1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT TEXNIKA
FAKULTETI
“TRANSPORT TIZIMLARI”
KAFEFRASI
5310500
- Avtomobilsozlik va Traktorsozlik
5310600-Yer usti transport tizimlari (Traktorlar, qishlog’I xo’jalik mashinalari
va uskunalari) bakalavr yo’nalishilari talablari uchun
“Avtomobillar va traktorlar ALT va ergonomika va dizayni” va
“Traktorlar va QXMlarni ALT, ergonomika va dizayni”
fanidan tajriba mashg`ulotini bajarish metodik ko’rsatmalar
Urganch-2022
2
“
Avtomobillar va traktorlar ALT va ergonomika va dizayni” va
“Traktorlar va QXMlarni ALT, ergonomika va dizayni”
fanlaridan
tajriba mashg`ulotini bajarish bo’yicha metodik ko’rsatmalar.
Tuzuvchilar: Xusainov B.S- Transport tizimlari o’qtuvchisi.
Mirzayev O.T- Transport tizimlari o’qtuvchisi.
Taqrizchi Ruziyev I.S- Transport tizimlari kafedrasi mudiri, dotsent.
3
1-Labarotoriya ishi
Dizaynerlik loyihalash jarayoni. Badiiy-konstruktorlik
tahlili. Badiiy konstruktorlik sintezi.
Ish hajmi
. Amaliy mashg‘ulot 2 soat auditoriya vaqti va 1 soat mustaqil
ish bajarishga mo‘ljallangan.
Tajriba mashg‘ulotning maqsadi:
Transport vositasining tashqi
kompozitsiyaviy ko‘rinishini tartibga solishni o‘rganish.
Ishni bajarish tartibi:
1. O‘qituvchi talabalarga turli transport vositalarining (avtomobil yoki traktor
modellarini taqsimlab vazifa beradi.
2. Talaba shu modelning tashqi o‘lchamlarini millimetr qog‘ozga chizadi.
3. Abris chiziqlari chizilib shaki tahlil qilinadi
4. Transport vositasining shakli mukammalligi haqida xulosa yoziladi.
Dizaynerlik bu konstruktorlik jaroyonida
avtomobilning tashqi va
ichki dizayning har bir ishlash mexanizmlarni boshqaruvchi qurilmalarni
barchasini va qo’shimcha jihozlarni dizaynnerlik loyihalash jarayoni ostida
butun mijozlarga avtomobilning seriyali ishlab chiqishda katta samarasi
dizaynerlikda hisoblanadi.
1-rasm. Dizaynerning ishlash mohiyati asosi
Avtomobil va traktorlaming shakllarini rivojlanishida
haydovchining ish
sharoitlarini yaxshilash yo‘nalishi ko‘zga tashlanadi. Kabinalaning hajmi himoya
zonalarni tashkil etish, reversiv boshqarish postlarini
yaratish hisobiga
kattalashadi.
4
2-rasm.
Dizaynerning ishlash jaroyoni
Badiiy-konstruktorlik yechimda, ayniqsa haydovchining ishchi o‘rnining
intelektualini kompozitsiyaviy tashkil etishda ergonomik yondashish kuzatiladi.
Boshqarishning organlari alohida punktlarga bo’lib o‘rnatiladi va eshikdan o‘rindiqqa
o‘tish yo’li uchun erkin bo'shlik kengayadigan qilib joylashtiriladi.
Manzarani ko‘rishni yaxshilash uchun asosan
kabinaning oldingi va orqa
panellaridagi oyna solingan maydonni ko‘paytiriladi, orqani ko'rish ko‘zgulari qo’laniladi.
1-rasmda avtomobilning, Dizaynerning ishlash jaroyoni har xil sxemalari ko‘rsatilgan.
Dizaynerlik loyihalash jarayoni quyidagi asosiy bosqichlami o‘z ichiga oladi:
Badiiy-konstruktorlik tahlili.
Badiiy-konstruktorlik sintezi.
Badiiy-konstruktorlik loyihasi.