etishtirilmog„i lozim: Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid
qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bo„lgan o„qituvchi fanni o„quv kursi
hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O„z fani sohasidagi
kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. Tushuntira olish qobiliyati – o„quv
materialini o„quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o„quvchilarda
mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg„otish qobiliyati. Kuzatuvchanlik
qobiliyati – o„quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish
qobiliyati, o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy xolatini juda yaxshi
tushuna bilish bilan bog„liq bo„lgan psixologik ko„zatuvchanlikdir. Nutq
qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o„z fikr va
tuyg„ularini aniq ifodalash qobiliyati. Bu o„qituvchilik kasbi uchun juda muhim.
Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan, o„quvchilar jamoasini uyushtirish,
jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o„z ishini
to„g„ri uyushtirishni nazarda tutadi. Obro„ orttira olish qobiliyati –
o„quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta‟sir ko„rsatish va shu asosda
obro„ qozona olish. Obro„ faqat shu asosdagina emas, balki o„qituvchining fanni
yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazo. To„g„ri muomala qila bilish
qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazaridan
juda samarali o„zaro munosabatlar o„rnata bilish, pedagogik nazokatning
mavjudligini bildiradi. Kelajakni ko„ra bilish qobiliyati – o„z harakatlari oqibatini
ko„ra bilishda, o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishini tasavvur qila
olishida, tarbiyalanuvchilarda qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini
oldindan ayta olish. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – o„qituvchi uchun
diqqatning barcha xususiyatlari – hajmi, kuchi, ko„chuvchanligi, idora qilina
olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Pedagogining
amaliy faoliyatida barcha qobiliyatlar bir xil muhimlikka egamikan? Ma‟lum
bo„lishicha, unday emas. So„nggi yillarda o„tkazilgan tadqiqotlar “etakchi” va
“yordamchi” qobiliyatlarni ma‟lum qiladi. Etakchi qobiliyatlar – pedagoglar
orasida o„tkazilgan ko„p sonli so„roqlarga ko„ra, pedagogik ziyraklik
(kuzatuvchanlik), didaktik, tashkiliy, ekspressiv qobiliyatlardan iborat. Qolgan
qobiliyatlar yordamchi qobiliyatlar qatoriga kiradi. O„qituvchi yuqorida
ko„rsatilgan qobiliyatlardan tashqari, bir qancha kasbiy sifatlarga – aniq
maqsadni ko„zlash, qat‟iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ega
bo„lishi kerak. Bunday xususiyatlar bo„lmasa, o„rta pedagogik darajasidan
yuqoriga ko„tarila olmaydi. E‟tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash –
o„qituvchining asosiy sifatlaridan birir. O„quvchilarga mehr – muhabbat
o„qituvchining eng muhim fazilati. Bu o„quvchilarning hamma qilmishlarini
kechirish, ularga hushomadgo„ylik qilish emas, balki talabchanlik va
Do'stlaringiz bilan baham: |