Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

«Ona tarbiyasi»
– Asalari, odatda, kichkina bo‘ladi. Qanotlari 
ham bor. Doim uchib yuradi. O‘zi asal qiladi. Kishi 
organizmiga asalning foydasi katta. G‘oyat foyda­
li narsa. Asalni nonushtada yoki ovqatdan keyin 
iste’mol qilish mumkin. Murabbosi ham lazzatli. 
Aslida asal ikki xil bo‘ladi...
Notiq og‘zidan bol tomib, asalarichilik xususida 
rosa ma’ruza qilib bo‘lgach, bevosita arilarga o‘tdi.
– Men sizga aytsam, arilar ikki xil bo‘ladi – qovo­
qari va asalari.
Zalda g‘ala­g‘ovur boshlandi. Direktorning sabri 
tugadi.
– Xo‘sh, asalarining kimga keragi bor?
– Asalarimi? Axir undan asal olinadi.
– Yaxshi, asalning nima keragi bor?
– Nega keragi bo‘lmasin? Asal hamma narsaga 
kerak.
– Xo‘p, maktabga asalning nima aloqasi bor?
– Ruxsat etsinlar, buyog‘ini endi aytaman. Hozir 
bir janob farzandlarimizning olgan bilimidan biror 
naf bo‘lsin, turmushda foydasi tegsin, deb gapir­
di. Juda to‘g‘ri taklif. Men o‘g‘limdan qiyos qila­
man. O‘g‘lim uchburchak burchaklarining yig‘in­
disi bir yuz sakson gradus bo‘lishini biladi­yu, lekin
asa l ari haqida mutlaqo tasavvuri yo‘q. Xo‘sh, o‘sha 
burchaklar yig‘indisi yuz sakson gradus bo‘ladi mi 
yoki besh mingmi – buning kimga keragi bor? Qan­
cha bo‘lsa bo‘laversin. Mana, o‘zlaringiz ay ting­chi, 
shuncha yil yashab, qaysi birimizga kerak bo‘lib 
qoldi bu narsa? Birov bizdan uchburchakni so‘ra­
dimi? Aslo yo‘q. Shunday ekan, har xil bema’ni 
narsalar bilan o‘g‘il­qizlarimizning miyasini achit­
ishmasin. Ularga foydali narsalarni, masalan, 
aytaylik, asalarichilikni o‘qitishsin. Turkiya faqat 


124
Aziz Nesin
asalarichilik hisobiga taraqqiy etishi mumkin. 
Zotan, asalari qo‘y bilan sigirdan farq qiladi. Sigir 
sut beradi­ku, lekin unga yem­xashak kerak. Asal­
ari bo‘lsa sizdan hech nimani talab qilmagan holda 
mo‘l­ko‘l bol beradi.
– Taklifingiz juda to‘g‘ri, janob, – dedi bir kishi 
o‘rnidan turib. – Ammo shahar sharoitida asala­
richilikni rivojlantirib bo‘lmaydi. Nega desangiz, 
shaharning havosi yomon, chang­to‘zon, tutun 
serob. Asalari bunga qanday chidaydi? Qolaver­
sa, asalaridan sharoitga qarab asal olish mumkin. 
Shahar ichida u asal emas, qatron berishi mum­
kin. Shundoq, afandim. Endi mening boshqa bir 
taklifim bor. Asalarichilik bilan boshni qotirgan­
dan ko‘ra, tovuqlarga e’tibor bergan ma’qul. Tovuq 
yaxshi narsa. Farzandlarimiz tovuq boqish hunari­
ni yaxshilab egallab olishsa bormi...
Direktor uning gapini bo‘ldi.
– Men yana qaytarib aytaman, afandim. Mak­
tabda asalarichilikni yo‘lga qo‘yish, tovuq yoki si­
gir­buzoq boqish bizga bog‘liq emas. O‘quv dastur­
lari Maorif vazirligida tasdiqlanadi. Qolaversa, bu 
yer qishloq xo‘jaligi maktabi emas.
– Mavzudan ancha chetga chiqib ketgan ko‘ri­
namiz, – dedi po‘rim bir ayol o‘rnidan turib. – «Maktab 
va oila ittifoqi»ning a’zosi sifatida mening bir taklifim 
bor. Maktabda yashash sharoiti og‘ir bolalar ham 
o‘qiydi. Shularga yordam berish kerak. Xo‘sh, nima 
qilamiz? Lotereya o‘ynab pul to‘playmizmi yoki o‘tgan 
yildagidek ularga bir kecha uyushtirib beramizmi?
Uzoq tortishuvlardan keyin yo‘qsil bolalarga 
bir kecha uyushtirib berishga qaror qilishdi. Shu 
yerning o‘zidayoq ota­onalardan xayr­ehson puli 
yig‘ib olindi.


125
«Ona tarbiyasi»
Majlis tugab, hamma o‘qituvchilarni o‘rab oldi. 
Har kim o‘qituvchidan o‘z farzandini surishtira 
ketdi. Biz, navbatchilar zalga kirib, mehmonlar­
ning oldiga choy, limonad, pecheniy qo‘yib chiqdik.
Ochig‘ini aytsam, shu kuni rosa xumordan 
chiqdim. Qani endi shunaqa majlislar tez­tez bo‘lib 
tursa. Sizlarda ham majlis bo‘lib qolsa, bir ilojini 
qilib albatta kir. 
Majlisga oyim borgan edi. Uyga qaytgach, oyim­
dan: «Siz ham nimaga so‘zga chiqmadingiz?» – deb 
so‘radim.
– Navbat tegdimi o‘zi menga? Hammasi og‘ziga 
kelganini vaysaydi.
– Aytadigan gapingiz bormidi?
– Nega bo‘lmas ekan? Nima, menda lab­dahan 
yo‘qmi?! Biror nimani topib gapirardim. Gal be­
rishmasa nima qilay?
Mana, Ahmad, xatim yana cho‘zilib ketdi. Seniki 
holva ekan.
Minega aytib qo‘y, haligacha undan javob ol­
ganim yo‘q. Senga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir,
Anqara, 24-yanvar, 1964-yil

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish