3 – Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Kasblarning tiplari, turkumlari, bo‘limlari, guruhlari



Download 452,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana10.04.2022
Hajmi452,17 Kb.
#540795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 амалий tayyor

2. «Odam-texnika» (T). 
Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy etakchi predmeti 
texnika obyektlari (mashinalar, mexanizmlar va boshqa shunga o‘xshashlar), 
materiallar, energiya turlaridan iborat bo‘ladi. Jonsiz tabiat obyektlari (Er osti 
boyliklari, tuproq, suv, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ham ko‘p jihatdan 
shularga o‘xshagan bo‘ladi. 
Bu yerda xodimlarning mehnati faqat texnikagagina qarati-lib qolmaydi, albatta. 
Chunonchi, trolleybus haydovchisi ish vaqtida passajirlar bilan muloqotga kirishadi, 
kran mashinisti (kranchi) qishloq xo‘jalik hayvonlari qamalgan qafaschani ortish 
bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin va hokazo. Lekin baribir mazkur holatlarda 
xodimlarning professional diqqat-e’tibori qaratiladigan va ular g‘amxo‘rlik qiladigan 
etakchi predmet - texnika obyektlari va ularning xususiyatlari bo‘lib qolaveradi. 
«Odam-texnika» tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: qazib 
olingan tuproq, tog‘ jinslariga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: 
proxodkachi, buldozer mashinisti, burg‘ulash kurilmasining dizelisti, kon texnigi, 
muxandis-geolog va shunga o‘xshashlar; 
nometall sanoat materiallari, buyumlar, chala mahsulotlarga ishlov berish va ulardan 
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: duradgor, keng profildagi optik, to‘quvchi, 
tikuvchi-modelyer, muxandis-texnolog va boshqalar; 
metall ishlab chiqarish va unga ishlov berish, mashinalarni, priborlarni mexanik 
usulda yig‘ish va montaj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: tokar, programma bilan 
boshqariladigan stanoklar operatori, slesar-asbobsoz, texnik-metallurg, yarim avtomat 
mashinalarda elektr bilan payvandlovchi va hokazo; 
texnologiya mashinalari, jihozlari, transport vositalarini remont qilish, sozlash va 
ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: ta’mirlovchi-chilangar, 
texnologik jihozlar sozlovchisi, muxandis-mexanik va boshqalar; 
binolar, inshootlar, konstruksiyalarni montaj, tamirlash bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: 
armaturachi-betonchi, qo‘lda ishlatiladigan asbob bilan kavsharlovchi-elektr 
payvandlovchi, chilingar-tamirlovchisi, arxitektor va boshqalar; 
elektr jihozlarini, priborlarni va apparatlarni yig‘ish, montaj qilish bilan bog‘liq 
bo‘lgan kasblar: elektr montajchisi, radioapparatlar va priborlar montajchisi, 
mikrosxemalarni yig‘uvchi, soatsoz yig‘uvchi, injener-fizik va boshqalar; 
elektr jihozlari, priborlar, apparatlar remonti, sozlanishi va ularga xizmat ko‘rsatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: radio va televizion apparatlarga xizmat ko‘rsatish va 


ularning remonti bo‘yicha radiomexanik, elektrochilangar, programma bilan 
boshqariladigan stanoklarni sozlovchi, elektr aloqalari texnigi, radio-fizik va 
boshqalar; 
yuk ko‘tarish, transport vositalarini qo‘llanish va ularni boshqarish bilan bog‘liq 
bo‘lgan kasblar: avtomobil haydovchisi, doker-mexanizator, aviakompaniyalarnining 
uchuvchisi, avtomobil transportidan foydalanish muxandisi va boshqalar; 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar: oshpaz, 
nonvoy, oziq-ovkat mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha muxandis-texnolog va 
boshqalar. 
Texnika obyektlarini qayta ishlash, o‘zgartirish, qayta joylashtirish yoki baholashda 
xodimdan nihoyatda aniq ishlash, o‘z xatti-harakatlarida qat’iyatli bo‘lish talab 
qilinadi. Modomiki texnika obyektlari amalda har doim odamning o‘z qo‘li bilan 
yaratilar ekan, texnika olamida novatorlik, fikr-mulohaza qilib ko‘rish uchun, texnika 
ijodkorligini namoyish qilish uchun ayniqsa katta imkoniyatlar mavjuddir. Ishga 
ijodiy yondashish bilan bir qatorda texnika sohasida (xullas, boshqa hamma joyda 
ham) odamdan yuksak darajada ijrochilik intizomi talab qilinadi. 
Bordi-yu, siz ko‘p savollarga «ha» deb javob berar ekansiz, chamasi, sizga «odam 
— texnika» tipidagi kasb to‘g‘ri keladi. 

Download 452,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish