Granulometrik tarkibli jinslar
– jinslardagi har xil
fraktsiyalarning katta-kichikligiga qarab foiz bilan
ifodalangan og’irlik miqdori.
Gidrotermal metamorfizm
– isigan suv eritmalari ta‘siri ostida
tog’ jinslarining mineralogik va kimyoviy o’zgarishi.
Gneys
– o’ta qattiq tog’ jinsi bo’lib, kvarts, dala shpati va
slyudaga boy, rangi va mineral tarkibiga ko’ra granitga
o’xshab ketadi.
Geosinklinal
– yer po’stining harakatchan hududi bo’lib, tektonik
harakatlar va magma jarayonlari o’ta harakatchan bo’lgan
qismi.
Gipergen jarayonlar - A.YE.Fersman
bo’yicha yerning ustki
qismlarida - atmosfera, gidrosfera va litosferaning uncha
chuqur bo’lmagan qatlamlarida sodir bo’ladigan jarayonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |