Bog'liq Komp tarmoq leksiya (@tuit students channel)
t.me/tuit_students_chanel va Vint Serf, keyinchalik 1974-yilda eng mashxur jurnallardan biri Transactions
on Communications da chop etilgan maqola loyihasi bilan so‘zga chiqdilar.
1978-yilda hozir biz bilgan TCP/IP to‘liq shakllandi. Keyinchalik stekni lokal
tarmoqlarda foydalanish maqsadida moslashtirildi. 1980-yillarda protokol ОС
UNIX ning tarkibiy qismiga aylandi. Shu yili birlashgan Internet tarmog‘i vujudga
keldi. Internet texnologiyasiga o‘tish, AQSh Qurolli kuchlari Vazirligiglobal
tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar TCP/IP protokollar stekidan foydalanishga
qaror qilgach, 1983-yil nihoyasiga yetdi.
TCP/IP modeli TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol)
protokollar stekini tasvirlash uchun ishlab chiqilgan. U OSI modelidan ancha oldin
ishlab chiqilgan.
TCP/IP protokollar steki (Transmission Control Protocol/Internet Protocol)
(7.1.-rasmda keltirilgan) bugungi kunda eng ko‗p tarqalgan va fundamentaldir. U
har qanday o‗lchamdagi mahalliy tarmolarda ishlaydi. Undan tashqari
protokollardan Internet global tarmog‗ida ishlash imkonini beruvchi yagona
protokoldir.TCP/IP
protokollar
stekiga
turli
bosqichlarda
ishlovchi ko‗p protokollar kiradi, lekin o‗z nomini u ikkita TCP va IP protokollar
nomidan olgan. TCP – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib
tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
IP– tarmoq pog‘onasi protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‗lgan tarmoqlarda
axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi,
masalan, TCP yoki UDP.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan
foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qo‘llanganda va har
qanday operatsion tizimli komp‘yuterlarda ishlatish mumkin bo‗ladi.
Azaldan
TCP/IP
protokoli
global
tarmoqlarda
foydalanish
uchun
loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir.
Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‗lgani uchun ham aloqa
kanalining sifati e‘tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‗z manziliga yetkaziladi.
IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‗rtasida ham
axborot uzatish mumkin bo‗ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan
iboratki, tarmoqda ma‘murlashtirish murakkablashadi.
Bir sathdagi xabarlarning ketma-ketligi va shaklini belgilovchi formal
qoidalar protokollar deb ataladi. Ierarxik tashkil etilgan protokollar yig‘indisi
Kommunikatsiya protokollari steki deb ataladi.