t.me/tuit_students_chanel
kompyuterida o‗rnatiladigan OT ham server ham mijoz qismida bo‗lishi kerak.
Ajratilgan serveri bor tarmoqlardan farqli o‗laroq, birrangli tarmoqlarda mijoz yoki
server funksional yo‗nalishiga bog‗langan holda, OT spetsializatsiyasi mavjud
emas. Barcha variatsiyalar birgina OT variantini shakllantirish vositalari bilan
amalga oshiriladi.
Birrangli tarmoqlar tashkil etish va foydalanishda osonroq, lekin ular
asosan, saqlanadigan axborot hajmiga, unga ruxsatsiz kirishdan himoyalanganligi
va kirish tezligiga katta talab qo‗ymaydigan katta bo‗lmagan foydalanuvchilar
guruhini birlashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu tavsiflarning yuqori talablariga
ko‗prangli tarmoqlar qulayroq hisoblanadi, ularda server foydalanuvchilarga
xizmat ko‗rsatish vazifasini o‗z resurslari bilan echadi, chunki uning apparaturasi
va tarmoq operatsion tizimi aynan shu maqsadda loyihalashtirilgan.
Tarmoq topologiyalari
Tarmoqda kompyuterlarning ulanish va joylashish tartibi tarmoq topologiyasi deb
ataladi. Topologiyani ishchi stansiyalar, serverlar va boshqa tarmoq qurilmalari
tasvirlangan tarmoq haritasi bilan o‘xshatish mumkin. Topologiya tanlovi
tarmoqning umumiy imkoniyatlari, qo‘llaniluvchi tarmoq qurilmalari, protokolllar,
shuningdek kelgusida tarmoqni kengaytirish imkoniga ta‘sir o‘tkazadi. Fizik topologiya
— tarmoqning fizik elementlari qay tarzda ulanishining tasviridir. Mantiqiy topologiya
tarmoq ichidagi ma‘lumotlarning o‘tish yo‘lini belgilaydi.
Tarmoqning besh turdagi topologiyalari farqlanadi:
umumiy shina;
yulduz;
halqa;
yacheykali;
aralash.
1.
Umumiy shina (bus)
Bu holda barcha kompyuterlar ma‘lumotlar shinasi deb nomlangan bir kabelga
ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga ulangan barcha kompyuterlar tomonidan
qabul qilinadi.
Tarmoq tezligi ko‘p jihatdan umumiy shinaga ulangan kompyuterlar soni bilan
belgilanadi. Bu kompyuterlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, tarmoq shuncha sekin ishlaydi.
Bundan tashqari, bunday topologiya, bir necha kompyuterlar tarmoqqa bir vaqtda
ma‘lumot uzatishga harakat qilgan vaqtda, turli kolliziyalar vujudga kelishiga sabab
bo‘ladi. Kolliziya – tarmoq ishi vaqtida sodir bo‘luvchi normal holat. Kolloziyani taxlil
qilish va bartaraf etish uchun barcha kompyuterlar kabelda payo bo‘luvchi signallarni
o‘rganadilar. Agar uzatilayotgan va qabul qilinayotgan signallar bir-biriga mos kelmasa,
kolliziya mavjudligi qayd etiladi. Kolliziyani sezgan kompyuterlar tarmoqqa 32-bitli jam -
Do'stlaringiz bilan baham: |