maksimal chuqurda joylashgan. U to‘g‘ri ichak ortki yarim
doirasi atrofida halqa
hosil qiladi. Puborektal mushak orqada mahkamlanishga ega emas, shuning uchun
ham qisqarganda u rektal burchak hosil qilgan holda to‘g‘ri ichakni oldinga
«tortadi». Boshqa levator mushaklar orqaga mahkamlanadi. Mos ravishda ularning
qisqarishi to‘g‘ri ichakni voronkasimon siqqan, lekin anorektal burchakni
o‘zgartirmagan holda vertikal tekislikda sodir bo‘ladi. Puborektal mushak
funksiyasini yo‘qotganida ichki va tashqi sfinkterlar qanday holatda joylashishidan
qat’iy nazar, deyarli darrov ushlanmaslik kelib chiqadi.
Anorektal burchak normada vertikal holatda joylashgan har qanday odamda
bo‘ladi. Yotgan holatda puborektal mushak nisbatan relaksatsiyalangan,
lekin
gorizontal pozitsiyada ushlanish bu burchak bo‘lmaganida ham ta’minlanishi
mumkin. Vertikal holatga o‘tilganda puborektal mushak tonusi sezilarli o‘sadi,
anorektal burchak o‘rnatiladi va ushlash mexanizmi ishga tusha boshlaydi.
Puborektal mushak tonik qisqarish holatida qolishi mumkin, garchi oldin bu
xususiyat faqatgina silliq mushak mushaklariga xos deb hisoblangan bo‘lsada.
Puborektal mushak ham ixtiyoriy, ham beixtiyoriy fazali qisqarishlarga qodir, bu
uning tonusini kuchaytiradi. Doimiy tonus holatida bo‘lish propriotseptiv reflektor
mexanizmi bilan bog‘liq. Sensor retseptorlar umurtqaning lyumbosakral bo‘lim
gangliyalari bilan bog‘liq puborektal va levator mushaklar ichida joylashgan.
Beixtiyor fazali qisqarishlar reflektor yoy bilan puborektal sensor retseptorlardan
umurtqaning bel-dumg‘aza bo‘limiga va teskari ta’minlanadi.
Lyumbosakral bo‘limdan yuqorida orqa miyaning kesishuvi bu beixtiyor
fazali qisqarishlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ixtiyoriy qisqarishlar esa kortikal markaz-
lardan boshqariladi, shuning uchun ham ular orqa miya kesishuvida yo‘qoladi.
Ichki va tashqi sfinkterlar va puborektal mushakning
birgalikda normal
funksiyalashi ham shakllangan, ham suyuq tarkibning ushlanishini ta’minlaydi.
Shakllangan kal massalari yoki ham zich, ham yarimshakllangan massalarning
katta hajmini ushlab turish ko‘proq puborektal mushak bilan yaratiladigan in-takt
anorektal burchak hisobiga ta’minlanadi. zich bo‘lmagan tarkib yoki yarim
shakllangan kalning kichik hajmlarini ushlash asosan sfinkter funksiyasi bilan
ta’minlanadi. Anal kanalining shakllanmagan kal
massalarini ushlashdagi eng
muhim qismi – bu uning eng distal 2 santimetri, ya’ni, puborektal mushakdan
pastda joylashgan soha.
Pastofiziologiya. «qotish» tushunchasi stul ushlanishi ko‘rinishida namoyon
bo‘ladigan ichakni o‘z vaqtida va doimiy bo‘shatilish qobiliyatining buzilishi
sifatida aniqlanadi. Qotish sabablari ko‘p, lekin ulardan asosiylari quyidagilar: (1)
besh defekatsiya jarayonlarining har qandayidagi buzilish; (2) yo‘g‘on yoki
ingichka ichakning ancha proksimal bo‘limlaridagi o‘zgarishlar yoki harakatlanish
faolligining umumiy (total) buzilishi; (3) normal
harakatlanish faolligi va
defekatsiya jarayoni o‘zgarishi bo‘lmaganida anomal stulning bo‘lishi. Garchi
bolalardagi qotish ming yillar davomida ma’lum bo‘lgan anorektal funksiyaning
eng ko‘p uchraydigan buzilishlaridan biri hisoblansada, biroq hatto bu
tushunchaning («qotish») aniqlanishi shifokorlar orasida muzokaralarning doimiy
predmeti bo‘lib qolmoqda.
Normal deb baholanadigan defekatsiya jarayoni sog‘lom bolalar orasida juda
variatsiyali. Va bir ota-onada havotir uyg‘otadigan bu jarayonning buzilishi
boshqalari tomonidan xotirjamlik bilan qabul qilinadi. Bir yoshdan o‘tgan
bolalarda stul
ham kuniga bir necha marta, ham 5 – 7 kunda bir marta bo‘lishi
mumkin. Va unisiyam bunisiyam normal holat kabi baholanishi mumkin. Qotishlar
haqida kal massalari juda zich bo‘lganida, ichakning bo‘shatilishi qiyinchilik bilan
bo‘lganida yoki og‘riq hislari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda gapirish mumkin.
Hayotning birinchi yili davomida kun ora ichakning bo‘shatilishi havotir
chaqirishi va sabab qidirish uchun asos bo‘lishi kerak. Yangi tug‘ilganlik davrida
mekoniy bo‘shatilishining har bir ushlanishida qandaydir patologiya borligi
ehtimoli haqida o‘ylash, va mos ravishda, eng e’tiborli tekshiruv uchun barcha
kerakli choralarni ko‘rish kerak. Garchi homilaning turli buzilishlarida mekoniy
qorin ichida ajrala boshlashi mumkin bo‘lsada, biroq normada 94–98 % muddatida
tug‘ilgan bolalarda va 76 % muddatidan oldin tug‘ilganlarida mekoniy hayotining
birinchi 24 soati davomida ajraladi, va 100 % muddatida va 98,8 %
muddatidan
oldin tug‘ilgan bolalarda – birinchi 48 soat davomida ajralib bo‘ladi.
Qotishlar bilan bog‘liq muammolar ahamiyatli va ahamiyatsiz bo‘lishi
mumkin.
Qotishlarning
sabablari
turli
yoshlarda
katta
chegaralarda
variyatsiyalanadi, lekin har qanday holatda ular 5 asosiy guruhdan biriga tegishli
bo‘ladi: (1) stul xarakterining o‘zgarishi; (2) tuzilmali (anatomik) buzilishlar; (3)
nervologik yoki mushak (tashqi) buzilishlar; (4) harakatlanish faolligining ichki
buzilishiv va (5) funksional sabablar.
Do'stlaringiz bilan baham: