Yadroviy nurlanishlar va ularni qayd qilish usullari. Myassbauer effekti
Reja:
Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari
Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari
YAdro reaksiyalari
YAdroning bog’lanish va solishtirma bog’lanish energiyasi. YAdro kuchlari
YAdroning massalarini eng aniq o’lchash natijalari shuni ko’rsatadiki, yadrroning tinchlikdagi massasi M uni tashkil qilgan protonlar bilan neytronlarning tinchlikdagi massalari yig’indisidan hamisha kichik bo’ladi:
. (5.1)
YAdroni alohida nuklonlarga to’liq ajratish uchun zarur bo’lgan energiya yadroning bog’lanish energiyasi deyiladi va u quyidagi ifodadan topiladi:
(5.2)
bunda - massa defekti deb ataladi va u
(5.3)
dan topiladi. (5.3) dan foydalanib (5.2) ni ko’rinishini
(5.4)
ga o’zgartiramiz.
Bitta nuklonga to’g’ri keluvchi yadroning bog’lanish energiyasi yadroning solishtirma bog’lanish energiyasi ( ) deyiladi.
(5.5)
Nuklonlar o’rtasida ta’sir etuvchi va yadroning turg’unligini ta’minlovchi kuchlarga yadro kuchlari deyiladi. YAdro kuchlari gravitatsion va elektromagnit ta’sirlashuv kuchlaridan farqli o’laroq, o’ziga xos kuchlar bo’lib hisoblanadi.
2. Radioaktivlik hodisasi. Radioaktiv yemirilish turlari va zaralari
YAdroning o’z-o’zidan bir yoki bir nechta zarrachalar chiqarish hodisasi radioaktivlik deyiladi. SHunday yadrolarni radioaktiv yadrro deb yuritiladi.
Radioaktiv yadrolarning o’zidan biron-bir turdagi zarralarni chiqarib, boshqa yangi yadroga aylanish jarayoni radioaktiv yemirilish deyiladi. Radioaktiv yemirilishda radioaktiv yadrolarning sonining o’zgarishi
(6.1)
qonun bo’yicha o’zgaradi. Ushbu ifodani radioaktiv yemirilish qonuni deb yuritiladi, bunda λ – yemirilish doimiysi.
Tabiatda mavjud yadrolarning radioaktivligi tabiiy radioaktivlik deyiladi. Ba’zi hollarda radioaktiv yadrolar biron-bir turg’un yadrolarni zaralar bilan yoki yadrolar bilan bombardimon qilish natijasida hosil bo’ladi. Bunday radioaktivlikni sun’iy radioaktivlik deyiladi.
Radioaktiv moddani magnit maydoniga joylashtirilsa zarralar dastasi uch qismga α- zarrachalar, β- zarrachalar, γ-zarachalarga bo’lingan.
Radioaktiv yemirilishlarning 5 xili uchraydi. SHulardan ikki xilini ko’rib chiqimiz.
α-emirilish. Og’ir yadrolarning o’z-o’zidan α- zarrachalar chiqarish jarayoni α- yemirilish deyiladi. U
ZXA Z-2UA-4 2He4 (6.2)
siljish qoidasiga bo’ysunadi.
β-emirilish. YAdrolarning o’z-o’zidan elektronlarni (β ) yoki protonlarni (β ) chiqarishi β-emirilish deyiladi. Ular
ZXA Z+1UA e- e (6.3)
ZXA Z-1UA e+ e (6.4)
siljish qoidalariga bo’ysunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |