5.1.Nurash.
Nurash deb, yer yuzasida joylashgan tog’ jinslarining
haroratni
ng keskin o’zgarishi, suvlarning jins yoriqlari muzlashi,
karbonat kislotasi, kislorod, o’simlik va organizmlarning tog’ jinslariga
ta‘siri natijasida o’zgarishi va buzilishiga aytiladi. Bu jarayonlar
maboynida tog’ jinslarida fizikaviy, kimyoviy va biologik xarakterdagi
o’zgarishlar ruy beradi. Tabiatda bu jarayonlar odatda bir vaqtning
o’zida sodir bo’ladi, lekin iqlimiy va Boshqa sabablarga ko’ra
nurashning biror bir turi asosiy bo’ladi.
Fizik nurash asosan haroratning kecha-kunduz, qish va yozda
o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi va tog’ jinslarining parchalanishiga
olib keladi.
Quyosh kunduzi tog’ jinslari yuzasini qizdiradi issiqlik jins
qatlamlariga asta-sekin tarqalgani uchun yuqorida joylashgan qatlamlar
ichkari qatlamlarga nisbatan kattaroq miqdorga kengayadi. Bunday
notekis kengayish tog’ jinslarining yorilishiga, parchalanishiga va
qatlam-
qatlam bo’lib bo’linishiga olib keladi. Qizdirilish bilan
sovushning kecha-
kunduz va yil davomida almashinuvi tog’ jinslarining
parchalanishini tezlashtiradi,
yoriqlarning hosil bo’lishi esa tog’
jinslarini borgan sari mayda bo’laklarga parchalanishiga olib keladi.
Notekis qizdirilish minerallar va tog’ jinslarining rangi bilan ham
bog’liq. Qora rangdagi minerallar ochiq rangdagilarga nisbatan ko’proq
qiziydi va
nurash tezroq sodir bo’ladi.
Agar tog’ jinslari darzlariga suvlar tushsa haroratning pasayishi
natijasida ular muzlaydi va o’z hajmini 9 % ga ko’paytiradi. Natijada
yoriq va darzlar kengayadi, chuqurlashadi va jinslar mayda bo’laklarga
ajraladi.
Tog’ jinslarining parchalanishida ularni tashkil qilgan
minerallarning issiqlikdan kengayish koeffitsienti katta ahamiyatga ega.
Masalan, 30 santimetrli granit jinsi I0S ga qizdirilsa ortoklaz minerali
0,00026 santimetrga, kvarts minerali 0,00040 santimetrga kengayadi.
Shuning uchun bir necha turli minerallardan tashkil topgan tog’ jinslari
tez parchalanadi.
SHunday qilib fizik nurash jarayonida tog’ jinslari turli
kattalikdagi bo’laklarga parchalanadi. Odatda yirik bo’laklar tarkibi
bo’yicha hosil bo’lgan jinslari bilan bir-xil mayda bo’laklari esa ayrim
minerallardan tashkil topadi.
Kimyoviy nurash. Bu jarayonda yer yuzida joylashgan tog’
jinslari suv bug’lari, havodagi gazlar hamda kislorod, karbonat angidrid
gazi, tuzlar bilan to’yingan suvlar va turli kislotalar ta‘siri ostida
buziladi. Ya‘ni oksidlanish gidratatsiya, degidratatsiya, erish va gidroliz
35
50
harorat, bosim yoki boshqalar bo’lishiga qarab, metamorfizmning bir
necha turlari ajratiladi:
1.Kontakt metamorfizm magmaning tog’ jinslari bilan
chegarasida mineralizatorlarning ishtirokisiz sodir bo’ladi. Agar tog’
jinsining qayta hosil
bo’lishi, chegaralarda, faqat yuqori harorat ta‘sirida
sodir bo’lmay, suvda erigan va uchuvchan mineralizatorlar ham ishtirok
etsa, bu metamorfizmni kontakt metamorfizmi deyiladi. Masalan:
rogovik va skarnlar shu yo’l bilan hosil bo’ladi.
2.Gidrotermal metamorfizm jarayonida tog’ jinslarining kimyoviy
tarkibi va fizik xossalarining o’zgarishi, ularga qaynoq eritmalarning
ta‘siri bilan bog’liq.
3.Regional metamorfizm
– katta maydonda yer po’stining
burmalangan qismlarida yuqori bosim, katta harorat, qaynoq eritmalar
va gaz birikmalarining ta‘siri natijasida sodir bo’ladi. Natijada
metamorfik jinslarning ko’pgina turlari (fillit, kristallik, slyudali, talkli
slanetslar, gneyslar, kvartsitlar, marmarlar) hosil
bo’ladi.
4.Dinamometamorfizm
tektonik
jarayonlar
mobaynida,
magmaning ishtirokisiz, yuqori bosim ta‘siri ostida vujudga keladi.
Metamorfizm natijasida tog’ jinslari parchalanadi va mineral zarralari
tarkibi o’zgarmasdan o’z o’rnini o’zgartiradi. Dinamometamorfizm
jarayoni uchun kataklazit, milonit minerallari xarakterlidir.
CHo’kinditog’ jinslarining strukturasi va tekstura belgilarining
o’zgarishini ayniqsa gillarning metamorfizatsiyasi misolida yaqqol
ko’rish mumkin.
Metamorfizmning dastlabki bosqichlarida gillar tarkibidagi suvini
yo’qotadi, zichlanadi va argillitga aylanadi. Argillitning gildan asosiy
farqi ular suvda ivimaydi
Argillitdan nurash natijasida o’tkir qirrali toshlar hosil bo’ladi.
Gilli slanetslar, gillar metamorfizatsiyasining keyingi bosqichini aks
ettiradi, tog’ jinsining birlamchi mineral tarkibi o’zgarmaydi, lekin
teksturasi o’zgarib slanetssimon teksturaga aylanadi. Metamorfizatsiya
yanada kuchliroq namoyon bo’lsa, gilli slanetslar fillitga aylanadi.
Fillitlar yupka qatlamliligi va shoyiga uxshab tovlanishi bilan boshqa
jinslardan farq qiladi. Fillitlarning yaltirashi slanetslangan yuzaning
seritsit (slyudalar) minerali plastinkalari bilan qoplanganligi bilan
bog’liq.
Gilli minerallarning fi
llitlar tarkibida bo’lmasligi ularning
xarakterli belgilaridan biridir. Metamorfizm darajasi yanada yuqori
bo’lsa slyudali slanetslar hosil bo’ladi.
Slyudali slanetslar metamorfik tog’ jinslarining xilma-xil mineral
tarkibli katta guruhini tashkil qiladi, chunki ular faqat gillardangina hosil
Do'stlaringiz bilan baham: |