Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

NOYOB MIKROB
Hamisha qovog‘idan qor yog‘ilib turadigan pro­
fessor bir gala assistent­u talabalarini ergashtir­
gancha shitob bilan palataga kirib keldi. U shu 
yerdagi ko‘z kasalliklari klinikasining mudiri bo‘lib, 
nihoyatda qattiqqo‘l, qo‘rs, tund va sovuq odam 
bo‘lgani uchun olimdan ko‘ra ko‘proq Birinchi ja­
hon urushi paytidagi generallarga o‘xshab ketardi. 
Faqat shogirdlari bilan assistentlargina emas, bal­
ki yaqin oshna­og‘aynilari ham undan hayiqib tu­
rishardi, ko‘z ko‘zga tushgan mahalda iloji boricha 
tezroq juftakni rostlab qolish payida bo‘lishardi. 
Aslida u bir talay ixtirolar­u ilmiy asarlarning mu­
allifi, qator-qator tibbiy va ilmiy jamiyatlarga say­
langan olim, xullas, tibbiyot olamida dong tarat­
gan zo‘r mutaxassis edi. Shunga ko‘ra, hammalari 
uning hurmatini bajo keltirib yurishardi.
Odatda u palataga kirgach, bemorning oldida 
bir nafas to‘xtab, darrov ikkinchisiga o‘tib ketar, 
assistent vrachlar esa, uning kutilmaganda bir ni­
mani so‘rab qolishidan cho‘chib, doim tipirchilab 
turishardi.
– Bunisi yangimi?
– Ha, domla, kecha olib kelishdi, – dedi sho­
sha­pisha chap tomondagi assistent.
– Kasali nima ekan?
– Haligacha aniqlay olmadik. Ikkala ko‘zida 
sanchiq turgan, tinimsiz boshi og‘riydi.
Professor iztirob ichida to‘lg‘anib yotgan bemor­
ning qontalash ko‘zlariga bir zum tikilib turdi­da:
– Tahlillar? – deb ming‘irlab qo‘ydi.
– Bo‘ldi, domla.
– Pis...


190
Aziz Nesin
Atrofdagilar kamgap professor tekshirib ko‘rish 
uchun bemorning ko‘zidan nazla olinglar, demoq­
chi bo‘lganini darhol payqashdi.
Professor xonasiga kirib ketdi. Assistentlar erta­
labki bemor ko‘ruv marosimidan osongina qutul­
ganlari uchun yengil nafas olishdi.
Ikki assistent kasal ko‘zidan nazla olgach, pro­
fessorga eltib berishdi. Professor mikroskopga 
egilib, anchagacha nazlani kuzatib turdi. Nihoyat, 
boshini ko‘targanida lablarida tabassum jilva qilar­
di. Necha yillardan beri birga ishlab, biror marta 
ham tishining oqini ko‘rmagan assistentlar uchun 
bu kutilmagan yangilik bo‘ldi. Shundan keyin pro­
fessor javonda turgan semiz­semiz kitoblardan bir 
dastasini olib, shosha­pisha ichini titkilay ketdi. 
O‘qtin­o‘qtin uning «xuddi o‘zi», «o‘sha», «hm» degan 
so‘nik ovozi eshitilib turdi.
– Qani, darrov vrachlarni chaqiring, talabalar 
ham kelishsin, – deb buyurdi u qimir etmay tik 
turgan ikkala assistentga.
Xona ichi bir zumda to‘lib ketdi. Hami­
sha to‘rsayib yuradigan professorni hozir tanib 
bo‘lmasdi. U bayram kunida bir quchoq sovg‘a­sa­
lom olgan yetim boladay o‘zida yo‘q xursand edi. 
Kap­katta odam o‘ziga yarashmagan qiliqlar qilar, 
azbaroyi jazavasi tutib, yuragi hapriqib ketganidan 
mikroskop atrofida chir-chir aylanardi.
– Yigitlar, – dedi u entikib. Assistent va tala­
balariga u hamisha shunday deb murojaat qilar­
di, – omadni qarang, omadni... Zo‘r omad bu! Biz 
noyob, g‘oyatda noyob mikrobga duch keldik. Bu 
juda­juda kam uchraydigan tasodif. Uni bir ko‘rish 
orzusida yurgan ko‘z shifokorlari ozmunchami... 
Siz lar baxtli ekansiz, hali talaba bo‘la turib, shu 
sharafga muyassar bo‘ldingiz. Bu mikrob bir mil­


191
«Ona tarbiyasi»
lion, hatto besh million bemorning ichidan faqat 
bittasida uchrashi mumkin...
Professor terisiga sig‘may, hadeb qo‘llarini ish­
qar, har gapning birida nuqul «noyob mikrob» deb 
qo‘yardi.
– Men o‘zim bu mikrobni umrimda ikkinchi 
marta ko‘rishim. Ilk bor Parijda mengayam pro­
fessorim ko‘rsatgan edi. Afrikalik bir zanjini olib 
kelishuvdi... Bu mikrob odamga o‘tgandan keyin 
darhol qirq sakkiz soat ichida operatsiya qilinma­
sa, ko‘z ko‘r bo‘lib qoladi. Shuning uchun hoziroq 
chora­tadbir ko‘rish kerak. – U assistentlardan bi­
riga yuzlandi. – Xo‘sh, og‘riq qachon boshlanibdi?
– Kecha erta bilan. Kasalxonaga kechqurun olib 
kelindi.
– Shundaymi... Darhol operatsiyaga kirishilma­
sa, yigirma to‘rt soat ichida ko‘zdan ajrab qolishi 
mumkin. Bu mikrob g‘oyat xatarli... Yosh bezla­
riga o‘rnashib olgach, o‘z­o‘zidan urchiydi, keyin 
miyadagi ko‘rish markaziga o‘tib, uni tamoman 
ishdan chiqaradi. Endi navbat bilan mikroskopga 
yaqin kelib, uni yaxshilab ko‘rib olinglar...
Assistentlar bilan talabalar birin­ketin 
mikroskopga yaqinlashib, noyob mikrobni obdan 
tomosha qilishdi. Professor esa tanish­bilish ham­
kasblariga telefon qilib, bu kutilmagan voqeadan 
barini xabardor qildi.
– Mon sher (azizim, fr.). Favqulodda mo‘jiza! 
Demak, ko‘rmagan ekansiz­da?! Judayam noyob 
narsa! Turkiyada hali bunaqasi uchramagan. Ju­
dayam ajoyib ish bo‘ldi­da, mon sher.
«Ana, aytdim­ku sizlarga, buyam umrida ko‘rma­
gan ekan», derdi u har gal navbatdagi hamkasbiga 
telefon qilib bo‘lgach.


192
Aziz Nesin
Professor yana bir talay ilmiy jamiyatlar­u kasa­
ba uyushmalariga qo‘ng‘iroq qilib, hammasini bu 
yangilikdan voqif etdi. Ora­sira shogirdlariga o‘git­
lar berib ham turdi.
– Bu mikrob boshqa muhitda yashay olmaydi
darhol nobud bo‘ladi. Binobarin, u yuqumli emas. 
Aks holda, dunyoni ko‘r bosib ketardi... Uni ehtiyot 
qilinglar, zinhor nobud bo‘lmasin.
Halovatini yo‘qotgan professor tushlikkayam 
chiqmadi, shogirdlariga noyob mikrob xususida 
turli­tuman topshiriqlar berdi. Ikki nafar assistent 
kamyob mikrobning ming karra kattalashtirilgan 
suratini chizadigan, qolganlari esa uning hayotini 
saqlab qolish uchun tegishli shart­sharoit yara­
tadigan bo‘ldi. Professorning o‘zi esa yana kitobga 
sho‘ng‘ib ketdi.
O‘sha kuni shifoxonada hamma noyob mikrob 
bilan ovora bo‘ldi. Hatto hamshiralar, enaga­yu 
farroshlar ham bu ishga safarbar etildi. Kasalxo­
na tarixida birinchi marta ish kuni g‘oyat unumli 
o‘tgan bo‘lsa, ajab emas. Noyob mikrobning dara­
gini eshitib, qo‘shni shifoxonadan ham to‘dalashib 
odamlar kela boshladi. Professor tashrif buyurgan­
larga uning ta’rifini keltirib turdi.
Taomilga xilof ravishda shu kuni shifoxonada 
yarim kechagacha rosa ter to‘kib ishlashdi. Erta­
siga professor fakultet majlislar zalida bu haqda 
ma’ruza qilmoqchiligini bildirdi, bunga ham hozir­
lik ko‘rildi.
Professor uyiga juda kech qaytdi. Jahon tibbiyoti 
tarixida yangi sahifa ochishi lozim bo‘lgan ma’ruza 
ustida tuni bilan mijja qoqmay ishladi. Ko‘zi ilingan 
chog‘larida ham miyasi nuqul noyob mikrob bilan 
band bo‘ldi. Tong yorishishi bilanoq kasalxonaga 


193
«Ona tarbiyasi»
yugurdi. Darhol mikrobni surishtirdi. Demak, tirik 
ekan­da! Qoyil, sun’iy muhitdayam urchibdi!
Professor o‘zini qo‘ygani joy topolmay qoldi, ikki 
gapirib, bir kuldi, hazil­mutoyibalarni qalashtirib 
tashladi, hatto farrosh xotinlargayam tegajoqlik 
qildi. O‘sha kuni ma’ruza ham zo‘r tantana bilan 
o‘tdi. Fakultet zaliga yig‘ilgan tumonat odam uni 
katta qiziqish bilan tingladi.
Noyob mikrob ustidagi tajribalar qizg‘in davom 
ettirildi. Professor chet ellik hamkasblari va ustoz­
lariga ustma­ust telegrammalar yo‘llab, ularni bu 
yangilikdan ogoh qildi. Shifoxona chinakam il miy 
tekshirish markaziga aylandi. Vrachlar, assis­
tent va talabalar zavq­shavq bilan ishga sho‘ng‘ib 
ketishdi.
Dum­dumaloq mikrob sun’iy sharoitda birdan 
ipday cho‘zilib, shakli o‘zgarib qolganini ko‘rishi 
bilanoq uch assistent hovliqqanicha professorning 
xonasiga beso‘roq kirib keldi. Professor azbaroyi 
jo‘shib ketganidan barmoqlarini shiqirlatib, uy 
ichida yo‘rg‘alab o‘ynayotgan ekan. Voqeani darhol 
xabar qilishdi.
– Hammani to‘planglar, – deb buyurdi u.
Xona ichi yana liq to‘ldi. Professor yig‘ilganlar­
ni yangilikdan xabardor qilgach, bu noyob mikrob 
haqida kitob yozish niyati borligini aytdi.
– Xo‘sh, bemorning o‘zi qalay? – deb so‘rab qoldi 
u davolovchi assistentdan.
– Og‘riq to‘xtadi.
– Aniqroq qilib gapiring.
– Ikkala ko‘zi ko‘rmay qoldi.
– Ana, aytmadimmi, – dedi professor og‘zi qu­
log‘iga yetib, – agar qirq sakkiz soat ichida zudlik 
bilan chora ko‘rilmasa, bemor ko‘zdan qoladi, og‘riq 
taqqa to‘xtaydi. Bemorning ko‘zlarida o‘tgan kuni 


194
Aziz Nesin
ertalab sanchiq boshlangan, hisobga ko‘ra mana 
bugun bosilishi kerak edi. Shunday bo‘ldimi?
– Shunday, – dedi uning gapini ma’qullab 
davolovchi assistent.
– Ilmda hikmat ko‘p, yigitlar. Mana, aytganim 
keldi...
Noyob mikrob ustidagi kuzatuvlarini davom etti­
rish maqsadida professor shogirdlarini ergashtirib, 
yengil qadam tashlaganicha to‘g‘ri laboratoriyaga 
kirib ketdi.
Miad Hakimov
tarjimasi

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish