129
«Ona tarbiyasi»
Shu gaplarni eshitib o‘tirib, miyamga g‘alati bir
fikr keldi. Aytaylik, o‘tirganlardan biri yana o‘g‘il
chasini maqtab ketadi. «O‘g‘lim tushmagur endi
yigirmaga chiqdi. Tunov kuni onasini emib o‘tir
ganida menga qarab: «Dada, menga
xotin olib
bering!» deb qolsa bo‘ladimi. Yo tavba! Shu yosh
da bolaning tili chiqqanini ko‘rganmisiz?! Voy
zamonangdan o‘rgilay shunqorlarey!» Buni eshi
tib, hamma yoqa ushlaydi. Shu narsaning bo‘lishi
mumkinmi? Albatta mumkin. Boyagi gaplarni ayt
gan odamlarning shunga aqli yetmasmidi?
Qaysi bir kuni qo‘shnimiz yangi gap topib keldi.
Bir yarim yashar bolasi atakchechak qilayotgan
emish. Oyimga shuni quvonaquvona gapirdi. Men
hayron bo‘ldim. Nima, bir yarim yashar bola yur
masdan uchishi kerak ekanmi?
Yosh bola nima hunar ko‘rsatsa, hammasi
ga ajablanaverishar ekanda. Qiziq, go‘dakning
tili chiqqanigayam hayron bo‘lishadi. Bola degan
odamga o‘xshab gapirmay, bo‘riga o‘xshab uvil
lashi kerak ekanmi?! Tavba.
Miyasi butun bolalar
birpasda uyimizni boshga
ko‘tarib, to‘sto‘polonini chiqarib yuborishdi.
Boyagi muhandisning Toriq degan o‘g‘li bor.
Kap-katta bola, o‘rta maktabning ikkinchi sinfida
o‘qiydi. Muhandis shu o‘g‘lidan gap ochdi.
– Yoshligida Toriq juda ajoyib bola edi. Nimaga
dir keyin o‘zgarib qoldi.
– Qani, qani, nimasi ajoyib edi? – qiziqib so‘radi
kichik amakim.
Injenerning o‘g‘li ham shu yerda. Otasi gapiryap
tiyu, men unga razm solaman: turqi sovuq, so‘tak
bir bola, xolos.
130
Aziz Nesin
Toriqni onasi chaqirib qoldi. Uning uchto‘rt
marta ovozi eshitilgan bo‘lsayam, Toriq miq etmay
o‘tiraverdi. Oxiri derazani ochib o‘shqirdi:
– Ha! Nima deysan?
Otaonalar o‘z
farzandlari nimalarga qodir
ekanini bir ko‘rsatib qo‘yishmoqchi edi. Hamma
shu fursatni sabrsizlik bilan kutardi. Oxiri katta
amakining sabri chidamadi. U besh
yashar qizini
imlab chaqirdi.
– Qani, qizim, amakilaringga ashula aytib berchi.
Maza qilib bir eshitsin. Qizcha jilpanglab, noz qildi.
– E-e...
– Bo‘la qol, oppoq qizim.
– Aytgim kelmayapti.
– Akasingilning musiqaga juda ixlosi baland, –
qistirib o‘tdi kelinoyim. – Kuyni darrov ilib olishadi.
Pianino chalganda qo‘llari biram kelishib turadiki.
Pianino bo‘lganda o‘g‘lim boplab
menzurka chalib
berardiya.
– Menzurka emas, mazurka, xonim, – dedi
amakim uni tuzatmoqchi bo‘lib.
– Menzurkami, manzurkami – hammasi bir go‘r
emasmi... Yoshligimda men ham musiqa shaydosi
edim, ikkovi menga tortgan.
Qizlarini yana qistab
ketishdi. – Bo‘l endi, qizim. Aytmasang, hay olib
bermayman.
– Obermasangiz obermang. Navbat poraga keldi.
– Ashula aytib bersang, bitta shokolad beraman.
– Nimani aytay?
– «Bey o‘g‘lining qizlari»ni.
Amakim
tunuka choynakni olib, qopqog‘ini
tiqillatdi. Kelinoyim barmoq shiqillatdi. Nihoyat,
chi yillagan bir ovoz eshitildi. Qo‘shiq boshlandi.
«Bey o‘g‘lining qizlari, yorey, Bey o‘g‘lining qizlari,
yorey, Suzilib turar ko‘zlari, yorey...»