O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/87
Sana07.12.2020
Hajmi0,59 Mb.
#53067
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
Bog'liq
geologiya 1-qism. umumiy geologiya

4.5.Seysmik  hodisalar  (zilzilalar).  Zilzila  deb  tabiiy  kuchlar 

ta‘sirida  yer  po’stining  silkinish  hodisasiga  aytiladi.  Zilzilalar  Yer 

qa‘rining  ma‘lum  bir  nuqtalarida  yig’ilgan  katta  kuchlanishning  bir 

zumda  sarflanishi  natijasida  sodir  bo’lib,  seysmik  stantsiyalarda 

o’rnatilgan maxsus qurilmalar (seysmograf, seysmometrlar) bilan qayd 

qilinadi.  Yer  sharida  yiliga  bir  necha  million  silkinishlar  qayd  etiladi. 

Ularning yuzdan ortiqrog’i yer yuzida vayronagarchilik keltiradi. 

Yer po’stida yoki mantiyaning yuqori qismida jins massivlarining 

siljishi  natijasida  egiluvchan  to’lqin  paydo  bo’ladigan  joyi  zilzila 

gipotsentri  (uchog’i)  deyiladi.  Gipotsentrning  chuqurligi  700 

kilometrgacha yetishi mumkin. 

Hosil 


bo’lishi  chuqurligi  bo’yicha;  yuzada  (gipotsentrning 

chuqurligi  50  kilometrgacha),  o’rta  chuqurliklarda  (gipotsentrning 

chuqurligi  50-300  kilometrgacha),  katta  chuqurliklarda  (gipotsentrning 

chuqurligi 300 kilometrdan ortiq) sodir bo’ladigan zilzilalarga bo’linadi. 

Agar  gipotsentr  orqali  yer  radiusi  o’tkazilsa,  shu  radiusning  yer 

yuzasi bilan kesishgan nuqtasi epitsentr deyiladi. 

Zilzila  jarayonida  litosferada  ikki  xil  silkinma  va  tebranma 

harakat vujudga keladi. 

Epitsentrda  tektonik  to’rtki  ta‘siridan  hosil  bo’lgan  egiluvchan 

harakat  pastdan  yuqoriga  tik  yo’nalgan  bo’ladi  shuning  uchun 

epitsentrda  yer  silkinadi.  Yer  yuzasining  boshqa  nuqtalariga 

gipotsentrdan  tarqalgan  egiluvchan  to’lqinlar  burchak  ostida  qiyalanib 

uriladi  va  epitsentrdan  uzoqlashgan  sari  silkinma  harakat  silkinma-

tebranma so’ngra esa tebranma harakatga aylanadi. 

Gipotsentrda hosil 

bo’lgan egiluvchan to’lqinlar ikki xil bo’ylama 

va  ko’ndalang  to’lqinlar  ko’rinishida  tarqaladi.  Bo’ylama  to’lqinlar 

ta‘siridan jismlar siqiladi, cho’ziladi va hajmi o’zgaradi. 

41 

44 



  

harakatiga  to’sqinlik  qiladigan  litosfera  qatlamlarini  qisman  chetga 

suradi,  o’zlashtiradi  yoki  eritadi  va  harakati  uchun  o’ziga  yo’l  ochadi. 

Bu  jarayonda  yer  po’stiga  magmaning  katta  massasi  singib  kiradi  va 

katta  chuqurliklarda  qotadi.  Singib  qotgan  bu  massalar  odatda  tekis 

qiyalangan  deyarli  tik  devorlar  va  gumbazsimon  shiplar  bilan 

chegaralangan. Bu intruziyalarning ostki qismi butun tarqalish maydoni 

bo’ylab tub magma uchog’i bilan bog’liq bo’ladi. 

Intruziyalarning bunday shakllari batolitlar va shtoklar deyiladi  

Ikkinchi magma litosferadagi yoriq va darzlar bo’ylab ko’tariladi. 

Ichki  bosim  tashqi  bosimga  nisbatan  katta  yerlarda,  magma  litosfera 

qatlamlarini  chekka  tomonlarga  suradi  va  turli  kattalikdagi  massivlarni 

hosil 

qiladi.  Bu  jins  massivlari  shakliga  ko’ra  lakkolitlar  va  fakolitlar 



deyiladi. 

Effuziv  magmatizm.  Yer  yuzasining  uzluksiz  yoki  uqtin-uqtin, 

yuqori  haroratli,  qattiq,  suyuq  va  gazsimon  mahsulotlar  otilib  chiqib 

turadigan qismini vulqon deyila

di. Lavalar, qattiq jism bo’laklari gazlar 

va bug’lar yer yuziga darz va yoriqlar orqali otilib chiqadi. 

Vulqonning  sodir  bo’lish  jarayoni  turli  tumandir.  Aksariyat 

vulqon otilishidan avval yer osti gumburlaydi va turli kuchdagi zilzilalar 

kuzatiladi, ayri

m vaqtlarda esa jarayon tinch sokin o’tadi. 

Gazsimon  mahsulotlar. Gazlar vulqonlardan bir me‘yorda, sokin 

yoki  katta  kuchli  portlash  jarayonida  ajralib  chiqadi.  Gazlar  turli 

solishtirma  og’irliklarga  эга  бœлганликлари  uchun  bulutlar 

ko’rinishida  pastlik  tomon  harakatlanadi  yoki  atmosferaga  ko’tarilib 

asta-

sekin qarag’ayga o’xshash shaklni hosil qiladi. 



Gaz  mahsulotlarining  60-

90%  ini  suv  bug’lari  tashkil  qiladi. 

Vulqonlardan ajralib chiqqan suv bug’larining hajmi bir-necha ming va 

million kubometrlarga yetishi mumkin. 

Suv  bug’laridan  tashqari  vulqonlardan  xlor, azot,  xlorli  va  ftorli 

vodorod,  oltingugurt  gazi,  ammiak,  xlorli  va  uglerodli  ammoniy, 

kislorod,  CO

2

  gazi,  metan,  brom,  ftor,  va  qator  xloridli  metallar  ajralib 



chiqadi. 

Qattiq  mahsulotlar.  Vulqon  otilishi  jarayonida  yer  yuziga  turli 

kattalikdagi  jins  parchalari  otiladi.  Jins  bo’laklari  bilan  bir  qatorda 

atmosferaga  lavaning  mayda  kukunlari  otiladi,  ular  atmosferada  sovib 

qotadi  va  yer  yuziga  to’kiladi.  Otilgan  jinslarning  kattaligi  ayrim 

hollarda  20-30  santimetrga  yetadi,  asosan  ularning  kattaligi  5-10 

santimetr  bo’ladi.  Agar  otilgan  jins  bo’laklarining  kattaligi  5-10 

santimetrdan katta bo’lsa, vulqon bombalari, 1-5 santimetr bo’lsa vulqon 

lapillilari,  yana  ham  kichiklari  esa  vulqon  qumlari  va  vulqon  kuli 

deyiladi. 

Qattiq  otqindi  mahsulotlarning  kattaligi  qanchalik  kichik  bo’lsa 

shunchalik  ular  balandlikka  otiladi  va  uzoq  masofaga  havo  oqimi  bilan 

olib ketiladi va yetkiziladi. 

Suyuq  mahsulotlar.  Vulqondan  otilib  chiqadigan  qizdirilgan 

erigan  suyuq  mahsulotlar  lava  deyiladi.  Lavaning  tarkibida  deyarli  suv 

bug’lari va gazlar bo’lmaydi. Kimyoviy tarkibida esa O, Si, Al, Mg, Fe, 

Na,  Ca,  K,  H  va  b

oshqa  elementlar  ko’p  uchraydi.  Lavaning  harorati 

800-13000

0

S orasida o’zgarib turadi. 



Yer  yuziga  oqib  chiqqan  suyuq  lava  gumbaz,  oqim  va  qoplama 

shakllarini hosil qilib joylashadi. 

Vulqonlarning  otilishi  tanaffuslar  bilan  bir  necha  yillardan  yoki 

bir  necha  o’n  yillardan  so’ng  qayta  takrorlanishi  mumkin.  Ayrim 

vu

lqonlar  faol  harakatlardan  so’ng  umuman  qayta  otilmasliklari  yoki 



uzoq muddat tutun chiqarib turishlari mumkin. Vulqonlar turli geografik 

sharoitlarda quruqlikda, dengiz qirg’oqlarida va dengiz ostida uchraydi. 

Ularning  yer  yuzida  tarqalishi  ma‘lum  bir  qonuniyatga  bo’ysunadi  va 

uch  yirik  mintaqaga  joylashgan.  Birinchi  mintaqa  shimoliy  va  janubiy 

Amerikaning  g’arbiy  qirg’oqlariga,  ikkinchi  mintaqa  Osiyo  qit‘asining 

sharqiy  qirg’oqlariga  joylashgan  va  uchinchi  mintaqa  esa  O’rta  Yer 

dengizi  qirg’oqlari,  Zakavkaziya,  Kichik  Osiyo  va  Malay  arxipelagi 

orollarini  o’z  ichiga  oladi.  Yer  yuzidagi  bunday  qonuniy 

taksimlanishning  sababi  shundaki  mintaqalar  tektonik  harakatlanishiga 

ko’ra eng yosh Al‘p burmalanish bosqichini o’z boshidan kechirayapti. 

Burmali tog’ tizimlarining shakllanishi yer qobig’ida yoriqlarning hosil 

bo’lishi va vulqonlarning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi. 




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish