t.me/tuit_students_chanel
uchta yuqori pog‗onasi (qo‗llanish, taqdimot, seans) bitta-qo‗llanish pog‗onaga
birlashtirilgan. TCP/IP tarmoq interfeyslari pog‗onasi OSIning ikkita pog‗onasi-
kanal va tarmoq pog‗onalariga muvofiqdir.
TCP/IP qo‗llanish pog‗onasi an‘anaviy xizmatlarni qo‗llab-quvvatlaydi:
-SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) elektron pochtasi, IMAP (Internet
Message Access Protocol), POP(Post Office Protocol), X.400 pochta protokollari
oddiy protokoli yordamida amalga oshiriladigan hamda NNTP(Network News
Transfer Protocol) yangiliklarni almashtirish tarmoq protokoli yordamida elektron
pochta va yangiliklar bilan almashuv;
-virtual terminal Telnet protokoli yordamida amalga oshiriladi;
-faylni uzatish FTP(Fail Transfer Protocol), TFTP(Trivial File Transfer
Protocol) va NFS(Network File Systems) protokollari yordamida amalga
oshiriladi;
-ma‘lumot xizmatlari DNS (Domain Name System) domen ismlari tizimi va
X.500 yordamida amalga oshiriladi;
-yordamchi protokollar: o‗z identifikatorlarni olish protokoli-VOOTR, vaqt
protokoli-NTP(Network Time Protocol), diagnostika-Echo va tizim haqida axborot
–Finger.
90-yillar o‗rtasidan WWW (World Wide Web) texnologiyasiga asoslangan
xizmatlar faol kiritilmoqda. WWW texnologiyasi URL (Universal Resourse
Locator) va URN (Universal Resourse Name)ni qo‗llab gipermatnni uzatish
(Hypertext Transfer Protocol,NTTR) protokoliga asoslangan. Bugungi kunda SIP
(Session Initiation Protocol), RTP (Real-time Transport Protocol), RTCP (Real-
time Transport Control Protocol), H.323 tavsiya protokoli asosida paketli IP
telefoniya xizmatlari ommaviylashgan.
Stekda monitoring va boshqaruv protokollari alohida o‗rin egallaydi, bular:
-SNMP (Simple Network Management Protocol);
-RMON(Remote Monitoring).
Bu
protokollar
yordamida
tarmoq
holati
kuzatiladi
va
uning
ma‘muriyatlashuvi o‗tkaziladi.
Tarmoq ilovalarining aksariyati o‗zaro ta‘sir uchun TCP va UDP transport
pog‗ona protokollari xizmatidan foydalanadi. TCP protokoli ma‘lumotlar
segmentini dastlabki mantiqiy birlashuvni o‗rnatish bilan ishonchli to‗liq dupleksli
uzatishni kafolatlab beradi. UDP (User Datagram Protocol) datagrammalar
foydalanuvchi
protokoli-datagrammalarni
ulash
o‗rnatmasdan
uzatishni
ta‘minlaydi, bu esa ularni yetkazib berishni kafolatlaydi. Turli arxitekturali
tarmoqlar o‗rtasida paketlarni uzatishni stekning asosiy protokoli bo‗lgan IP
protokoli ta‘minlab beradi. IP datagrammali protokoli paketlarning ishonchli
uzatilishini kafolatlamaydi, biroq u ko‗p tarmoqlar orqali ma‘lumotlarni uzatishda
o‗tkazish qobiliyatini oshiradi. Shu bilan bir qatorda tarmoq pog‗onasida
quyidagilar ishlatiladi:
- ICMP diagnostik protokoli, u tarmoq tugunlariga uzatishdagi xato va
to‗xtashlar haqida ma‘lumotlar uzatadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |