O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi


  Ko’l  va  botqoqliklarning  geologik  ishi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/87
Sana07.12.2020
Hajmi0,59 Mb.
#53067
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87
Bog'liq
geologiya 1-qism. umumiy geologiya

5.7.  Ko’l  va  botqoqliklarning  geologik  ishi.  Suv  bilan 

to’ldirilgan  okean,  dengiz  va  ko’rfazlar  bilan  bog’lanmagan  havzalar 

ko’llar deyiladi. Ko’llarning ishg’ol qilgan  maydoni bir necha gektardan 

o’n  ming  kvadrat  kilometrlargacha,  chuqurligi  esa  10  sm  lardan  bir 

necha  ming  metrlargacha  o’zgarib  turishi  mumkin.  Ko’llar  turli 

balandliklarda  joylashadi.  Masalan,  Kaspiy    ko’li-dengizi  dengiz 

sathidan 28 met

r pastda va Pomirdagi Sarez,  Yashilko’llari esa dengiz 

sathidan 3600 metr balandlikda joylashgan. 

Ko’llarning  maydoni,  chuqurligi  va  joylashishi  bo’yicha  bir-

biridan  farq  qilishi  ko’l  chuqurliklarining  hosil    bo’lishi  xilma-xilligi 

bilan  bog’liq.  Ko’l  kotlovanlari  tektonik  jarayon,  muzliklarning 

faoliyatidan,  uchgan  vulqonlar  krateri,  daryoning  o’zanlarida  va 

dengizning faoliyatidan hosil  bo’lishi mumkin. 

Ko’llar  suvining  almashish  xarakteriga  ko’ra  oqar  va  oqmas 

ko’llarga  bo’linadi.  Oqar  ko’llarda  suvining  tuz  tarkibi  doimiy 

o’zgarmas  bo’ladi.  Oqmas  ko’llarda  suvlarining  tuz  tarkibi,  daryoning 

quyilish  joyidan  uzoqlashgan  sari  o’zgarib  boradi.  Masalan  Balxash 

ko’lida Ili daryosining quyilgan yerida suv chuchuk, shimoliy va sharqiy 

qismida  esa  sho’r.  Ko’llardagi  faoliyat  dengiz  faoliyati  bilan 

o’xshashdir. Faqat geologik jarayonlarning ko’llardagi ko’lami nisbatan 

kichikdir. Ko’llarda ham dengizga o’xshash daryo suvi tashib keltirilgan 

cho’kindilar bilan bir qatorda kimyoviy yoki biokimyoviy cho’kindilar 

yo

tqiziladi.  Oqmas  ko’llari  bug’lanish  ta‘siridan  ko’p  miqdorda 



kimyoviy cho’kindilar to’planadi. Elton va Bosqunchoq ko’llarida juda 

ko’p hajmda natriy va kaliy tuzlari tuplangan. Ko’pincha gips va kaltsit, 

ayrim  vaqtlarda  temir  ro’dasi  minerallari  va  boksitlar  yotqiziladi. 

Organik  cho’kindilardan  ko’llarda  chig’anoqli,  ohaktoshlar  va 

diatomitlar yotqizilgan bo’ladi. 

Ko’llar  uchun  mexanik  cho’kindilardan  tashqari  organik  il-

sapropellar xarakterlidir. 

O’lik organizmlar, ko’l tagiga yotqizilib buziladi va kislorodsiz 

sharoitda chiriydi uglevodorodga boy organik ilni hosil  qiladi. 

Botqoqlik  yotqiziqlari.  Ko’pgina  botqoqliklar  ko’llardan  hosil  

bo’lgan. Ko’llarning  sayoz  qismida  suvsevar  o’simliklar  hosil    bo’ladi 

o’layotgan  o’simliklar  suv  ostiga  cho’kadi  va  asta-sekin  chiriy 

boshlaydi.  Ko’lning  asta-sekin  sayozlanib  borishi  bilan  o’simliklar 

qirg’oqdan ko’l markaziga qarab surilib boradi. Ko’l tagiga cho’kib asta-

sekin ko’lni to’ldirib boradi va botqoqlikni hosil  qiladi. 

Botqoqliklar yer osti suvlari sathining xar doim yoki uqtin-uqtin 

yordamida ko’rsatiladi. Bulardan tashqari geologik xaritalarga tektonik 

yoriqlar,  uzilishlar,  qatlamlarning  yotish  elementlari  va  boshqalar 

tushiriladi ( -rasm). 

Geologik xaritaning mukammalligi va aniqligi ularning masshtabi 

bilan masshtab esa o’tkazilgan geologik s‘yomkaning masshtabiga qarab 

tanlanadi.  Xaritalarning  masshtabi  yerlarning  geologik  tuzilishining 

murakabligiga va undan ko’zlangan maqsadga qarab belgilanadi. 

Geologik  xaritalar  masshtabiga  va  tayinlanish  maqsadiga  ko’ra 

to’rt turga bo’linadilar: 

 1.Kichik  masshtabli  xaritalar,  masshtabi  I:500000  va  undan 

kichik.  Bunday  xaritalarda  katta  maydonning  (masalan,  Markaziy 

Osiyoning) umumiy geologik tuzilishi tasvirlanadi; 

2.O’rta  masshtabli  xaritalar,  masshtabi  I:200000  va  I:100000. 

Bunday  xaritalarda  ayrim  ma‘muriy  yoki  geografik  hududlarning 

geologik tuzilishi ko’rsatiladi (masalan, Farg’ona vodiysi); 

3.Yirik masshtabli xaritalar, masshtabi I:50000 va undan katta. Bu 

masshtabdagi  xaritalarda  xo’jalik  maqsadlarida  o’zlashtirish  uchun 

ahamiyatga  ega  bo’lgan  ayrim  tumanlarning  geologik  sharoitlari 

tasvirlanadi; 

4.Maxsus yoki aniq masshtabli xaritalar. Bunday xaritalarda yirik 

gidrotexnik  inshoot  kurilish  maydonining  yoki  sug’orish  massivining 

geologik  sharoiti  to’liq  ko’rsatiladi.  Bunday  xaritalarning  masshtabi 

tayinlanish maqsadiga ko

’ra aniqlanadi. 

Geologik  kesimlar  yer  po’stining  yuqori  qismida  joylashgan 

qatlamlarning  joylanish  tartibini  tik  kesimda  yuzada  tasvirlovchi 

chizmadir.  Kesimlar  odatda  ma‘lum  ahamiyatli  yo’nalishlar  bo’yicha, 

ma‘lum  chuqurlikkacha  tuziladi.  Kesimlar  geologik  xaritalardan, 

burg’ilash quduqlaridan foydalanib tuzilishi mumkin. 

Geologik  xaritalar  va  kesimlar  dala  sharoitida  olib  boriladigan 

geologik  s‘yomka  asosida tuziladi  va  uning  natijasida  tog’ jinslarining 

tarqalishi, yotish sharoiti va tarkibi, ular orasidagi chegaralar hamda bu 

jinslarning yer yuziga chiqqan maydonlari aniqlanadi. 

Geologik  s‘yomka  ishlari  odatda  uchta  bosqichda  olib  boriladi: 

tayyorgarlik  ko’rish  davri,  dala  ishlari,  dala  ishlari  natijalarini  qayta 

ishlash va tartibga keltirish davri. 

Tay

yorgarchilik  ko’rish  davrida  ish  olib  borishni  tashkil  qilish 



loyihasi tuziladi, geologik partiya tashkil qilinadi va kerakli uskunalar va 

jihozlar  bilan  ta‘minlanadi,  topografik  xarita  va  aerofotos‘yomka 

ma‘lumotlaridan  ko’chirmalar  tayyorlanadi,  ish  tumani  bo’yicha 

geologik ma‘lumotlar yig’ilgan fond ma‘lumotlari va ilmiy adabiyotlar 

o’rganib chiqiladi. 

66 


75 


  

ko’tarilib turishi hisobiga ham hosil  bo’ladilar. 

Botqoqliklar  ozuqalanish  sharoitiga  va  o’simliklarning  turiga 

ko’ra balandlik yerlardagi va pastkam yerlardagi turlariga bo’linadi . 

Pastkam  yerlardagi  botqoqliklar  yer  relefining  chuqurlashgan 

qismlarida  joylashadi  va  yassi  yoki  bukilgan    yuzaga  ega  bo’ladi. 

Ularning ozuqalanishida atmosfera yog’inlaridan tashqari sizot va daryo 

suvlari qatnashadi. Hosil  bo’lgan torf jinslari kam kaloriyali va o’zidan 

ko’p kul ajratadi. 

Balandlik  yerlarda  joylashgan  botqoqliklar    junlarda  joylashadi 

va  qabargan  yuzaga  ega  bo’ladi.  Ular  asosan  atmosfera  yog’inlari 

hisobiga  ozuqalanadi.  Atmosfera  yog’inlari  chuchuk  bo’lganligi  uchun 

bunday  botqoqliklarda  asosan  zamburug’lar  o’sadi.  Zamburug’larning 

chirishidan  hosil    bo’lgan  torflar  yuqori  kaloriyali  va  kam  kul  hosil  

qiladigan bo’ladi. 

Birinchi  va  ikkinchi  tur  botqoqliklaridan  tashqari  oralik 

toifadagi  botqoqliklar  ham  mavjud.  Ularga  pastkam  va  balandlik 

yerlarga joylashgan botqoqliklarning xususiyatlari xarakterlidir. 

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish