6.1. Yer po’stining geologik tarixini o’rganish usullari. Yer
po’sti hosil bo’lgan vaqtidan boshlab uning rivojlanish tarixi va
qonuniyatlarini tarixiy geologiya fani o’rganadi. Yer po’stining
rivojlanish tarixini o’rganish quruvchilar uchun nihoyatda muhim
bo’lgan tog’ jinslarining xossalarini, ularning yotish va tarqalish
sharoitlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tarixiy geologiya fanining asosiy vazifalaridan biri tog’ jinslarini,
hosil
bo’lish vaqti bo’yicha tartibga keltirib geologik hodisalarning sodir
bo’lish tartibini o’rnatish (geoxronologiya) dan iboratdir.
Geoxronologiya nisbiy va mutlaq turlarga bo’linadi.
Nisbiy geoxronologiya tog’ jinslari hosil bo’lishining va geologik
hodisalarning nisbiy uzluksizligini, mutlaq geoxronologiya esa, u yoki
bu geologik hodisalar va tog’ jinslari qachon hosil bo’lganligini
aniqlashga va vaqt birligida ifodalashga imkon beradi.
Tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlash uchun jinslarning tarkibi,
tuzilishi, qatlamlanish tartibi, yotish sharoiti, qatlam yig’indilarining
xususiyatlari, o’ziga xosligi, fizik xossalari, hayvon va o’simlik
qoldiqlarini o’rganishga asoslanadi.
Shunga muvofiq tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashning bir
necha usullari mavjud.
Stratigrafiya usuli tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlash uchun
Organizm va o’simlik qoldiqlarini o’rganish va tarixiy
geologiyaning boshqa usullari asosida Yer qobig’ida hozir mavjud
bo’lgan yotqiziqlar qator yirik stratigrafik birliklar – jins guruhlariga
bo’linadi.
Guruhlar
– tizimlarga, tizimlar – bo’limlarga, bo’limlar –
kavatlarga, kavatlar esa mintaqalarga bo’linadi.
Har bir bo’lingan stratigrafik birlik hosil bo’lish vaqti bilan
birikriladi. Shunda guruhga-era, tizimga-
davr, bo’limga –epoxa, kavatga
–asr, mintaqaga-vaqt to’g’ri keladi.
Arxey va proterozoy eralarining davom etgan muddati 2,5
– 3,0
milliard yilni o’z ichiga oladi. Bu eralarning yoshi shunchalik ulkan
bo’lishiga qaramay ularning yotqiziqlari yer yuzasida kichik
maydonlarni egallaydi, chunki shu eralarga mansub bo’lgan jinslar o’ta
kuchli buzilgan (yorilib, parchalanib ketgan) yoki katta chuqurliklarga
joylashgan. Kembriy davrigacha hosil
bo’lgan tog’ jinslari hamma
qi
t‘alarning tekislik hamda tog’lik hududlarida uchraydi.
Hozirgi qit‘alarning geologik tuzilishiga e‘tibor berilsa tog’
jinslari
qatlamlari
dislokatsiyaga
uchragan,
burmalangan,
metamorfizatsiyaga uchragan yirik tog’ o’lkalarini hamda qirqimining
yuqori qismi deyarli gorizontal va metamorfizatsiyaga uchramagan katta
tekisliklarni ajratish mumkin. Gorizontal yotuvchi jins qatlamlari ostida
murakkab dislokatsiyaga va metamorfizatsiyaga uchragan yer poydevori
joylashgan.
Shunday qilib, Yer qobig’ining kontinental qismida dislokatsiyaga
va metamorfizatsiyaga uchragan jinslar yer qobig’ini tashkil qilgan va
bunday jinslar katta chuqurlikda joylashgan hududlarni ajratish mumkin.
Bunday holat, burmalanish dislokatsiyalari utmishda hamma
yerda so’ngra esa ayrim-bukiluvchan jins qatlamlari mavjud bo’lgan
maydonlarda sodir bo’lgan.
Shunday qilib, yer qobig’ining dastlabki rivojlanish bosqichlarida
yer qobig’i egiluvchan jinslardan tashkil topgan kuchli harakatchan
mintaqadan iborat bo’lgan. Bunday mintaqa geosinklinal mintaqa deb
yuritila boshlagan.
A.D.Arxangelskiyning fikricha geosinklinal viloyat deb, odatda
dengiz bilan qoplangan, kuchli va turli yo’nalishda harakatlanadigan va
uzoq muddat bukilib katta qalinlikda cho’kindi hosil qilinishi mumkin
bo’lgan yer maydonlariga aytiladi. Geosinklinal havzasining tagida
joylashgan yupqa, bukiluvchan sial qatlamining bukilishi tik qirqimda
katta qalinlikdagi cho’kindi jinslarning hosil bo’lishiga olib keladi va
bukilish natijasida relefda hosil
bo’lgan notekislik o’rnini tekislaydi.
Geosinklinal viloyatlaridagi tik-tebranma harakatlar katta tezlik
69
72
ularning qatlamlanish tartibining ketma-
ket, uzluksiz sodir bo’lishiga
asoslanadi, ya‘ni har bir ostki qatlam undan yuqorida joylashgan
qatlamga nisbatan qadimiy hisoblanadi. Bu usul qatlamlarning yotish
sharoiti o’zgarmagan holda bo’lgan maydonlarda qo’llanilishi mumkin.
Tektonik
harakatlar faol rivojlangan hududlarda, ya‘ni jins
qatlamlari burmalangan, uzilgan, surilgan yerlarda bu usuldan
foydalanish murakkablashadi.
Petrografik usul tog’ jinslarining mineral tarkibini o’rganishga
asoslanadi. Agar geologik kesimlarda bir xil mineral tarkibga,
strukturaga, teksturaga, hosil
bo’lish sharoitiga ega bo’lgan jinslar
kuzatilsa, (maslan, ohaktosh yuqorisida gillar, gillar ustida alevrolitlar
va h. k.) bu tog’ jinslarini bir vaqtda (bir tarixiy davrda) hosil bo’lgan
deb hisoblash mumkin. Bu usul bir-biriga yaqin joylashgan kesimlarda
yaxshi natija beradi. Uzoq masofada joylashgan kesimlarda teng
yoshdagi jinslar hosil
bo’lish sharoitiga ko’ra turlicha xususiyatlarga ega
bo’lishi mumkin. Bundan tashqari turli yoshdagi tog’ jinslari bir xil
petrografik tarkibga ega bo’lishlari mumkin, chunki Yer yuzida turli
davrlarda o’xshash sharoitlar qaytarilishi mumkin. Oqibatda esa tog’
jinslarida o’xshash belgilar hosil bo’lishi mumkin. Bu usuldan magmatik
va metamorfik jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda ham foydalaniladi.
Tektonik usulning asosida tektonik harakatlar katta maydonlarda bir
vaqtda sodir bo’ladi degan tushuncha yotadi.
Katta qalinlikdagi jins qatlamlari orasida bir-birlaridan nomuvofiq
yotish burchaklari bilan farq qiladigan kichik qatlamchalar ajratiladi.
So’ngra turli kesimlarda, teng yoshli, yotish burchaklari
nomuvofiq qalin qatlamlar orasida kichik qatlamchalar ajratilishi (24,
25-rasmlar) mumkin. Bular teng yoshdagi jinslar deb hisoblanadi. Lekin
oxirgi ma‘lumotlarga ko’ra tektonik harakatlar bir vaqtda sodir
bo’lmasligi va turlicha tezlikka ega ekanligi aniqlangan.
Natijada jins qatlamlari yer yuziga turli joylarda va turli vaqtlarda
chiqadi, turli darajada yuviladi, so’ngra esa bu yerlarning bukilishi
natijasida turli yoshdagi c
ho’kindi jinslar yotqiziladi, ya‘ni cho’kindi
yotqizish yuzasi hamma yerda teng yoshda bo’lmaydi. Yerlarning
qaytadan bukilishi katta maydonlarda bir vaqtda sodir bo’lmaydi, ya‘ni
cho’kindi yotqizish ham har xil vaqtda boshlanadi. Bu usulning
kamchiligi shundan iborat va shuning uchun undan boshqa usullar bilan
birgalikda foydalaniladi.
Paleontologik usul. Bu usul Yerning geologik tarixi organik
hayotning rivojlanishi bilan parallel rivojlangan degan ilmiy
tushunchaga asoslanadi. Shuning uchun tog’ jinslari tarkibida organik
hayotning izi turli toshga aylanib qolgan hayvon va o’simlik qoldiqlari
ko’rinishida saqlanib qoladi.
Geofizik usullar tog’ jinslari har xil fizik xossalarga (zichlikka,
elektr qarshiligiga, radioaktivlikka) ega ekanligiga asoslanadi.
Jinslarning yoshini aniqlash uchun elektro karotaj va gimma karotaj
usullaridan foydalaniladi.
Elektrokarotaj usulida tog’ jinslarining elektr tokiga bo’lgan
solishtirma qarshiligi, gamma karotajda tabiiy radioaktivligi o’lchanadi.
O’lchovlar parmalash quduqlarida avtomatik ishlaydigan maxsus
qurilmalar yordamida olib boriladi. Natijada karotaj diagrammalari
chiziladi va uni o’rganish va taqqoslash asosida bir xil jins qatlamlari
aniqlanadi va ularni teng yoshda deb qabul qilinadi.
Yerning geologik tarixidagi har bir davr, shu davr uchun xos
bo’lgan turli organizm turlari bilan xarakterlanadi. Bunda har bir davr
o’tgan davrga nisbatan yuqori rivojlangan yangi organizm guruhlari
bilan farq qiladi. Shuning uchun tog’ jinslarida, kesimlar bir-birlaridan
uzoq maso
falarda joylashgan bo’lsa ham, bir xil organizm qoldiqlari
mavjud bo’lsa, ularni bir vaqtda hosil bo’lgan deb hisoblash mumkin.
Agar organik qoldiqlar har xil bo’lsa, demak tog’ jinslari turli sharoitda
hosil
bo’lgan. Bu masala faqat tog’ jinslarining hosil bo’lish sharoiti
aniqlangandan so’ng hal qilinishi mumkin.
Barcha toshga aylanib qolgan hayvon yoki o’simlik qoldiqlari
(fauna va flora) orasida jinslarning yoshini aniqlashga faqat bir gorizont
va qatlamda uchraydigan, tik kesimda oz va gorizontal yuzalarda keng
tarqalgan hamda yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlar katta ahamiyatga ega.
Magmatik tog’ jinslarining nisbiy yoshi, ular bilan cho’kindi tog’
jinslari orasidagi munosabatga qarab aniqlanadi.
Agar magmatik jins intruziyalari cho’kindi jinslarni kesib o’tsa
shu cho’kindi jinsga nisbatan yosh va uning yuvilgan yuzasiga
yotqizilgan cho’kindi jinslarga nisbatan esa keksa hisoblanadi.
Tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash ya‘ni uning yoshini vaqt
birligi ichida ifodalash uchun hozirgi vaqtda radiologik usullar keng
qo’llaniladi. Radiologik usullarga uran-qo’rg’oshinli, uran-geliyli kaliy-
argonli, rubidiy-strontsiyli, uglerodli va uran-ioniyli usullar kiradi.
Bu usullarning asosiga, elementlarning radioaktiv parchalanishi
doimiy tezlikda sodir bo’lishi va bu jarayon hech bir ta‘sir natijasida
o’zgarmasligi asos qilib olingan. Turli kimyoviy elementlar uchun bu
tezlik turlichadir va tadqiqot yordamida aniqlanadi. Odatda radioaktiv
elementning yarim qismi parchalanib turg’un izotop hosil qilgan -yarim
parchalanish davri, vaqti aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashda kaliy-
argonli usuldan keng foydalanilayapti.
70
71
Do'stlaringiz bilan baham: |