3 – Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Kasblarning tiplari, turkumlari, bo‘limlari, guruhlari



Download 452,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana10.04.2022
Hajmi452,17 Kb.
#540795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3 амалий tayyor

3.
 
Tadqiqotchilik kasblari (I). 
Mazkur turkumning nomi izoh berishni talab 
qiladi. Bu nomga karab, mazkur kasb qidiruv ishlari bilan (masalan, geologik qidiruv 
ishlari bilan) yoki ilmiy tadkiqotlar bilan, albatta, bog‘liq kasb bo‘lsa kerak, 
deb 
o‘ylamaslik kerak. Bu erda o‘zgartiruvchi turkumga yakin bo‘lgan kasblar to‘g‘risida 
gap boradi. 
Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi — qandaydir bir 
noma’lum narsani, buning ustiga ko‘pincha cheklangan bir vaqt sharoitida 
qidirishdan iborat bo‘ladi. Buni biz poyabzal sirtini tayyorlaydigan bichiqchi ustaning 
ishi misolida tasvirlab berishga harakat qilamiz. U bir parcha charmni qo‘liga olib, uni 
pressning plitasi ustiga qo‘yadi, material ustiga qirqish asbobi — rezakni joylashtiradi, 
udarnikni ish ustiga shunday yaqinlashtiradiki, u shundaygina rezak ustiga kelib 
qoladi va shundan keyingina stanokni yurgizadi. Sirtdan qaraganda, hammasi oddiy 


ishga o‘xshab tuyuladi. Lekin har bir charm parchasi o‘zining shakli, o‘lchovi, yaqqol 
ko‘zga ko‘rinib turgan va ko‘rinmay turgan sifatlari bo‘yicha boshka hech bir 
shunday charm parchasiga o‘xshamaydigan darajada betakrordir (charmning turli 
joylari qalinligi bilan bir-biridan farq qiladi, turlicha deformatsiyalanadi, unda 
yorilgan, kesilgan joylar va boshqa shunga o‘xshash nuqsonlar mavjud bo‘ladi, 
materialning turli kismlari poyabzalning muayyan detallarini tayyorlash uchun 
yaroqli bo‘ladi). Charm — kimmatbaho material, shuning uchun undan juda oz 
darajada chiqindi chikadigan qilib bichish ayniksa muhim ahamiyatga egadir. Har bir 
material parchasi ko‘lga olinganida bu haqda uzoq o‘ylab o‘tirish uchun vaqt yo‘q. 
Shunday bo‘lgach, har safar ayni mana shu charm parchasi bichig‘ining kanday kilib 
eng yaxnsh variantini topish mumkin, kanday qilinganda eng tejamli va eng sifatli 
variant bo‘ladi, degan murakkab vazifa ko‘ndalang bo‘lib turadi. 
O‘zgartiruvchi turkumdagi kasblarga razmetkachilik (kemasozlik sohasida, metallga 
ishlov berish sanoatida), yakka tartibda kiyim tikish atelyesining bichikchilik kasbini 
va boshka shunga o‘xshash kasblarni kiritish mumkin. 
Quyida keltirilgan ikki xil kasb ishchilari mehnatini bir-biriga taqqoslang. Ulardan 
qaysi biri ko‘proq murakkab amaliy vazifalarni hal etadi? 
Ko‘chma beton qorish mashinasining motoristi. Belgilangan re-tseptlarga muvofik u 
yuk tashish qurilmalarining yordamida sement, qum va boshqa zarur komponentlarni 
aralashtirish agregatlariga to‘kadi. Mana shu agregatlarni tokka ulab yurgizadi, 
o‘chiradi va shu yo‘l bilan beton, qorishma hamda boshqa shunga o‘xshash narsalar 
ishlab chiqarish bo‘yicha berilgan rejimni bajaradi. 
Skreper mashinisti (er qazish-transport mashinasi mashinisti). Kurilishda skreper 
mashinistlari qurilishga birinchi bo‘lib qadam qo‘yadigan kishilardir. Ular hali yo‘l 
qurilmagan sayhonlikda birinchi bo‘lib ish boshlaydilar; ba’zan juda chuqur 
joylardan, masalan, kotlovanlardan yurib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Mashinist kovshning 
holatini kuzatib boradi, kovsh tuproqqa qanday to‘lib borayotganligini tekshirib 
turadi. Tuproqning xususiyatiga qarab (u yaxlagan bo‘lishi, sochma bo‘lishi, loy 
aralashgan toshloq bo‘lishi mumkin va hokazo) uni surish rejimini muvofiqlashtirib 
turadi, ya’ni surib tekislanadigan tuproq qatlamining qalinligini o‘zgartiradi. 
Mashinist o‘z ishida texnika hujjatlariga (texnologiya kartasiga, barpo etilayotgan 
inshoot sxemasiga) amal qiladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan kasblarning uch turkumga bo‘linganligi — shartli 
bo‘linishdir. Shunday kasblar ham borki, ular ikki yoki hatto mana shu uchala 
turkumdagi kasblarning hammasiga xos bo‘lgan belgilarni turli darajada o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘ladi. Chunonchi, o‘qituvchilik kasbi o‘zgartiruvchi kasblar 
sinfiga mansubdir, biroq imtihonlar davriga kelib, o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimini 
tekshirayotgan, baholayotgan vaqtda meh-natning maqsadi ko‘proq gnostik kasblarga 
xos bo‘lib qoladi. Sozlovchi-chilngar dastlab mexanizmning buzilgan joyini topadi, 
keyin uni tuzatadi, bunday buzilish boshqa takrorlanmasligi uchun nimalar kilish 
kerakligi to‘g‘risida o‘ylaydi. Bu erda mehnat maqsadining har uchala turi bilish, 
o‘zgartirish va tadqiq etish turlari mavjud. Lekin har qanday kasbda ham mehnatning 
asosiy maqsadi nimadan iborat ekanligini belgilab olish mum-kin va u mana shu 
maksadga qarab muayyan bir turkumga kiritiladi. 



Download 452,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish