5.2.
OSI pog‟onalari, ularning vazifasi
Fizikaviy pog‘ona
(Physical Layer) fizikaviy kanallar (koaksial kabel, mis
kabel, optik-tolali kabel yoki radiomuhit) orqali bitlar ketma-ketligi bilan ish olib
boradi. Ushbu pog‗onaga ma'lumotlar uzatish fizikaviy muhitlarining, misol
uchun, o‗tqazish polosasi, shovqindan himoya, so‗nish kabi tavsiflari aloqador.
t.me/tuit_students_chanel
Fizikaviy pog‗onaning vazifalarini tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar amalga
oshiradi va fizikaviy muhit orqali bog‗lanish tashkil etilishini ta'minlaydi
Kanal pog‘onasi
(Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining
layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‗lishi
mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‗lga
qo‗yishdir. Buning uchun kanal pog‗onasida bitlar ketma-ketligi kadrlar deb
nomlanuvchi to‗plamlarga birlashtiriladi. Kanal pog‗onasi har bir kadrni
uzatishning to‗g‗riligini ta'minlaydi, ajratish uchun uni bitlarning maxsus ketma-
ketligi bilan o‗raydi, shuningdek nazorat ketma-ketligini kadrga qo‗shgan holda
hisoblab chiqaradi. Kanal pog‗onasi turli topologiyadagi lokal tarmoqning ixtiyoriy
ikki tuguni orasida kadrning uzatilishini ta'minlaydi. Kanal pog‗onasi protokollari
tomonidan shakllanadigan topologiyalarga misol uchun umumiy shina, halqa va
yulduz, shuningdek, ko‗priklar va kommutatorlar yordamida tashkil etilgan
strukturalar tegishlidir. Kanal pog‗onasi protokollariga Ethernet, Token Ring,
FDDI, 100VG-AnyLAN misol bo‗la oladi.
Tarmoq pog‘onasi
(Network Layer) bir necha tarmoqlarni birlashtiruvchi
yagona transport tizimini tashkil etish uchun xizmat qilib, ushbu tarmoqlarning
oxirgi tugunlari o‗rtasida ma'lumot uzatishning turli xil tamoyillarini qo‗llashi va
ixtiyoriy aloqa strukturasiga ega bo‗lishi mumkin.
Tarmoq miqyosida ma'lumotlarning uzatilishi muvofiq kanal pog‗onasi bilan
amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma'lumotlarni yetkazib berish, ma'lumotlarni
uzatish marshrutlarini tanlash kabi masalalarni yechadi. Tarmoqlar marshrutizator
deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar bilan o‗zaro bog‗lanadi. Tarmoq pog‗onasi,
shuningdek turli texnologiyalar uyg‗unligi, yirik tarmoqlarda adresasiya
masalalarini ham hal qiladi. U ma'lumotlarni adresasiyalash va mantiqiy manzil
hamda nomlarni fizik manzillarga aylantirishga javob beradi. Ushbu pog‗onada
paketlar kommutasiyasi va ortiqcha yuklanish kabi tarmoq trafigi bilan bog‗lik
bo‗lgan masala va muammolar ham hal qilinadi
Tarmok pog‗onasining ma'lumotlarini paketlar (packets) deb atash qabul
qilingan. Tarmoq pog‗onasida paketlarni yetkazib berishni tashkil qilishda «tarmoq
raqami» tushunchasidan foydalaniladi. Bu holda qabul qiluvchining manzili katta
qismi-tarmoq raqami va kichik kismi – ushbu tarmoqdagi tugun raqamidan iborat
bo‗ladi.
Tarmoq pog‗onasida ikki xil protokollar ishlaydi. Birinchi turi – tarmoq
protokollari – tarmoq orqali paketlarning harakatini yo‗lga qo‗yadi, ikkinchisi –
yo‗nalish axboroti almashuvi protokoli yoki marshrutlash protokollari (routing
protocols). Ushbu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlararo
bog‗lanishlar topologiyasi to‗g‗risida axborot to‗playdilar.
Transport pog‘onasi
(Transport Layer). Transport pog‗onasining asosiy
vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda, yo‗qotishlarsiz va
ikkilanishlarsiz kafolat bilan yetkazib berishdir. Ushbu pog‗onada ma'lumotlar
qayta taxlanadi: uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa
birlashtiriladi. Shu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |