t.me/tuit_students_chanel
standartini ishlab chiqdi. IEEE802.15.4 standarti ZigBee protokoli uchun bazaviy
asos bo‗lib qolmasdan, ancha katta darajadagi protokollarda (6loWPAN, DigiMesh
va boshqalar), tarmoq darajada dasturiy sozlashlar yordamida tarmoqning har
qanday topologiyasini ishlab chiqadi.
Bugungi kunda ZigBee alyans apparatlik va dasturiy mahsulotlar bilan
moslashtirilgan ishlab chiqarishga ega, standartni ishlab chiqdi. ZigBee
protokollari o‗zidan o‗zi tashkil qilinadigan, o‗zidan qayta tiklanadigan sensor
tarmoqlarni yaratishni ta‘minlaydi. ZigBee tarmoqlari qurilmasi o‗rnatilgan
dasturiy ta‘minotiga ko‗ra, tarmoq ishga qo‗shilganida o‗zlarini o‗zi aniqlay olishi
va tarmoqni tuzishi mumkin, agar tugunlardan birontasi ishdan chiqsa xabarlarni
uzatish uchun yangi yo‗nalishni o‗rnatishi mumkin. ZigBee protokollari orqali
qurilmalar ko‗pchilik vaqtini uyqu rejimida o‗tkazadi va bu holat batareyaning
xizmat qilish muddatini uzaytiradi. ZigBee tarmoq tugunlarida radiosignallarni
ishonchli jo‗natish ko‗plab parametrlarga bog‗liq (birinchi navbatda qabul qilish
va uzatish quvvatiga), lekin ZigBee tarmoqlari tugunlari orasidagi o‗rtacha oraliq
ochiq maydonda yuzlab, xonada – o‗nlab metrni tashkil etadi.
O‗zidan tashkil qilinadigan sensor tarmoqlar, simsiz Bluetooth texnologiyasi
asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday tarmoqlar ma‘lumotlarni sinxron va
asinxron rejimda uzatuvchi yurituvchi va yuritiluvchi qurilmalardan tashkil etiladi.
Uzatishning sinxron rejimi, kanallar bilan ta‘minlangan va ulanishning slotlarida
yurituvchi va yuritiluvchi qurilmalar orasida to‗g‗ri aloqani ta‘minlaydi. Ushbu
rejim uzatish vaqt bo‗yicha cheklangan holatlarda qo‗llaniladi. Asinxron rejim,
ma‘lumotlarning paketli uzatilishini qo‗llagan tarzda, bir nechta yuritiladigan
qurilmalarning yuritilishi bilan ma‘lumot almashinuvini amalga oshiradi. Bir
qurilmaning o‗zi (yurituvchi sifatida ham, yuritiluvchi siyaatida ham) 3 ta sinxron
bog‗lanishgacha imkoniyatni ta‘minlaydi.
SST amalga oshirishda kam sarf energiyali simsiz Bluetooth v.4.0
texnologiyasi ishlatiladi. U kam energiya talab qiluvchi Bluetooth (Bluetooth low
energy yoki Bluetooth LE yoki BLE) deb ham nomlanadi. BLE ni ishlatadigan,
qurilmalar podzaryadkasiz tabletka turidagi kichik batareyalarda bir yildan ortiq
ishlaydi. Shu tariqa, uncha katta bo‗lmagan uzluksiz ishlaydigan, mobil telefon
yoki cho‗ntak kompyuterlari singari boshqa qurilmalar bilan bog‗lanadigan
datchiklarga ega bo‗lish mumkin. Bluetooth spesifikatsiyasining ushbu versiyasi
ilovalarning keng diapazonini ta‘minlash imkonini beradi va sog‗liqni saqlash,
jismoniy tarbiya va sport, qo‗riqlash tizimi va uy sharoitlarida, qulay tarzda
foydalanish uchun oqirgi qurilma hajmini kamaytiradi.
SST amalga oshirish uchun IEEE 802/11 aloqa standarti (WiFi savdo
markasi bilan mashxur) to‗plami qo‗llanilishi mumkin. WiFi simsiz tarmoqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |