qattiqqo„llik, adolatlilik bilan qo„shilgan mehr – muhabbat bo„lib, ana shu
sifatga ega bo„lgan shaxs o„zining ko„p vaqtini va kuchini o„quvchilar
tarbiyasiga bag„ishlaydi. Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash o„qituvchi
shaxsiga xos sifat. Zero haqiqiy pedagog to„la ma‟nodagi jamoatchi bo„lib,
bolalarga hayotda ijtimoiy faol xolatda turishning amaliy namunasini ko„rsatadi.
O„qituvchining muhim fazilati – kishilar bilan tez kirisha olish, ko„pchilikka
aralasha bilish, ulfatijonlik, dilkashli bo„lib, bu unda muomala madaniyatining
yuksakligini ifodalaydi. CHunki o„qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa
qilishga ular bilan ishlashga to„g„ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan
holda, o„quv – tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yuritish uchun kasbiy
jihatdan ahamiyatli asoslar bo„luvchi pedagogning insoniy xislatlari muhim
ahamiyatga ega bo„lmoqda. O„qituvchi uchun muhim hislat – insonparvarlik,
ya‟ni o„sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabatda bo„lish lozim. Insoniy
munosabatlar o„qituvchining shaxsiga qiziqish, o„quvchiga nisbatan xayrixohlik,
unga yordam berish, ularning gapiga quloq solmoq, uning o„quvchilik faoliyatiga
yuksak talabchanlik, o„quvchi shaxsi rivojlanishiga tashvish qilishdan iborat.
O„qituvchi doim faol, ijodkor shaxs. U o„quvchilarning kundalik hayotini
uyushtiruvchi odam. O„quvchilarning qiziqishini uyg„otish, ularni o„zi bilan
etaklab yurish faqat yuksak irodali kishi qo„lidan keladi. Sinf, auditoriya,
o„quvchilar jamoasi kabi murakkab organlarga pedagogik rahbarlik qilish
tarbiyachidan topqir, zehni o„tkir, savodli, har qanday vaziyatlarni mustaqil
echishga doim tayyor bo„lishligini talab qiladi. Pedagog – o„quvchilarga o„rnak,
o„z orqasidan yurishga unday oladigan odam. O„qituvchiga kasbiy jihatdan
kerakli xislatlardan biri bu sabr-toqat va dadillik. O„qituvchining har qanday
sarosimaga tushganini, nochorligini o„quvchilar sezishi va ko„rishi zarur emas.
Bu borada A.S.Makarenko – “tormozsiz o„qituvchi – bu buzuq, haydab
bo„lmaydigan mashina” – deb qayd qilgan. Buni hamisha esda tutish kerak, o„z
harakati va axloqini nazorat qilishi lozim. O„quvchilar tubanlashmasligi,
arzimagan narsalarga asabiylashmasligik kerak. O„qituvchi Xarakterida qalbdan
mehribonlik – o„quvchilar ruhiy holatini, ularning kayfiyatini sezishga imkoniyat
beradigan va vaqtida yordamga kelish imkoniyatini beradigan o„ziga xos
barometr. O„z tarbiyalanuvchilarining bugungi kun kelajaklari uchun xavotirlik –
bu pedagogning tabiiy o„zining shaxsiy mas‟uliyatini anglash. O„qituvchi –
talabchan bo„lishi shart. Bu uning muvafaqqiyatli ishlashining birinchi sharti.
Dastlabki eng yuksak talablarni o„qituvchi o„ziga taqdim qilishi kerak, chunki
o„zingda yo„q narsani birovlardan talab qila olmaysan. Pedagog talabchanligi
bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo„lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda bo„lib
turadigan keskinliklarni xolis qilish uchun tarbiyachiga xazil mutoyiba tuyg„usi
Do'stlaringiz bilan baham: |