kerak.
Orqaga yurish fonari 2 oq, bitta yoki ikkita, orqaga yurish harakatida yo’lni
yoritish uchun va bu haqida yo’l harakatining boshqa qatnashuvchilariga xabar
qilish uchun xizmat qiladi (orqaga yurish uzatmasini qo’shilganda avtomatik
yoqilishi kerak). Hamma transport
vositalar uchun majburiy, tirkamalardan
tashqari (tirkamalar uchun fakultativ). Joylashishining yo’l ustidan eng kam
balandligi - 250 mm, maksimal - 1200 mm.
To’xtash signali 3 (qizil) ishchi
tormoz bosilganda yoqiladi, odatda juft,
o’ng va chapi orasidagi eng kam oraliq - 600 mm.
Gabarit chirog’ 4 (qizil, juft) transport vositasi gabarit kengligi chekkasidan
400 mm gacha masofada, kamida 350 mm balandlikda va yerdan 1500 mm gacha
(ayrim holllarda - 2100 mm) balandlikda o’rnatiladi.
54
To’xtash signali yoki orqa gabarit chirog’lar bilan (agar ular alohida
o’rnatilmasa) uchburchak bo’lmagan shakldagi orqa yorug’lik qaytaruvchi
qurilmalar (ikkita, simmetrik) kombinatsiyalashi-shi mumkin. Ular avtomobillar
uchun
majburiy, gabarit kenglik chekkasidan 400 mm dan ko’p bo’lmagan
masofada, yo’l ustidan 250 dan 900 mm gacha balandlikda joylashadi.
Burilishning ko’rsatkichi 5 (sariq) xuddi oldidagi singari haydovchining
o’ngga yoki chapga burilish niyati haqida signal beradi. Joylashishi kenglik
bo’yicha - transport vositasining yon gabarit tekisligidan 400
mm gacha,
balandlik bo’yicha - odatda yo’l ustidan 500 dan 1500 mm gacha (alohida
hollarda – 350 dan 2300 mm gacha).
Ko’rsatkichlar va avariya signali chirog’laridan tashqari hech qanday
chirog’ pirpiraydigan bo’lishi mumkin emas, pirpiratayotgan tartib sur’ati
daqiqada 90±30 ga ega bo’lishi kerak. Transport vositasi oldidan hech qanday
qizil rangdagi yorug’lik
tarqatishi kerak emas, shunga o’xshash orqaga hech
qanday oq rang-dagi yorug’lik tarqatishi kerak emas (orqaga yurish fonaridan
tashqari).
Standartlar bilan belgilangan ba’zi
hollarda, transport vositalari hamma
tarafdan ko’rinadigan pirpiraydigan chirog’lar (mayoqchalar) bilan jihozlanadi.
Traktorlar yo’lni harakat yo’nalishida, hamda texnologik operatsiyalar
bajariladigan bo’shliqni yetarlicha yoritilganli-gini ta’minlaydigan yorug’lik
faralari bilan jihozlanadi (GOST 12.2.019-86). Traktorlar
umumiy foydalanish
yo’llari bo’yicha harakat qilganida, ularning yorug’lik-signal qurilmalari boshqa
transport vositalari (avtomobillar, tirkamalar va shu kabilar) uchun mavjud
standartlarga va qoidalarga mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: