SNMP
тармоқни бошқариш тизимларида қўлланилади.
t.me/tuit_students_chanel
Бошқарувчини (менежерни) агент билан мулоқотини амалга оширилиш
схемаси
SNMP ТCP / IP тармоғининг амалий сатҳида ишлайди (ОСИ
моделининг 7-сатҳи).
Менежер сўровларни мавжуд бўлган ҳар қандай манба портидан агент
портига юбориши мумкин.
SNMP агенти сўровларни қабул қилади.
Агентнинг жавоби менежернинг манба портига қайтарилади.
Менежер махсус буйруқ командалари ѐрдамида хабарномаларни олади.
Агент ҳар қандай мавжуд портдан билдириш-номалар генерация қилиши
мумкин.
Назорат учун саволлар
1.Тармоқни бошқариш тизимлари қандай функцияларни бажарадилар;
2. Тармоқни бошқариш жараѐни қандай ташкил қилинади;
3. Тармоқни бошқариш тизимининг асосий таркибий қисмлари ва уларнинг
функциялари;
4. Домен номлари DNS тизимининг вазифаси
5. DNS вазифаларини тушунтиринг.
6. ICMP протоколи қандай вазифаларни бажаради
7. SNMP протоколи қандай вазифаларни бажаради .
24-ma‟ruza
SIMSIZ SENSOR TARMOQLARI
t.me/tuit_students_chanel
Reja:
1. Sensor tarmoqlarining asosiy tushunchalari va tamoyillari
2. Sensor tarmoqlarining bazaviy arxitekturasi
3. Simsiz sensor tarmoq tugunlari
4. Simsiz sensor tarmoqda ma‘lumotlarni uzatish usullari
5. Simsiz sensor tarmoqlarida ma‘lumotlarni uzatish protokollari va
texnologiyalari
6. Simsiz sensor tarmoq tugunlarining turlari
24.1 Sensor tarmoqlarining asosiy tushunchalari va tamoyillari
Sensor tarmoqlari asosiy tushunchalarini keltirib o‗tamiz.
Sensor
(ingl., sensor) - nazorat ta‘sirini (yorug‗lik, bosim, temperatura va
hokazo) qabul qiluvchi, qurilma, o‗ning sonli va sifat belgilarini o‗lchaydi va
ushbu o‗lchamlarni signalga o‗zgartiradi. Signal elektrik, kimyoviy yoki boshqa
turda bo‗lishi mumkin.
Datchik
(ingl., transducer) – bir turdagi energiyani boshqa turga o‗zgartirish
uchun qo‗llaniladigan qurilma. Demak, sensor ham datchik hisoblanadi va qayta
ishlash uchun hisoblash tizimiga yoki kontrollerga beriladigan fizik ma‘lumotni
elektrik ma‘lumotga o‗zgartiradi.
Aktuator
(ingl., actuator) – bajaruvchi qurilma, boshqariladigan ob‘ekt
holatini o‗lchash uchun kelib tushgan signalga ta‘sir bildiruvchi, bajaruvchi
qurilma. Aktuatorda energiya turlarining o‗zgarishi yuz beradi, masalan, elektrik
energiya, yoki siqilgan havo energiyasi (suyuqlik, qattiq jism) mexanik turga
o‗zgarishi.
Sensor tugun
(ingl., sensor node) – kamida bir sensordan iborat (yana bir
yoki bir nechta aktuator bo‗lishi mumkin) qurilma hamda hisoblash va simli yoki
simsiz tarmoq imkoniyatlariga ega.
Sensor tarmoq
– haqiqiy fizik ob‘ektdan olingan ma‘lumotga javobni berish
maqsadida, ma‘lumotni qayta ishlash, uzatish, etkazib berish va so‗rovlar olish
uchun boshqa tarmoqlar bilan, o‗z aro hamkorlik qiluvchi, tarmoqlangan sensor
tugunlar tizimi. Demak, sensor tarmoq, o‗zida kamida sensorga, aktuatorga va
kommunikasion tugunlarga ega. Sensor tarmoqni qo‗llanadigan asosiy soha bu
ob‘ektlar ichida o‗lchanadigan fizik parametrlarning nazorati va kuzatiluvi va ba‘zi
holatlarda – ushbu ob‘ektlarni boshqarish (o‗larda belgilangan jarayonlarni
faollashtirish). Sensor tarmoq misollari: erkin kiruvchi sensor tarmoqlar (USN –
Ubiquitous Sensor Network), transport vositalari uchun tarmoqlar (VANET –
Vehicular Ad Hoc Network), munisipial tarmoqlar (HANET – Home Ad hoc
Do'stlaringiz bilan baham: |