Bog'liq Komp tarmoq leksiya (@tuit students channel)
t.me/tuit_students_chanel Zimmermann) Fransiyadan edilar. INWGning maqsadi Lui Puzen ishlab chiqqan
«deytagramm-stayl» paketli kommutatsiyasini rivojlantirish bo‗ldi. Deytagramm
bog‗lanishning ahamiyati, bunda aloqa o‗rnatilishida uzatuvchi va qabul qiluvchi
o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa yo‗q. Ma‘lumotlar oddiy paketlar ko‗rinishda
ketma-ket uzatiladi va aniq bir paketni yetkazib berishda hech qanday kafolat yo‗q.
Agar paket yo‗qolsa, faqat yo‗qolgan paket qayta yuboriladi.
Bu taklif IBM va telekommunikatsiya monopoliyachilari ilgari surgan virtual
kanal orqali aloqani o‗rnatish usuli bilan solishtirilganda ajoyib edi. INWG a‘zolari
kanallar kommutatsiyasini va deytagramm tarmog‗ini qanday o‗lchash yo‗llarni
aniqlash maqsadida «an‘anaviy telefonchilar» bilan doimiy ravishda, uchrashar va
fikr almashar edilar. Necha yillik tortishuvlar va munozalardan so‗ng oxir-oqibat
kelishuvga erishildi. 1975-yil Serf va Puzen o‗zlarining takliflarini xalqaro telefon
va telegraf maslahat qo‗mitasi (hammaga ma‘lum Fransuzcha akronim-CCITT)ga
taqdim etdilar.
Shu bilan xalqaro telekom-kompyuter jamiyati to‗xtab qolmadi. 1977-yil bu
ishni Britaniya kompyuter sanoati oldi va paketli kommutatsiya tizimini
standartlashtirish bo‗yicha navbatdagi qo‗mitani tuzish kerakligini taklif qiladilar.
Bu safar xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bo‗ldi. CCITTdan ISOning
farqi, ISO telekommunikatsiya bilan hech qachon aniq ishlamagan. Bu shunchaki,
hamma ishlar bo‗yicha xalqaro standartlashtirishning byurokratik idorasi edi.
Shuningdek, CCITT dan farqi ISO ga, u kommutatsiya kanalimi yoki boshqasimi
farqi yo‗q edi. Faqat kanal kommutatsiyasida kerakli standartlarni yaratish
ehtimolligi ko‗p edi. Britaniyaliklarning taklifini AQSH va Fransiya qo‗llab-
quvvatladi. Britaniyalik olimlardan biri «Bu standartlar fan va texnikaning
rivojlanishiga qaraganda, foyda va zarar to‗g‗risidagi hisoblarga ko‗p
g‗amxo‗rliklar qiladigan monopoliyachilar tomonidan yaratilgan, o‗zining «yopiq
arxitekturasi» tufayli hech nima bilan bog‗lanmaydigan avtonom rejimda ishlovchi
alternativ an‘anaviy hisoblash tarmog‗ini o‗zida mujassamlashtirgan» deydi.
Umuman ochiq arxitektura haqiqatda kerak edi. Tarmoq kundan-kunga kattalashib
borardi. Tarmoqlar o‗rtasida moslashtirish murakkab bo‗lib qolaverdi. Voqealar
zanjirini tushunish uchun quyida xronologik ketma-ketliklarni qo‗yish kerak:
1974-yil IBM paketli kommutatsiya tarmog‗ida birinchi korporativ
protokollar Systems Network Architekture ishlab chiqdi.
1975-yil INWG paketli tarmoq bo‗yicha CCITT ga taklif kiritdi va bu taklif
rad etildi. Serf INWG ni tark etdi.
1976-yil CCITT «virtual kanal»ni ishlatuvchi paketli kommutatsiya uchun
standart X-25 tavsiyanomasini nashr qildi.
1977-yil OSI «Open Systems Interconnection» (ochiq tizimlarning o‗zaro
bog‗lanishi) xalqaro standartlar tashkilotida «tarmoq modeli» bo‗yicha qo‗mita
yaratildi.
1978-yil (28.02.–2.03) OSI qo‗mitasining birinchi yig‗ilishi, ya‘ni modelni
«xomaki varianti» qabul qilinadi.